1. Tarbiyaga texnologik yondashuv: imkoniyatlari va ularning o‘ziga xosliklari


Yaxshi trening o‘tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud



Yüklə 50,64 Kb.
səhifə12/13
tarix06.06.2023
ölçüsü50,64 Kb.
#125658
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
TARBIYA JARAYONINI TEXNOLOGIYALASHTIRISH1

Yaxshi trening o‘tkazishning bir nechta tarkibiy qismlari mavjud.
Izyumenka. ( Bolalar bilan ishlashning o‘ziga xos ajoyib tomoni.) Qatnashuvchilarning treninga qiziqishini uyg‘otish uchun qisqa baxs boshlang, savollar bering, ta’kidlashlarini so‘rang yoki qandaydir faoliyat turini faraz qiling. O‘qish qatnashchilarining avvalgi bilimlari va ularning hayotiy tajribalarini bog‘lashga harakat qiling. Trening asosida o‘quvchi yoshlarni ma’nviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashdagi ahamiyatini tushuntiring.
Qatnashuvchilar uchun natijalarini ta’kidlash. Qatnashuvchilarga ulardan nima kutilayotganligi tushuntiring. Qatnashuvchilar uchun natijalar quyidagi savolga javob berishi kerak: “Bu treningdan keyin qatnashuvchilar nimalarni bilishini va qilishini xohlamayman?”.
Trenerning hissasi. Trening uchun kerakli boshlang‘ich ma’lumot va yetarli bilimlar (matn, ma’ruza, xujjatlar, o‘qish) va biror faoliyat turini o‘tkazish uchun tarbiya jarayonining mazmunini namoyish qiling.
Interfaol. Interfaol uslub – bu jamoaviy muhokamani tashkil etish, fikrlarni erkin aytish, muhokama, tahlil va faoliyatni baholashdir. Umuman treningdagi faoliyatning ushbu turida qatnashishning barcha qadamlarini chizib chiqing. Ayniqsa, guruhda ishlash uchun aniq va qisqa tushuntirishlar olib boring. Tushuntirishini tekshiring va tushuntirishlar bering.
Treningni to‘liq yakunlashga vaqt yetishi uchun uning har bir qismini diqqat bilan tashkil qiling. Treningni o‘tkazish savollari bu yerda muhim ahamiyatga ega (guruhni o‘lchovi, guruhga shaxsiy yordam, tushunishini tekshirish). Aynan shu narsalar treningni o‘tishiga yordam beradi. Trener mashqlarni bajarish jarayonida qatnashuvchilarni topshiriqlarni to‘g‘ri bajarishini kuzatib boradi.
Debrifing (xulosa) baholash. Qatnashuvchilar o‘zlari yodlagan, o‘rgangan yo‘nalishlari bo‘yicha xulosa qiladilar, olingan ma’lumotlar va malakalarni boshqa holatlarda, bolalar bilan ishlashda qo‘llashni muhokama qiladilar.
Bu – treningni baholash qismidir. «Qatnashuvchilar nimani o‘rgandilar?”. Trening davomida o‘rganganlari yoki ko‘rsatganlari natijalar bilan mos kelishini tekshiring. Tarbiya texnologiyalari asosida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda treninglarning ahamiyati katta. Masalan o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalashda ularning hatti-harakatlaridagi ijobiy o‘zaro munosabatlarni to‘g‘ri tanlay olishida muhim o‘rin tutadi.
Biz milliy ma’naviyatni har tomonlama yuksaltirish masalasini o‘z oldimizga asosiy vazifa qilib qo‘yar ekanmiz, bugungi kunda ma’naviyatimizni shakllantiradigan va unga ta’sir o‘tkazadigan barcha omil va mezonlarni chuqur tahlil qilib, ularning bu borada qanday o‘rin tutishini yaxshi anglab olishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi.
“Albatta, har qaysi xalq yoki millatning ma’naviyatini uning tarixi, o‘ziga xos urf-odat va an’analari, hayotiy qadriyatlaridan ayri holda tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu borada, tabiiyki, ma’naviy meros, madaniy boyliklar, ko‘hna tarixiy yodgorliklar eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi”.
Bizning qadimiy va go‘zal diyorimiz nafaqat Sharq, balki jahon sivilizatsiyasi beshiklaridan biri bo‘lganini xalqaro jamoatchilik tan olmoqda va e’tirof etmoqda. Bu tabarruk zamindan ne-ne buyuk zotlar, olimu ulamolar, siyosatchi va sarkardalar yetishib chiqqani, umumbashariy sivilizatsiya va madaniyatning uzviy qismiga aylanib ketgan dunyoviy va diniy ilmlarning, ayniqsa, islom dini bilan bog‘liq bilimlarning tarixan eng yuqori bosqichga ko‘tarilishida ona yurtimizda tug‘ilib kamolga yetgan ulug‘ allomalarning xizmatlari beqiyos ekani bizga ulkan g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi.
Bu ko‘hna tuproqda milodgacha bo‘lgan davrda va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, hali-hanuz o‘zining ko‘rku tarovatini saqlab kelayotgan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan o‘lkamizda dehqonchilik va hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak darajada rivojlanganidan dalolat beradi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan to‘rt mingdan ziyod moddiy-ma’naviy obida umumjahon merosining noyob namunasi sifatida YUNESKO ro‘yxatiga kiritilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
“Shu ma’noda, xalq og‘zaki ijodining noyob durdonasi bo‘lmish «Alpomish» dostoni millatimizning o‘zligini namoyon etadigan, avlodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan qahramonlik qo‘shig‘idir. Agarki xalqimizning qadimiy va shonli tarixi tuganmas bir doston bo‘lsa, «Alpomish» ana shu dostonning shoh bayti, desak, to‘g‘ri bo‘ladi. Bu mumtoz asarda tarix to‘fonlaridan, hayot-mamot sinovlaridan omon chiqib, o‘zligini doimo saqlagan el-yurtimizning bag‘rikenglik, matonat, olijanoblik, vafo va sadoqat kabi ezgu fazilatlari o‘z ifodasini topgan”_.
Shu bois «Alpomish» dostoni bizga vatanparvarlik fazilatlaridan saboq beradi. Odil va haqgo‘y bo‘lishga, o‘z yurtimizni, oilamiz qo‘rg‘onini qo‘riqlashga, do‘stu yorimizni, or-nomusimizni, ota-bobolarimizning muqaddas mozorlarini har qanday tajovuzdan himoya qilishga o‘rgatadi.
Milliy ma’naviyatimiz azaldan qanday omil va mezonlar negizida shakllanib kelayotgani xalqimiz uchun eng aziz va eng milliy bayram — sharqona yangi yil bo‘lmish Navro‘z ayyomi misolida ayniqsa yorqin namoyon bo‘ladi.


Xulosa
Mustaqillikka erishganimizdan so`ng, O`zbеkistonda ta`lim sohasida kеng imkoniyatlar ochildi,vatanimizning halqaro sahnadagi muvaffaqiyati,obru-e`tibori va o`rni milliy o`zligimizni anglashda, chizmachilik fanlari еtakchi mavqе kasb etib, har bir fuqoroning mamlakat taqdiri uchun mas`ullik hissini yanada oshi- rishga xizmat qiladi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan, ta`lim sahosidagi tub islohatlarga etibor kuchaytirilmoqda. Chunki kelajak avlodni, bilimli, har tamonlama yetuk shaxs qilib tayyorlashda pedagog o`qituvchilar oldiga katta mas`uliyat yuklamoqda. Shu bilan birga fan texnika taraqiyoti natijasida muxandislik fanlariga bo`lgan talab oshib bormoqda.
Shuning uchun kurs ishimda qurilish chizmachiligining inson hayotidagi ahamiyati tarixi haqida hukumatimiz tamonidan olib borilayotgan ta`lim saxosidagi qarorlar va kadirlar tayyorlash milliy dasturi, Davlat t`alim standartlarida qurilish chizmachiligi fani oldiga qo`yilgan asosiy vazifalarni, chizmachilik fanining fan va texnika taraqqiyoti davridagi ahamiyati haqda ma`lumotlar to`pladim, ushbu ma`lumotlar yozdim.
Inson uchun zarur bilimlar miqiyosi tobora kеngayib borayotgan hozirgi sharoitda muayyan faktlar yig`indisini o`zlashtirish bilan chеklanib bo`lmaydi. Shuning uchun o`quvchilarga o`z bilimlarini mustaqil ravishda to`ldirib va boyitib borishni, o`zining diqqat-e`tiborini ilmiy va siyosiy axborotlarning eng muhimlariga qaratishni o`rgatish kеrak.
Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlang`ich kurslardan boshlab tarbiyaviy ishlar metodikasi fani mutaxassislik ham amaliy, ham ilmiy–nazariy jihatdan yaxshi o`qitilishi shart.
Bularni talabalarga o`qitishda didaktik prinsiplarning asosiysi hisoblangan– ilmiylik- prinsipi yetakchi o`rin egallashi lozim.



Yüklə 50,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin