Nominal ish haqi – xodimning ma’lum bir vaqt mobaynida bajargan mehnati uchun hisoblangan va to‘langan ish haqidir.
Real ish haqi - nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan Tovar va xizmatlar miqdori: real ish haqi - nominal ish haqining “iste’mol qobiliyati”dir.
Ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda qanday tamoyillar inobatga olinishi lozim?
Korxonalarda ish haqi sohasidagi siyosatni ishlab chiqish va uni tashkil etishda quyidagi tamoyillarni inobatga olish zarur:
Energetika sohasida ish haqi butun sanoatdagi kabi tuziladi. Bu erda isbay, vaqtbay va akkord usullar (bajarilgan ishlar uchun bir martalik to'lov) qo'llaniladi.
Ishbay haq to'lashning turli xil turlar: ishbay, ishbay-progressiv va ishbay-mukofot. Ish haqining bunday shakllari har bir ishchiga o'zi bajargan ish hajmini yoki mahsulot ishlab chiqarishini nazorat qilish oson bo'lgan hollarda qo'llaniladi. Energetikada bu asosan ta'mirlash ishlariga taalluqlidir.
Mehnatga haq to‘lash usullari.
Ishbay haq to‘lashishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.
Korxonalarda faqat ishbay emas, balki ishbay – mukofotli haq to‘lashdan foydalaniladi. Mehnatga ishbay - mukofotli haq to‘lashda ishchi bajargan ishiga haq olishdan tashqari, mukofotga ham ega bo‘ladi. Mukofot asosan ma’lum bir ko‘rsatkichlarga erishish - mahsulot ishlab chiqarish rejasini bajarish, mahsulot sifatini oshirish, xomashyo va materiallarni tejash va shu kabilar uchun beriladi.
Vaqtbay haq to‘lashtarif tizimida ko‘zda tutiluvchi ishlab berilgan vaqt - kalendar vaqt emas, balki me’yoriy vaqt uchun to‘lanadigan haqni anglatadi.Vaqtbay - mukofotli haq to‘lashda ishchi ishlab bergan vaqtiga haq olishdan tashqari, ushbu ish haqiga ma’lum bir foiz hisobida yangi texnologiyalarni ishlab chiqish, xom ashyo, materiallar, energiya manbalarini tejash, mehnat unumdorligini oshirish, mahsulot yoki ish sifatini yaxshilash va boshqalar uchun mukofot ham oladi.
Mehnatga haq to‘lashning akkord usuli ishbay haq to‘lashning bir turi bo‘lib, mohiyatiga ko‘ra, bunda bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar muddatini ko‘rsatgan holda baholash amalga oshiriladi. Quyidagi hollarda akkord haq to‘lash tizimidan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Vaqtga asoslangan ish haqi tizimi bilan, asosiy ish haqidan tashqari, tungi smenalarda, dam olish va ta'til kunlari va boshqa bir qator ishlarda qo'shimcha haq to'lanadi.