5.3.2. Grafik organayzerni ishlab chiqish “Klaster” Klaster (Klaster-tutam, bog’lam) – axborot xaritasini tuzish yo’li barcha tuzilmaning mohiyatini markazlashtirish va aniqlash uchun qandaydir biror asosiy omil atrofida g’oyalarni yigish. Bilimlarni faollashtirishni tezlashtiradi, fikrlash jarayoniga mavzu bo’yicha yangi o’zaro bog’lanishli tasavvurlarni erkin va ochiq jalb qilishga yordam beradi.
Bosqichlar:
1. Talabalar klasterni tuzish qoidasi bilan tanishadilar.
2. Yozuv taxtasi yoki katta qog’oz varag’ining o’rtasiga asosiy so’z yoki 1-2 so’zdan iborat bo’lgan mavzu nomi yoziladi. 3. Birikma bo’yicha asosiy so’z bilan uning yonida mavzu bilan bog’liq so’z va takliflar kichik doirachalar “yo’ldoshlar” yozib qo’shiladi.
4. Ularni “asosiy” so’z bilan chiziqlar yordamida birlashtiriladi. Bu “yo’ldoshlarda” “kichik yo’ldoshlar” bo’lishi mumkin. Yozuv ajratilgan (5-15 daqiqa) vaqt davomida yoki g’oyalar tugagunicha davom etishi mumkin.
5. Muhokama uchun klasterlar bilan almashinadilar. 6. Ish natijalari prezentasiyasi o’tkaziladi
6. Amaliy qismi Reseptura bo’yicha vazifalarni bajarish (dorilarni chiqarish shakli, dozasi, miqdori va qo’llanilishini ko’rsatib reseptlar yozish: furasilin (flak.), diosit ( fl.), brilliant yashili (flak.), yodning spirtli eritmasi (flak.), xloramin V (flak.), borat kislotasi (flak. surtma)).