Ekologik tarbiya –ekologik ong shakllanishi, yekologik madaniyat tarbiyasi jarayoni.
Tarbiya tehnologiyasi Tarbiya tehnologiyasi – tarbiya jarayonida shakllar, yo‘llar, usullar, va vositalarning jamuljamligidir. Tarbiya jarayoninng yahlitligi majmuaviy yondashuv orqali amalga oshiriladi. Majmuaviylik tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish va o‘zaro harakatning maqsadlari, vazifalari, mazmuni, usullari va shakllarining birligini anglatadi.
Tarbiyaning zamonaviy tehnologiyalari quyidagi talablarni bajaradi: -tarbiyalanuvchilarga uchta yo‘nalish bo‘yicha ta’sir ko‘rsatadi: ongga, hissiyotga va hulqqa.;
-ijobiy natijaga tarbiya va shahs o‘zini tarbiyalashiining uzviy birikuvida erishiladi;
-tarbiyaga aloqador barcha ijtimoiy institutlar va birlashmalarning (ommaviy ahborot vositalari, adabiyot, san’at, maktab, tartibot idoralari va boshqalar) birligi va kuch-g‘ayratlarining muvofiqlashtirilishi – majmuaviy yondashuvning zaruriy shartidir;
-shahsning ma’lum fazilatlari aniq tarbiya ishlari tizimi orqali amalaga oshiriladi.
Tarbiya jarayonini boshqarish quyidagi omillar hisobiga olinganda muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin:
-fazilatlarining rivojlanishiga ko‘maklashadigan yoki unga qarshilik qiladigan tarbiyalanuvchining shakllangan hayot tarzi;
-hayot sharoitlari;
-ommaviy ahborot vositalari va targ‘ibot;
-shahsga ta’sir qiladigan jamoaning taraqqiyot darajasi va hayot tarzi (qadriyatli yo‘nalishlar, jamoatchilik fikri, ahloq me’yorlari, ruhiy iqlim...)
-jamoa a’zolari o‘rtasida o‘zaro munosabatlar me’yorlari, tarbiyaning individual va shahsiy o‘ziga hosliklari.
Tarbiya usullari Tarbiya usuli – bu tarbiyaning ma’lum maqsadlariga yerishish yo‘li.
Usul – bu tarbiyalanuvchilarning ong, iroda, hissiyot, hulq-atvoriga ularda tarbiyaning ma’lum maqsadlari orqali fazilatlarni ishlab chiqish maqsadlari bilan ta’sir ko‘rsatish yo‘li.
Tarbiya usulini tanlashni belgilaydigan omillar: 1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari.
2. Tarbiyaning mazmuni.
3. Tarbiyalanuvchilarning yoshiga hos hususiyatlari.
4. Tarbiyalanuvchi va tarbiyachi o‘zaro munosabatlarining shakllanib bo‘lganlik darajasi.
5. Ta’lim olganlikning testlari - bu ta’lim mazmunining ma’lum jihatlari (qismlari) o‘zlashtirilganligi saviyasini (darajasini) o‘lchash uchun hizmat qiladigan vazifalarning yig‘indisidir