1. Ta’lim berish texnologiyasi ( amaliy mashg’ulot )


DORI MODDALARNING ORGANIZMDA KIMYOVIY O’ZGARISHI



Yüklə 106,03 Kb.
səhifə6/8
tarix03.06.2022
ölçüsü106,03 Kb.
#60578
1   2   3   4   5   6   7   8
5.Umumiy farmakologiya

DORI MODDALARNING ORGANIZMDA KIMYOVIY O’ZGARISHI
Ko’pgina dori moddalari organizmda har xil kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. Bu jarayonlar har xil fermentlar, ayniqsa jigarning mikrosomal fermentlari ishtirokida amalga oshadi. Moddalarning o’zgarishi – biotranformasiyasi ikki xil bo’lishi mumkin:
1. Metabolik transformasiya
2. Konyugasiya
Metabolik transformatsiya dori moddalarning oksidlanishi, qaytarilishi va parchalanishi hisobiga boradi.
Konyugasiya – murakkab biologik jarayon bo’lib, dori moddasiga yoki uning metabolitlariga bir qator kimyoviy guruhlar yoki biogen molekulalar birikishi natijasida yuz beradi. Metabolik transformasiya va konyugasiya natijasida ko’pchilik moddalar o’z faolligini yo`qotadi, ba’zan esa ularning faolligi ortishi mumkin.


DORI MODDALARNING ORGANIZMDAN CHIQISH YO’LLARI
Dori moddalar, ularning metabolitlari va konyugatlari siydik va o’t orqali organizmidan chiqib ketadi.
Gazsimon, bug’simon va uchuvchan moddalar va birikmalar nafas yo’llari orqali chiqariladi. Ba’zi moddalar so’lak, ter, sut bezlari orqali ham chiqib ketishi mumkin.
Dori moddalirining organizmga ko’rsatadigan ta’sirning turlari
Dori moddalari ta’sirning quyidagi turlari tafovut qilinadi:
1. Mahalliy ta’sir – dori moddani qo’llanilgan joyda yuzaga keladigan jami hodisalar shu tushincha bilan ifodalanadi. Masalan burushtiradigan, o’rab oladigan, mahalliy og’riqsizlantirish va boshqalar. Dorilar mahalliy ishlatilganida rezorbtiv va reflektor ta’sir ko’rsatish ham mumkin.
2. Rezorbtiv ta’sir – dori moddasi qonga so’rilib, biror organga ta’sir ko’rsatishi natijasida kelib chiqadigan hodisalar shu atama bilan ifodalanadi.
3. Reflektor ta’sir – moddalarning mahalliy va rezorbtiv ta’sirlari natijasida kelib chiqadi, sezuvchi nerv oxirlari va reseptorlarning qozg’alishiga bog’liq bo’lib, buning natijasida shu nerv oxirlari va reseptorlardan ancha uzoqda turadigan ichki organlar faoliyatining o’zgarishiga olib keladi. Bu reflekslar shifobaxsh va zararli bo’lishi mumkin.
4. Asosiy ta’sir – terapiya nuqtai nazaridan qaraganda o’rinli bo’lib ko’rinadigan ta’sirlar. Dorilarning shu ta’siri amaliy medisinada davolash maqsadida ishlatiladi.
5. Noxush ta’siri – terapiya maqsadlari uchun keraksiz, lekin asosiy ta’sir bilan birga yuzaga keladigan ta’sir. Odatda dorilarning noxush, o’rinsiz yoki nojo’ya ta’sirlari har xil asoratlarga olib keladi, bu esa bemorning ahvolini birmuncha og’irlashtirishi mumkin.
6. Bevosita va bilvosita, yoki birlamchi va ikkilamchi ta’sir. Dorining shifobaxsh ta’siri uning to`gridan-to`gri kasal organga ko’rsatadigan ta’siriga bog’liq bo’lsa, buni moddaning bevosita ta’siri deb ataladi, bordiyu, moddaning qanday bo’lmasin organning ishiga ta’sir qilishi natijasida boshqa organ faoliyati o’zgaradigan bo’lsa, bunday ta’sirni bilvosita ta’sir deyiladi.
7. Tanlab ta’sir qilish – bunda dori moddasining ayrim organlarga, muayyan to`qimaga, elementlarga yoki funksional o’xshash bo’lgan reseptorlarga tanlab ta’sir ko’rsatishi nazarda tutiladi.
8. Qaytar va qaytmas ta’sir – dori moddasining ta’siri tufayli organizmda kelib chiqqan o’zgarishlar vaqt o’tishi bilan benomu – nishon yo`qolib ketadigan bo’lsa, bu ta’sir qaytadigan ta’sir deyiladi, aks holda bunday ta’sir qaytmas ta’sir deb ataladi.

Yüklə 106,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin