1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi



Yüklə 48,47 Kb.
səhifə3/17
tarix17.02.2023
ölçüsü48,47 Kb.
#84721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

Statistika nimaga kerak? Bu savolga javob berish uchun uni mohiyatini to’liq tushinib etish talab etiladi. Vaqt o’tish bilan statistikani mohiyati va zaruriyati o’zgarib boradi. Agarda, statistika paydo bo’lish paytlarida statistika davlat extiyojlarini qondirgan bo’lsa, sobiq ittifoq davrida asosan davlatning yillik va besh yillik planlarini bajarilishi nazorat qilish bilan shug’ullangan. Hozirgi kunda, ya’ni bozor iqtisodiyoti sharoitida, mehnat taqsimotini rivojlangan va qiyinlashib ketgan,

5
eng asosiysi yuqori raqobat shaklida ish olib borish sharoitida nafaqat davlatga, har bir kompaniyaga, firma yoki korxonaga, hatto har bir tadbirkorga dunyoni bir chekkasida qanday o’zgarishlar bo’layotganligi yoki hodisa va voqealarni o’zgarishi prognozi haqida ma’lumot zarur. Bu erda statistikadan yaxshi yordamchi topilmasa kerak, ya’ni faqatgina u ro’y berayotgan yoki beradigan hodisalarni hajmi, o’zgarish darajasi va istiqbolini xarakterlovchi raqamlarni etkazib bera olish mumkin. Bu statistikaning amaliy mohiyatidir.


Yuqoridagi qisqa tahlildan ko’rinib turibdiki statistikaga berilgan ta’riflar turli-tuman, bir biriga o’xshamaydi. Ulani bizni fikrimizcha quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:


statistika deganda mamlakatning iqtisodiy va sotsial rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi va chop qiluvchi organ, ya’ni statistika organlari tushuniladi;


statistika deganda biror-bir hodisa haqidagi raqamlar yig’indisi tushuniladi. statistika deganda ijtimoiy fan tushuniladi (bu ayniqsa sobiq ittifoq olimlari


o’rtasida eng ko’p tarqalgan ta’rif);


statistika deganda statistik metodlar yig’indisi tushuniladi;

statistika deganda raqamli ma’lumotlarni to’plash va interpretatsiya (izohlash, talqin qilish) metodlarini o’rgatuvchi fan tushuniladi va h.k.


Shunday qilib statistika nimani o’rgatadi degan savolga, bizning fikrimizcha, quyidagicha javob berish mumkin.


Statistikaning o’rganish ob’ekti insoniyat hayotida ro’y beradigan barcha ommaviy voqea va hodisalardir, predmeti esa shu ommaviy voqea va hodisalarni miqdoriy tomonlarini o’rganuvchi, aniq sharoit va vaqtda hodisalarning rivojlanish qonuniyatlarini o’rgatuvchi metodlar yig’indisidir.

Yuqorida berilgan ta’rifda statistika predmetining quyidagi xususiyatlari ko’rsatilgan:




Birinchi xususiyat. Ommaviy hodisalarni o’rganadi. Masalan, professor oilasida 3 nafar qiz bola tug’ildi, fermer oilasida 3 nafar o’g’il bola.Bu erdan, demak professorlar oilasida faqat qiz bola tug’ilar ekan, fermerlar oilasida o’g’il bola tug’ilar ekan degan xulosa chiqarish mumkin emas. Chunki bu voqealar ommaviy emas. Bunday xulosa chiqarish uchun aholi punkti, shahar, viloyat, mamlakat yoki dunyo aholisining oilalarida bolalar tug’ilishini o’rganish kerak. Shunday o’rganishlardan bizga ma’lumki, har 100 ta qiz bolaga 105 ta o’g’il bola tug’iladi, lekin doimo ayollar soni erkaklar sonidan ko’p.


Ikkinchi xususiyat. Miqdoriy tomonlarini o’rganadi. Bizga ma’lumki, har bir hodisa sifat va miqdor tomonlariga ega. Hodisa va voqealarni sifat tomonlarini aniq fanlar o’rganishi hammaga ma’lum, lekin bu degani statistika hodisalarning miqdorini o’rganishda, ularning sifat tomoniga umuman e’tibor bermaydi degani emas. Aksincha, sifat va miqdor ko’rsatkichlari uzviy bog’liqlikda o’rganiladi. Masalan, Respublikada faoliyat ko’rsatayotgan qo’shma korxonalarni olaylik. Ularning 5 yillik iqtisodiy – moliyaviy faoliyatini tahlil qilib, olingan natijalar asosida qo’shma korxonalarni uch guruhga ajratsak: yaxshi ishlagan, o’rtacha ishlagan, yomon ishlagan. Ko’rinib turibdiki, biz miqdor ko’rsatkichlarni tahlil qilib, qo’shma korxonalarni sifat ko’rsatkichi orqali ularni uch guruhga ajratdik.

6
Uchinchi xususiyat. Aniq sharoit va vaqt. Voqea va hodisalarning miqdoriy tavsiflanishini statistika raqamlarda ifodalaydi. Ular makonda farqlanadi va vaqt bo’yicha o’zgaradi. Masalan, Farg’ona va Buxoro shaharlari aholisining soni va tarkibi bir xil emas, ular vaqt bo’yicha ham o’zgarib turadi. Shuning uchun ham statistik ma’lumotlar o’zining vaqt bo’yicha chegaralanganligi, joy bo’yicha va to’plamdagi faktlar hajmining aniqligi xususiyati bilan ajralib turadi.






Yüklə 48,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin