Tugallanmagan ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli bosqichlarni o‘tayotgan hali to‘liq mahsulot holiga kelmagan materiallar.
Yarim tayyor mahsulotlar deganda nimani tushunasiz
Yarim tayyor mahsulotlar - texnologiya jarayonlarining ayrim bosqichlarini o‘tgan, lekin tayyor mahsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov berish va yig’ish bosqichlarini talab qiluvchi mehnat bo’yumlari.
Kelgusi davr xarajatlari deb nimaga aytiladi ?
Kelgusi davr xarajatlari - ayni paytda ishlab chiqarilayotgan, lekin kelajakdagi mahsulotlarga mansub bo‘lgan yangi turdagi mahsulotlarni tayyorlash xarajatlari (asbob-uskunalarni qayta rejalashtirish, mahsulotlarning yangi turlarini tayyorlashga sarflanuvchi xarajatlaryangi turdagi mahsulotlarni loyihalash, tayyorlash va o‘zlashtirish, mutaxassislarni o‘qitish va qayta tayyorlash xonalarini ijaraga olish).
Tugallanmagan ishlab chiqarish va yarim tayyor mahsulotlarning bir-biridan farqi nima ?
Tugallanmagan ishlab chiqarish - ishlab chiqarish jarayoniga kirgan turli bosqichlarni o‘tayotgan hali to‘liq mahsulot holiga kelmagan materiallar.
Yarim tayyor mahsulotlar - texnologiya jarayonlarining ayrim bosqichlarini o‘tgan, lekin tayyor mahsulotga aylanishi uchun keyingi bitta yoki bir nechta ishlov berish va yig’ish bosqichlarini talab qiluvchi mehnat bo’yumlari.
Ish kuchi deb nimaga aytiladi?
Ish kuchi - insonning mehnat qilishga jismoniy va aqliy qobiliyatlari hisoblanadi. Bozor munosabatlari sharoitida mehnat qobiliyati ish kuchini tovar holiga keltiradi. Uning boshqa tovarlardan farqi:
o‘z qiymatidan ortiq bo‘lgan qiymat yaratadi;
uni jalb qilmasdan biron-bir ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish mumkin emas;
asosiy fondlar va aylanma mablag’lardan samarali foydalanish darajasi ish kuchiga bog’liq.
Ish kuchidan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillar nimalar?
Ish kuchidan samarali foydalanishga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: xodimlarning moddiy manfaatdorligi, atrof-muhit, aqliy, jismoniy va asablar kuchlanishi, boshqarish usullari va h.k.
Mehnat unumdorligi deb nimaga qytiladi?
Xo`jalik samaradorligini baholash, korxonada foydalaniladigan resurs turlari bo`yicha amalga oshirilishi va miqdor jihatidan o`lchanishi mumkin. Masalan: ish kuchidan foydalanish samaradorligini mehnat unumdorligi va mahsulotning mehnat sig`imi ko`rsatkichlari yordamida baholash mumkin. Mehnat unumdorligi - inson mehnatining muayyan vaqt ichida ozmi - ko`pmi mahsulot ishlab chiqarish qobiliyatidir.
Ish haqining qanday turlari mavjud?
Ish haqi – har bir xodimning sarflagan mehnati miqdori va sifatiga mos ravishda taqsimlanuvchi va xodim tasarrufiga pul shaklida kelib tushuvchi milliy daromadning bir qismidir.
Xodimlar mehnatiga haq to‘lash ishlab chiqarish jarayoniga jalb qilingan mehnat resurslarining bahosidir. Ish haqi – mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining korxona xodimlari mehnatiga haq to‘lash uchun sarflanuvchi qismi.
Ish haqining nominal va real turlari mavjud: