2.KONSTRUKTORLIK QISMI 2.1. Konstruksiya obechaykasi va tubini yig’ish uchun rolikli stend Sig’im obechaykasini va tubini yig’ish silindrik buyumlarni yig’ish va payvandlash uchun qo’llaniladigan rolikli T-30M stendida amalga oshiriladi. Rolikli stend yuritmali reduktorli tayanch rolik 2, yuritmali reduktorsiz tayanch roliklar 5, xolati o’zgartiriluvchi yuritmasiz tayanch roliklar 6 va yuritma 1 dan iborat. Yuritmali tayanch roliklari bo’ylama val 3 va mufta 4 vositasida bir-biri bilan bog’langan. Xamma tayanch roliklar va yuritma birgalikda rama 7ga o’rnatilgan. Tayanch roliklari orasidagi masofalar (L va A) va ular soni buyumning diametri,uzunligi va massasiga binoan tanlanadi. Tashkil etuvchi detallarga bog’liq ravishda bog’lovchi vallar va o’rnatish ramasi o’lchamlari aniqlanadi.
Obechaykalar rolikli stendga o’rnatiladi, styajkalar yordamida qirralar bir-biriga yaqinlashtirilib, kerakli tirqish qoldirilib, o’zaro yig’iladi. Shundan so’ng obechayka payvandlashga uzatiladi.
T-30M stendi texnik ko’rsatkichlari