h - shponka ariqchasining chuqurligi, mm;
la - shponka ariqchasining uzunligi, mm;
D f - ariqcha kengligiga teng bo‘lgan frezaning diametri, mm;
Sm .vert - vertikal surish, mm/min; Sм .bo‘yl - bo‘ylama surish, mm/min;
Kengligi bo‘yicha aniq ariqcha hosil qilish uchun "mayatnikli surishli"
shponka frezalash dastgohi qo‘llaniladi. Bu dastgohda ariqcha frezalashda yon
tomoni kesuvchi qirralarga ega bo‘lgan parmasimon ikki spiralli freza qo‘llaniladi.
Bu usulda avval, freza yordamida 0,1-0,3 mm kesib olinadi va ariqchani barcha
uzunligi bo‘yicha frezalaydi, keyin yana o‘sha chuqurlikka kesib oladi va oldingi
holatdagi kabi chuqurchani yana barcha uzunligi bo‘yicha frezalaydi, lekin boshqa
yo‘nalish bo‘yicha suriladi (9.1,v-rasm). Shuning uchun bu usulni "mayatnikli su
rish" usuli deb yuritiladi.
Bu usul seriyali va ommaviy ishlab chiqarishda shponka ariqchalarini
tayyorlashning eng maqbul usuli hisoblanadi. Chunki, bu usulda shponkali biri
kmalarda o‘zaro almashinuvchanlikni ta'minlaydigan aniq ariqchalarni hosil qi
linadi.
Ikki tomoni berk bo‘lgan shponka ariqchalarini "mayatnikli surish" orqali
frezalashda asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi: bu erda
la - shponka ariqchasining uzunligi, mm;
D f - ariqcha kengligiga teng bo‘lgan freza diametri, mm;
Sm .bo'yl. - bo‘ylama surish, mm/min;
h - shponka ariqchasining chuqurligi, mm;
t - frezaning bir marta vertikal yo‘nalish bo‘yicha kesib olish kattaligi, mm.
Vallardagi ikki tomoni ochiq shponka ariqchalarini randalash dastgohlarida
bajarish mumkin. Uzun vallardagi, masalan, tokarlik dastgohining yuritish validagi
ariqchalar bo‘ylama randalash dastgohlarida bajariladi. Kalta vallardagi ariqchalar
asosan yakka tartibli va mayda seriyali ishlab chiqarishda ko‘ndalang randalash
dastgohlarida randalanadi.
Segmentli shponkalar uchun shponka ariqchalari parmasimon diskli frezalar
yordamida frezalanadi .
http://fayllar.org