1. Tarbiyaga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va ularning o‘ziga xosliklari


Tarbiyaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari



Yüklə 50,64 Kb.
səhifə5/13
tarix06.06.2023
ölçüsü50,64 Kb.
#125658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH1

2. Tarbiyaviy faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlari.
Tarbiyaviy faoliyat, faoliyat nuqtai nazaridan o‘zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:

  1. aniq maqsadga yo‘naltirilgan jarayon;

  2. ko‘p qirrali jarayon;

  3. uzoq muddatli jarayon;

  4. uzluksiz jarayon;

  5. yaxlit tizimlilik jarayon;

  6. ikki tomonlama aloqa jarayoni;

  7. qarama-qarshiliklardan iborat jarayon.

Tarbiyaviy faoliyat xususiyatlari mazmuni
Aniq maqsadga yo‘naltirilganligi zamonaviy talqinda Tarbiyaviy faoliyat o‘qituvchi va talaba (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo‘naltirilgan samarali hamkorlik jarayoni demakdir. Zero,
Tarbiyaviy faoliyatda o‘qituvchi va talabalarning faoliyatlari tashkil etiladi, boshqariladi va nazorat qilinadi.
Tarbiyaning ko‘p qirrali jarayonligi, tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashqi (sub’ektiv va ob’ektiv) omillar asosida tashkil etiladi.
Sub’ektiv omillar shaxsning ichki ehtiyojlari, qiziqishlari, hayotiy munosabatlarini anglatish, ob’ektiv omillar esa shaxsning hayot kechirishi, shakllanishi, hayotiy muammolarini ijobiy hal etishi uchun sharoit yaratadi.
Uzoq muddat davom etadi. Tarbiya natijalari tez sur’atda yaqqol ko‘zga tashlanmaydi. O‘zida insoniyat sifatlarini namoyon eta olgan shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda uzoq muddatli davr talab etiladi. Maktab tarbiyasi shaxs ongi, dunyoqarashini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki yoshlik yillarida insonda odob tizimi yuqori darajada ta’sirchan hamda beqaror bo‘ladi.
Tarbiyaviy faoliyat jarayonning yana bir muhim xususiyati uning uzluksizligidir. Tarbiyaviy faoliyat talabalar va o‘qituvchining birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayoni. Talabalarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo‘naltirilgan, bir-birini to‘ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi tarbiyani tashkil etish alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, oila, ta’lim muassasalari va jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarni uzluksiz o‘tkazilishiga erishish lozim.
Yaxlit tizimli tashkil etilishi shundan iboratki, tarbiyaviy faoliyatning maqsadi, mazmuni, vazifalari va metodlarining birligi shaxsni shakllantirish g‘oyasi amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Bizga ma’lumki, shaxs sifatlari navbatma-navbat emas, balki yaxlit tarzda o‘zlashtiriladi.
Ikki tomonlama aloqa ikki yo‘nalishda, ya’ni, o‘qituvchining talabaga nisbatan ko‘rsatadigan ta’siri (to‘g‘ri aloqa) hamda talabaning o‘qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzda tishkil etiladi.
Qarama-qarshiliklar talabalarda o‘z tushunchalariga muvofiq paydo bo‘lgan dastlabki sifatlar bilan o‘qituvchining talabalarga qo‘yadigan talablari va ularni bajarish imkoniyatlari o‘rtasida ziddiyatlarning kelib chiqishidan paydo bo‘ladi.
Ba’zan bolaning ongi bilan xulqi bir-biriga muvofiq kelmasligidan yoki o‘qituvchining talabalar yosh xususiyatlarini, fe’l-atvori, xarakteri, qiziqishlari, jismoniy, ruhiy hamda fiziologik jihatdan sog‘lomligini bilmasliklari oqibatida ziddiyatlar kelib chiqadi.

Yüklə 50,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin