1-Tajriba ishi. Kompyuter tarmoqlarida qo’llaniladigan kabellar va ularning xillari



Yüklə 290,17 Kb.
səhifə4/9
tarix24.04.2023
ölçüsü290,17 Kb.
#101881
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-тажриба

Koaksial kabellar
Koaksial kabel elektr toki o’tkazuvchi kabel bo’lib, tuzulishi 2.2–rasmda ko’rsatilgandek markaziy mis sim ichki dielektrik qoplamaga olingan bo’lib metal sim to’qmaga (ekran) o’ralgan, xamda u umumiy tashqi qoplamaga olingan bo’ladi.
Yaqin vaqtgacha koaksial kabellar eng ko’p tarqalgan kabellar edi, buning sababi yuqori darajada ximoyalanganligi (sim to’qimasi-ekran mavjudligi), to’qilgan juftlikka qaraganda axborotni uzatish tezligi (500 Mbit/s gachan) yuqoriligi va katta masofalarga uzatish imkoniyati mavjudligi (bir va undan ko’proq kilometrga). Tarmoqdan ruxsat etilmagan axborotni mexanik ulanish orqali olish qiyinligi, shuningdek u tashqariga sezilarli darajada kam elektromagnit nurlanish tarqatishi. Biroq o’ralgan juftli kabelga nisbatan koaksial kabelni tamirlash va yig’ish ishlarini olib borish ancha murakkabdir, narxi xam qimmat (uning narxi o’ralgan juftli kabellarga nisbatan 1,5 – 3 barobar yuqoridir). Kabel uchlariga razemlar o’rnatish xam murakkab ishdir. Shuning uchun bu turdagi kabellarni o’ralgan juftli kabellarga qaraganda kam ishlatiladi.


2.2–rasm. Koaksial kabel



Koaksial kabellar asosan «shina» topologiyali tarmoqlarda ishlatiladi. Bu xolda kabel uchlariga signalni ichki aksiga qaytishni oldini olish uchun albatda terminatorlar o’rnatilishi va bu terminatorlardan faqatgina bittasi! erga ulanishi kerak. Erga ulanmasa kabeldagi sim to’qmasi (ekran) tarmoqni tashqi elektromagnit to’siqlardan ximoya qila olmaydi va tashqi muxitga uzatilayotgan axborotni nurlanishini xam kamaytira olmaydi. Lekin kabeldagi sim to’qimani ikki va undan ko’proq joyidan erga ulangan taqdirda, tarmoqqa ulangan qurilmalar va shuningdek kompyuterlar xam ishdan chiqishi mumkin. Terminatorlar albatda kabel bilan moslangan bo’lishi shart, ya’ni ularni qarshiligi kabelning to’lqin qarshiligiga teng bo’lishi shart. Masalan, agarda 50 Om kabel ishlatilsa, unga mos terminator faqat 50 Omli bo’lishi kerak.


2.3 rasm. Koaksial kabel

Koaksial kabellar kamroq «yulduz» va «pasiv yulduz» topologiyali tarmoqlarda xam foydalaniladi; masalan, Arcnet tarmog’i. Bu xolda moslash muammosi keskin soddalashadi, chunki kabelning ochiq qolgan uchlariga tashqi terminatorlar lozim bo’lmay qoladi.


Kabelni to’lqin qarshiligi xaqidagi axborot xar bir kabel o’ram xujjatida keltiriladi. Ko’pincha lokal tarmoqlarda 50 Omli (masalan, RG-62, RG-11)va 93 Omli kabellar (masalan, RG-62)ishlatiladi. Televizion texnikasida ko’p tarqalgan 75 Omli kabel lokal tarmoqlarda ishlatilmaydi. Umuman o’ralgan juftli kabellar rusumiga qaraganda koaksial kabellar rusumi ancha kam. Bu turdagi kabellardan kelajakda kam foydalaniladi.
Fast Ethernet tarmog’ida kaoksial kabellardan foydalanish rejalashtirilmaganligi xam, albatta, tasodif emas. Lekin ko’pchilik xollarda shina topologiya (passiv yulduz emas) juda qulay. Yuqorida aytib o’tilganidek, qo’shimcha qurilma – kontsentratordan foydalanishning xojati yo’q.
Koaksial kabellarning asosan ikkita turi mavjud:

  • ingichka kabel, diametri 0,5 sm atrofida, ancha egiluvchan;

  • yo’g’on kabel, diametri 1 sm atrofida, ancha qattiq, bu turdagi kabelni zamonaviy ingichka kabellar bozordan siqib chiqarmoqda.

Ingichka kabellar kam masofalarga axborot uzatishda yo’g’on kabellarga nisbatan ko’p ishlatiladi, chunki ularda signal so’nishi ko’proq. Lekin ingichka kabel bilan ishlash ancha qulay, tez xar bir kompyuterga o’tkazish mumkin. Yo’g’on kabelni xona devorlariga bir vaziyatda aniq maxkamlab qo’yishni taqozo qiladi. Ingichka kabelga BNS turidagi razemni ulash qulay va qo’shimcha moslama talab qilinmaydi, lekin yo’g’on kabelga ulanish qimmat moslamalardan foydalanishga to’g’ri keladi, chunki markaziy mis simga etish uchun qoplamalarni teshib o’ta olish, xamda ximoya sim to’qima (ekran) bilan xam ulanish lozimdir. Yo’g’on kabel ingichka kabelga nisbatan narxi ikki barobar qimmat. Shu sababli ingichka kabellar ko’p qo’llaniladi.
Xuddi o’ralgan juftli kabellar singari koaksial kabellarda xam tashqi qoplama turi muxim ko’rsatgich bo’lib xisoblanadi. Xuddi shuningdek, bu vaziyatda xam non-plenum (PVC) va shuningdek plenum kabellari ishlatiladi. Tabiyki, teflonli kabel polivinilxloridli kabelga nisbatan qimmat. Odatda qoplama turini uning rangiga qarab ajratish mumkin (Masalan, Belden firmasining PVC kabellari uchun sariq rang, teflon qoplama uchun qovoq rang). Koaksial kabellarda signal tarqalishining ushlanishi ingichka kabel uchun 5 ns/m ni tashkil qilsa, yo’g’on kabel uchun 4,5 ns/m ni tashkil qiladi.
Xozirgi vaqtda koaksial kabellar eskirib qolgan deb xisoblanadi va ko’pchilik xollarda ularni to’liq o’ralgan juftli kabellar bilan yoki optotolali kabellar bilan almashtirish mumkin. Kabel sistemalari uchun mo’ljallangan yangi standartlarga endi koaksial kabel turlari ro’yxati kiritilmagan.
Koaksial kabellarni tuzilishi

Yüklə 290,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin