1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi


Ushbu masalalarni xal qilish maqsadida 1997 yilning 15 mayida “O’zistiqbolstat” Davlat qo’mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi



Yüklə 48,47 Kb.
səhifə7/17
tarix17.02.2023
ölçüsü48,47 Kb.
#84721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
1. Statistikaning paydo bo’lishi va rivojlanishi

Ushbu masalalarni xal qilish maqsadida 1997 yilning 15 mayida “O’zistiqbolstat” Davlat qo’mitasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga aylantirildi.

Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tarkibida aniq belgilangan statistika vazifalarini bajarishga yo’naltirilgan, hududiy bo’linmalarga ega bo’lgan Davlat statistika departamenti ajratilgan. Viloyatlar va Toshkent shahar darajasida – statistika boshqarmalari, tumanlarda esa – statistika va hisoblash markazlari tashkil qilingan.


Makroiqtisodiyot va statistika vazirligiga asosiy vazifalar sifatida quyidagilar yuklatilgan edi: iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning aniq yo’nalishlari, yo’llari va usullarini aniqlash, respublika iqtisodiyotini boshqarishning bozor mexanizmlarini ta’minlash; makroiqtisodiy va moddiy balanslar, MHTga asoslangan O’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollarining variantli hisob-kitoblarini ishlab chiqish; to’lov, moliya va tashqi


11
savdo balanslarini shakllantirish va nazorat qilish (Moliya vazirligi bilan birgalikda); O’zbekiston iqtisodiyotining optimal rivoji va proportsiyalarini, mineral va xom ashyo resurslaridan oqilona foydalanilishi, barqaror o’sish va dunyo xo’jaligigiga integratsiyalashuvini ta’minlashga qaratilgan investitsiya dasturlarini tayyorlash va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish; iqtisodiyot va madaniyat rivoji, aholi turmush darajasi va farovonligining o’sishini hisobga olish va nazorat qilishga qaratilgan hozirgi zamon indikativ, analitik va statistik uslublar va vositalarni rivojlantirish va chuqurlashtirish.


Qabul qilingan xalqaro statistika amaliyotida qo’llaniladigan uslubiy qoidalar va andozalarga asoslangan holda belgilangan vazifalarni bajarish statistika idoralari faoliyatida jiddiy o’zgarishlarga olib keldi.


Mamlakatni keyingi davrdagi rivoji statistikani takomillashtirishda yangicha yondashishlar zarurligini talab qilar edi. Ushbu yondashishga ko’ra ustuvorliklar doirasida ishlarni yanada rivojlantirish va ularni yakuniga etkazishni hamda tizimining o’zini bozor iqtisodiyotiga moslashtirishga qaratilgan o’zgartirishlar bilan birgalikda olib borildi. Ya’ni, statistikaning ayrim elementlarini fragmentar isloh qilishdan butunlay yaxlitlikda statistika tizimini isloh qilishga o’tildi.


Xalqaro statistika amaliyoti, uslubiy ko’rsatmalari va andozalariga ko’ra ushbu va boshqa statistika muassasalarining funktsional vazifalarini echish uchun berilgan topshiriqlarni bajarish maqsadida ma’lum tizimga ega bo’lishi talab qilinadi.


Shu sababli statistika rivojining yangi sifat bosqichini yaratishda muhim shart-sharoit va huquqiy asos bo’lib 2002 yilning 12 dekabrida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan “Davlat statistikasi to’g’risida”gi qonun (ushbu qonunga 2005 yil 20 dekabrida, 2010 yil 3 sentyabrida va 2012 yil 3 yanvarida tegishli o’zgartirishlar kiritilgan) va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002 yil 24 dekabridagi “O’zbekiston Respublikasi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligini qayta tashkil etish to’g’risisda”gi farmoniga ko’ra Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi tugatilib, uning asosida O’zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi tashkil qilindi.


“Davlat statistikasi to’g’risida”gi yangi qonun va yuqorida keltirilgan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga ko’ra 2003 yilning 8 yanvarida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining faoliyatini tashkil qilish to’g’risida”gi qarori qabul qilindi.


Ushbu qarorga binoan Davlat statistika qo’mitasi, milliy va mintaqaviy xususiyatlarni hisobga olgan holda xalqaro andozalar va qoidalarga asoslangan, davlat boshqaruv idoralari, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, fuqarolar va tashkilotlarning rasmiy statistika axborotlarga bo’lgan talabini qondirish uchun statistika sohasida yagona siyosat olib boruvchi davlat ijroiya idorasi hisoblanadi.


Respublikamizdagi statistika idoralarining faoliyati 1994 yilda BMTning Statistika komissiyasi tomonidan ma’qullangan tamoyillarlarga ham asoslanadi.


12
Rasmiy statistikaning asosiy tamoyillarga rioya qilishi rasmiy statistika ma’lumotlariga foydalanuvchilar ishonchini oshirishga imkon beradi:


1- Tamoyil. Dolzarblik, xolislik va ochiqlik.
2- Tamoyil. Professionalizm.
3- Tamoyil. Statistik andozalardan foydalanish.
4- Tamoyil. Statistik ma’lumotlardan to’g’ri foydalanish va tahlil qilish.
5- Tamoyil. Statistik kuzatishlar samaradorligi.


6- Tamoyil. Maxfiylik.
7- Tamoyil. Qonunchilik va oshkoralik.
8- Tamoyil. Milliy darajada muvofiqlashtirish.
9- Tamoyil. Xalqaro darajada muvofiqlashtirish.
10- Tamoyil. Statistika sohasida xalqaro hamkorlik.

Rasmiy statistikada ushbu tamoyillarga rioya qilinishi milliy statistika idoralarida yuqori sifatli statistik axborotlar olinishiga imkon berib, ularga jamiyat tomonidan ishonchni oshiradi.


Statistikaning rivoji mamlakatdagi hozirgi vaqtdagi vaziyat, iqtisodiyot va jamiyatdagi islohotlar jarayoni, boshqaruv tizimini qayta tashkil qilish, ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyoti yo’llariga o’tish va eski iqtisodiy munosabatlardan yangi shakllarga o’tish bilan belgilanadi.


Iqtisodiyotni boshqarishning yangi tamoyillardan kelib chiqqan holda statistika oldida quyidagi vazifalar qo’yilgan:





  1. Boshqaruv idoralarining statistik axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarini tahlil qilish va baholash.




  1. Mamlakatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi hisob va statistikaning xalqaro amaliyotiga qo’llaniladigan statistik ko’rsatkichlar tizimini ishlab chiqish.




  1. Statistik kuzatishni rivojlantirish. Statistikaning asosiy vazifasini bajarish maqsadida maxsus uyushtirilgan tekshirishlar, ro’yxatlar, anketa orqali savol-javoblarni tashkil qilish va o’tkazish.




  1. Statistikaning yagona uslubiy asosiga tayanib axborot fondini tashkil

qilish, uni boshqaruv va o’z-o’zini boshqarish idoralari va boshqa foydalanuvchilarni zarur statistik ma’lumotlar bilan ta’minlash maqsadida muntazam yangilab borish.





  1. Ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni ilmiy asoslangan tezkor tahlilini tashkil qilish. Shakllangan statistik axborotlarning sifati, to’laligi, haqqoniyligi va tezkorligini ta’minlash.




  1. Yoppasiga va qisman statistik kuzatish, maqsadli ma’lumotlar banki va registrlar kabi usullarni qo’llash maqsadida barcha davlat va nodavlat sektoriga tegishli xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni to’la qamrab olish va hisobdagi haqqoniylikni ta’minlash.




  1. Axborotlarga ehtiyojlarni hisobga olgan holda statistik axborotlar oqimlari sxemasini ishlab chiqish.




  1. Ochiq statistik axborotlarni barcha foydalanuvchilar tomonidan teng olish huquqini ta’minlash.

13
Statistika fani statistika oldidagi vazifalarni echishda quyidagi vazifalarni bajarish orqali faol qatnashadi:





  1. iqtisodiyotning turli hodisa va jarayonlarini bilish vositasi sifatida ifodalanadigan bilish funktsiyasi;




  1. metodologik funktsiya – statistik ko’rsatkichlar tizimini takomillashtirish va tuzish;




  1. analitik funktsiya –statistik axborotlar tahlilini chuqurlashtirish. Yuqorida sanab o’tilgan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish statistika

amaliyoti va fanining metodologik birligi va ular faoliyatini muvofiqlashtirishga ko’p jihatdan bog’liqdir.


Statistitka metodologiyasining hozirgi davrdagi rivoji quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’lmoqda:





  1. Iqtisodiyot holati va rivojlanish istiqbollariga statistik xarakteristika

berish.




  1. Tarmoqlar va mintaqalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajalari bo’yicha farqlanishlarini va omillar ta’sirini o’rganish metodologiyasini takomillashtirish.




  1. Xalqaro va mintaqalararo taqqoslashlar metodologiyasini rivojlantirish.

  2. Milliy hisoblar tizimi (MHT) metodologiyasini rivojlantirish.




Yüklə 48,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin