1. Tarbiyaga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va ularning o‘ziga xosliklari



Yüklə 50,64 Kb.
səhifə7/13
tarix06.06.2023
ölçüsü50,64 Kb.
#125658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH1

Uning vazifalari:- ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish;
- ilmiy dunyoqarashni shakllantirish;
- aqliy qobiliyatlar va iste’dodlarni rivojlantirish;
- bilishga oid qiziqishlarni rivojlantirish
- bilishga oid faollikni shakllantirish
- bilim olishga dalillashni shakllantirish va h.k.
Jismoniy tarbiya – sog‘liqni mustahkamlash va to‘g‘ri jismoniy rivojlanishga erishishga qaratilgan tarbiya
Uning vazifalari: sog‘liqni mustahkamlash, to‘g‘ri jismoniy rivojlanish aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatini oshirishi tabiiy harakatga keltiruvchi sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish gigienik odatlarni shakllantirish ma’naviy sifatlarni tarbiyalash (jasurlik, tirishqoqlik, qat’iylik, intizomlilik va boshqalar) sog‘lom turmush tarziga qo‘shilish jismoniy tarbiya, sport bilan doimiy va muntazam shug‘ullanishga ehtiyojni shakllantirish va h.k.
Fuqarolik tarbiyasi – o‘zida global muammolarga, ijtimoiy guruhlarga, alohida shahslarga, ularning faoliyatiga, jamotchilik hayoti va ongiga umuminsoniy qadriyat munosabatlarining tizimini namoyon etadi.
Uning vazifalari: inson va fuqaroni tarbiyalash fuqarolik dunyoqarashi va siyosiy ihtiyorni shakllantirish fuqarolik ongining vujudga kelishi, o‘z qarashlarida sobit qolish qobiliyati vatanparvarlik, baynalminalchilik kabi oliy tartibning hissiyotlarini shakllantirish va boshqalar. Vatanga muhabbat hissini, uni himoya qilishga tayyorlik hissini rivojlantirish, qadrdon yurt, uning tabiati, an’analari, urf-odatlari va h.k.ga muhabbat hissini shakllantirish.
Ahloqiy tarbiya – harakterning ahloqiy sifatlari, ko‘nikmalar va hulq-atvorning shakllanish jarayoni. Ahloqiy tarbiya mulohaza, hissiyotlar va ye’tiqodlar, jamiyatning tegishli me’yorlariga mos keladigan ko‘nikmalar va hulq-atvorning ahloqiy tushunchalarini shakllantirish kabi vazifalarni hal qiladi. Ahloqiy tarbiyaning asosiga jamiyatning rivojlanish jarayonida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan umuminsoniy qadriyatlar, o‘tkinchi bo‘lmagan me’yorlar qatori jamiyat taraqqiyotining zamonaviy bosqichida paydo bo‘lgan yangi qoidalar va me’yorlar yotadi. O‘tkinchi bo‘lmagan ahloqiy sifatlar- halollik. adolat, burch, tartiblilik, mas’ullik, or-nomus, vijdon, qadr-qimmat, insonparvarlik, beg‘arazlik, mehnatsevarlik, kattalarga hurmat va boshqalar.
Kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyoti davomida vujudga kelib, tarkib topgan, takomillashib kelgan me’yor va qoidalardan iborat bo’lib, ular kishilarning jamiyatga bo’lgan munosabatlarini tartibga soladi. Bu me’yor va tartib qoidalar kishilardan jamiyat uchun zarur bo’lgan axloqqa ega bolishlikni talab qiladi. Shunga muvofiq, biror shaxsning xulq-atvori, yurish-turishiga axloqli yoki axloqsiz deb baholashga imkon beradi.

Yüklə 50,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin