1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi


Mamlakatda statistika rivojining tarixiy bosqichlari



Yüklə 48,47 Kb.
səhifə6/17
tarix17.02.2023
ölçüsü48,47 Kb.
#84721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

4. Mamlakatda statistika rivojining tarixiy bosqichlari

Sovet tizimi davrida statistika mohiyatiga ko’ra xalq xo’jaligi statistikasi bo’lib, uning predmeti – birinchi navbatda, xalq xo’jaligi tarmoqlari hisoblangan. Statistika tarmoq yondashishiga asoslanib, sobiq Ittifoqning turli jo’g’rofiy hududlarida joylashgan respublikalar va viloyatlar bo’yicha amalga oshirilgan. Statistik to’plamlarda asosiy ko’rsatkichlar sifatida reja bajarilishining mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlari foydalanilgan.


Sovet statistikasining dastlabki bosqichi (1917-1930 yy.) statistika uslubiyotining rivoji jadallashdi. Bunda xorijiy statistika yutuqlaridan keng foydalanishga harakatlar bo’lgan. Maxsus uyushtirilgan ro’yxatlar va tadqiqotlar o’tkazilgan va birinchi marta xalq xo’jaligi balansi tuzilgan.


Statistikadagi keyingi bosqich 1930 yillardagi ma’muriy-buyruqbozlik tizimining yaratilishi va ommaviy qatag’onlar natijasida ancha susaydi. Bu davrda statistika tezkor vazifalarni echish, reja bajarilishini monitoring qilish masalalariga bo’ysundirilishi natijasida analitik vazifalar ijrosiga putur etkazildi.


Ikkinchi jahon urushi yillarida (1941-1945 yy.) statistikaning roli sezilarli darajada oshdi. U mehnat va moddiy resurslarni tezkor hisobga olish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish kabi muhim vazifalarni bajardi. Bu davrda iqtisodiyot va statistikada balans ishlanmalari kengaydi, indeks nazariyasi chuqurlashtirildi, iqtisodiy-matematik model va usullarni ishlab chiqish va ulardan foydalanish kengaydi.


Ma’muriy-hududiy boshqaruv tamoyilidan kelib chiqqan holda tegishli statistika idoralari o’z hududlari bo’yicha umumlashtiruvchi statistik axborotlarni shakllantirganlar.


Amalda barcha statistik axborot pochta orqali yoki shaxsan qog’oz shaklida korxona va tashkilotlar – yuridik shaxslar tomonidan taqdim qilinadigan statistik hisobotlarga asoslangan.


Amaldagi statistika tizimi qat’iy markazlashgan xarakterga ega bo’lib, ijobiy tomonlari bilan birga bir qancha jiddiy kamchiliklardan ham xoli emas edi.


9
Statistik axborotlarni to’plash va qayta ishlashdagi jiddiy kamchiliklardan biri sifatida hisoblash texnikasidan etarli darajada foydalanmaslikni keltirish mukin. Chunki ma’lumotlarni qayta ishlash dasturiy ta’minot paket rejimiga mo’ljallangan. Pirovard axborotlardan foydalanuvchilar uchun statistik axborot fayllarini statistik tahlil qilish va dialog rejimi mavjud emas edi. Respublikada statistik uslubiyot markazi mavjud bo’lmaganligi sababli statistika rivoji oqsagan.


O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, barcha iqtisodiy munosabatlar tizimida tub o’zgarishlarga qaratilgan iqtisodiy islohotlar statistika tizimini jiddiy takomillashtirish, barcha hisob va statistika tizimida kompleks takomillashtirishni talab qilar edi. Ushbu jarayon bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Mustaqil O’zbekiston statistika tizimini qayta qurishda boshlang’ich punkt bo’lib 1992 yil hisoblanadi. Shu yili iqtisodiyot talabidan hisob va statistikaning orqada qolayotganligi ayniqsa kuchli namoyon bo’lgan edi. Bu bosqichda qayta qurishning asosiy yo’nalishi statistika va prognozlashtirish idoralari ishlari orasidagi o’zaro aloqani ta’minlashga qaratildi. Ushbu maqsadda 1992 yilning 5 avgustida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Vazirlar Mahkamasi huzurida Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo’mitasini tuzish to’g’risida”gi Farmoniga ko’ra “O’zistiqbolstat” davlat qo’mitasi tuzildi. Farmonga binoan O’zbekiston rivojlanish istiqbollarni belgilash Qo’mitasi va O’zbekiston davlat statistika qo’mitasi birlashtirildi.


“O’zistiqbolstat” tarkibida istiqbolni belgilash va statistika hududiy boshqarmalari, Bosh hisoblash markazi, Iqtisodiyot va statistika ilmiy-tekshirish instituti, Kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil qilindi.


“O’zistiqbolstat” statistika sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, xalqaro andozalar va tavsiyalarga, ilmiy ishlanmalarga asoslangan statistik uslubiyotni ishlab chiqish va joriy qilish, respublika ijtimoiy-iqtisodiy rivoji va bozor o’zgarishlarini ifodalovchi statistik ko’rsatkichlarning kompleks va tizimli bo’lishi, statistik axborotlarning haqqoniy, ob’ektiv va yaxlitligi, respublikada sodir bo’layotgan jarayonlar va tendentsiyalarni tahlil qilish, amaldagi qonunchilikka binoan umumlashtiruvchi statistik ko’rsatkichlarning ochiqligi, haqqoniyligi, oshkoraligi uchun mas’ul bo’lgan.


Iqtisodiy munosabatlar tizimini qayta qurishdagi iqtisodiy islohotlar, qo’yilgan vazifalarni samarali bajarish mamlakatda statistika va hisob tizimini tubdan islohot qilinishini talab qilar edi. Statistika tizimining xalqaro andozalarga o’tkazish va islohotlarning ko’p maqsadli yo’nalishlari masalalarining keng ko’lamliligi va murakkabligi uni amalga oshirishda davlat ishtiroki zarurligini talab qildi. Shu maqsadda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 24 avgustda 433-sonli qarori bilan 1996 yilgacha bo’lgan davrga mo’ljallangan “O’zbekiston Respublikasini xalqaro amaliyotda qo’llaniladigan statistika va hisob tizimiga o’tish to’g’risidagi Davlat dasturi” qabul qilindi.


Qabul qilingan dastur milliy statistikani tizimiy-kontseptual isloh qilishning me’yoriy bazasini yaratdi.


10
Statistikani tizimiy isloh qilish bir qancha o’zaro bog’langan ishlarni amalga oshirishni nazarda tutgan. Ular sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin: statistik axborot tizimini yaratish va uni faoliyat yuritish tizimini tashkil qilish; statistik uslubiyotni takomillashtirish; statistik axborot tizimini texnologik rivojlantirish; statistikani isloh qilishning tashkiliy-huquqiy ta’minotini takomillashtirish va h.k.

Ushbu Dasturni amalga oshirish ishlarida ko’pgina davlat idoralari, etakchi iqtisodiy va boshqa ilmiy muassasalar va OTM qatnashgan.


Bir maqsadga yo’naltirilgan va bosqichma-bosqich Dasurning hayotga tatbiq qilinishi quyidagi natijalarga erishishga imkon berdi:





  1. bozor iqtisodiyoti talablariga mos keluvchi milliy hisobchilik yangi kontseptual makroiqtisodiy modelni – Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini o’zlashtirish boshlandi;




  1. narxlar, mehnat, tashqi va ichki savdo statistikasi tubdan yangidan tashkil qilindi, statistikaning moliya, byudjet va bank bo’limlari qaytadan shakllantirildi, tarmoqlar statistikasi ko’rsatkichlari aniqlashtirildi, institutsional o’zgarishlar statistikasini yaratish bo’yicha ishlar boshlab yuborildi, MHT sxemasi bo’yicha tarmoqlararo balansni ishlab chiqish uchun sharoitlar yaratildi, Yagona korxona tashkilotlarning davlat registrini shakllantirish uchun tashkiliy va me’yoriy-huquqiy asoslar yaratildi va statistikaning axborot-hisoblash tizimi takomillashtirildi. Eng muhim natija sifatida davlat statistikasi idoralarining xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro aloqalarining yangi sifat darajasiga ko’tarilganligini qayd qilish mumkin.

Mamlakatda bozor iqtisodiyoti islohotlarining yanada rivojlanishi va chuqurlashuvi, turli mulkchilik shakllari va iqtisodiyot sohalarining holati va imkoniyatlari to’g’risida haqqoniy va aniq ma’lumotlarga tayangan holda davlat boshqaruvi samaradorligini oshirish, shuningdek boshqaruv qarorlarini baholash zaruriyati va statistikani isloh qilish Dasturining amalga oshirish natijalari mamlakat iqtisodiy va statistika tizimlari faoliyatini yanada takomillashtirish, statistika oldida turgan muammolarni echish uchun ularning tashkiliy tizimlarini optimallashtirish masalalarni kun tartibiga qo’ydi.





Yüklə 48,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin