Statistika nimani o’rgatadi?
Statistika deganda nimani tushunamiz? Statistika nimani bildiradi yoki o’rgatadi? Statistika bu fanmi yoki metodmi? Bunday savollarni biz juda ko’p o’chratamiz. Javoblar bundan ham ko’p. Ularni ayrimlari: Korreyl “Statistika bu koreta, u seni buyurgan tomonga olib boradi”; Ter-“Statistika sen bilmagan narsa to’g’risida aniq ma’lumot berish san’atidir”; Shletsar-“Statistika bu turib qolgan tarix, tarix bu kunlik statistikadir”; Djini-“Statistika-bu faqat to’liq induktsiyani emas, hamda to’liqsiz induktsiyani xudosidir”; Napolen-“Statistika buyumlar byudjeti, aniqrog’i buyumlar katalogi, unga hamma yangidan paydo bo’lgan narsalar kiritilishi, yo’qoladiganlari va yo’qolganlari o’chirilishi kerak” Statistika deganda uzluksiz quruq raqamlar qatori, amaliy faoliyat, ijtimoiy fan, metod va x.k. tushuniladi. Ayrim hisob-kitoblarga qaraganda statistikaga berilgan tariflar soni 1700 dan oshiq emish. Son-sanoqsiz tariflar bilan qatorda hozirgi zamonda
4
statistika so’zi qo’llanilmaydigan tarmoq yoki soha yo’q. Bundan tashqari iqtisodchilar bilan bir qatorda ushbu so’zni vrachlar, jurnalistlar, teleradio
boshlovchilar va boshqalar o’z faoliyatida juda ko’p ishlatishadi. Bir
|
tomondan,
|
biz statistiklar uchun
|
statistika so’zini hamma erda
|
ishlatilishi
|
yoqimli va biz
|
undan
|
xursand bo’lamiz, ikkinchi tomondan bu so’zni
|
noo’rin va
|
ishlatilishi biz
|
mutaxassislarni
|
ranjitadi. Shu o’rinda ko’pchilikni statistika bilan
|
informotsiyani
|
farqiga
|
bormasligiga to’xtalmoqchimiz. Masalan, jurnalistlar
|
tushunib
|
tushunmasdan
|
qaerda
|
ikkita raqamni ko’rsa
|
uni
|
statistika deb tushunishadi.
|
Futbol
|
o’yinini olaylik, masalan, Ispaniyaning
|
“Real
|
Madrid” va “Barselona”
|
futbol komandalari o’yini 4-5 hisobida tugadi. Jurnalistlar bu
|
ikki komandani
|
yoki Ispaniyaning boshqa futbol komandalarini
|
(masalan, 14 turdagi 26 dekabr)
|
o’zaro
|
o’yinlari natijalarini statistika deb atashadi.
|
|
|
|
|
O’yinni futbol maydonining qaerida o’tishi va darvozaga berilgan zarbalarni o’rganish juda muhim. Futbol o’yinidagi yana bir holat – o’yin qoidasini buzish va o’yindan tashqari holat (ofsayd). Futbolda o’yin qoidasi buzilganda turli choralar ko’riladi: A-jarima to’pi belgilanadi; B-jarima to’pi (oldin o’yinchiga sariq kartochka ko’rsatiladi); V-jarima to’pi (oldin o’yinchiga qizil kartochka ko’rsatiladi); Real-Barselona o’yinida jarima to’plari soni 48 ta belgilangan, shunda 28-20 ta tegishli ravishda oddiy jarima to’plari 32 (shundan 10 va 12 tegishli ravishda), sariq kartochkalar -14 (8 va 6); qizil kartochka 2 (1 va 1) ta. Odatda sariq va qizil kartochka berilgan vaqt va ularni olgan futbolchini ismi sharifi yoziladi.
Futbolda o’yindan tashqari holat (ofsayd) alohida o’rganiladi. Tahlil qilinayotgan o’yinda ular soni 12 ta Shundan: Barselona – 5(42%), Real-7(58%). Bu ko’rsatkich taymlar bo’yicha ham alohida hisoblanadi.
Hozirga zamonda futbol statistiklari tomonidan aniq o’yin, tur, mahsum va yil uchun minglab ko’rsatkichlar hisoblaniladi va matbuotda e’lon qilinadi.
Bizni maqsadimiz esa barcha ko’rsatkichlarni hisoblash emas, aniq o’yin bo’yicha futbol statistikasini ayrim ko’rsatkichlari yordamida statistika bilan informatsiyani farqini ko’rsatish edi xolos.
Yuqorida keltirilgan misol asosida statistika nima degan savolga javob berishimiz mumkin.
Birinchidan, statistika bu sonlar va o’lchovlar yordamida ko’psonli va turli-tuman hodisalarni hisobga olish, tasvirlash.
Ikkinchidan statistika to’plangan ma’lumotlarni raqamlar qatori, jadvallar, grafiklar, turli hisob-kitoblar orqali ifodalash,
uchinchidan, statistika to’plangan ma’lumotlarni tadqiqot usullarini shunday tartibda o’rnatadiki turli-tumanlik ichida birlikni, son-sanoqsiz alohida “tasodiflar” orasida qandaydir umumiylikni, qandaydir bog’liqlikni aniqlash uchun ya’ni xulosalar qilishdir.
Dostları ilə paylaş: |