1.8. Payvandlash jixozini tanlash
Yekilgi saklash sig’imi korpusini tayyorlashda sifatli payvand chok olish uchun payvandlash jarayoni turg’un davom etishi kerak. Buning uchun payvandlash jixozlari to’g’ri tanlangan bo’lishi kerak. Payvandlash jixozlari elektr yoyini ta’minlovchi manba va payvandlash avtomatidan tashkil topadi.
Payvandlashni amalga oshirishda xar xil turdagi payvandlash usullaridan foydalanilganligi tufayli bir necha xil payvandlash jixozlari tanlanadi.
Yuqorida xisoblangan payvandlash rejimi ko’rsatkichlarini xisobga olib vertikal va gorizontal listlar asosiy payvand choklarini flyus ostida avtomatik usulda amalga oshirish uchun ADS-1000-4 payvandlash traktori tanlanadi, elektr yoyini ta’minlash man’basi sifatida esa TDF-1001 transformatori qabul qilinadi.
ADS-1000-4 markali payvandlash traktorlarining konstruksiyasi oddiy, gabarit o’lchamlari kichik va nisbatan yengil bo’lib, ularni boshqarish qulay. Bu avtomatlar universalligi sababli sanoatda keng tarqalgan bo’lib, 1000 A gacha bo’lgan toklarda tegishli markali, diametri 1,6-6 mm li elektrod simlarida ishlaydi. Bu avtomatlar bilan konstruksiyalarning ichki tomonidan xalqali, to’g’ri chiziqli choklari payvandlanadi. Payvandlash traktori qirralariga oldindan ishlov berilgan va ishlov berilmagan uchma-uch va burchak choklarni, payvand chok bo’ylab xarakatlanib, pastki xolatda payvandlashni amalga oshiradi.
ADS-1000-4 payvandlash traktori xalqali va to’g’ri chiziqli choklarni flyus ostida buyumni tashqi tarafidan payvandlashga xizmat qiladi.
ADS-1000-4 payvandlash traktorini texnik tavsifi
ko’rsatkichlar
|
qiymatlari
|
Nominal payvandlash toki, A
|
1000
|
Payvanlash tokini rostlash chegaralari,A
|
300-1000
|
Elektrod simi diametri, mm
|
2-6
|
Elektrod simini uzatish tezligi, m/soat
|
1,7-10,1
|
Payvandlash tezligi, m/soat
|
0,3-3,3
|
Payvandlash traktorini og’irligi, kg
|
65
|
Flyus bunkerini xajmi, dm3
|
12
|
Payvandlash yoyini tok bilan uzluksiz ta’minlovchi agregatlarga tok man’balari deyiladi. Payvandlash toki man’balariga quyidagi asosiy talablar qo’yiladi: yoyning oson oldirilishi bilan uning barqaror yonishi, tokning qisqa tutashuvining cheklanishi, ishchining xavfsiz ishlashini ta’minlash.
Payvandlash transformatori - o’zgaruvchan tokning sanoat tarmoqlari kuchlanishi 220...380 V ni past kuchlanishga, ya’ni GOST bo’yicha payvandlash jihozlari kuchlanishiga va lozim bo’lgan payvandlash tokini ta’minlovchi elektromagnit apparatdir. Payvandlash transformatorining, turg’un payvandlash jarayoni uchun lozim bo’lgan tez pasayib borishi uchun transformatorning maxsus konstruksiyasi, ya’ni sochilma magnit oqimlari kattalashtirilgan transformatori ishlab chiqarilgan. Payvandlash transformatorining chulg’amlari suriladigan konstruksiyasi eng ko’p tarqalgan. Bunday transformator E320, E330 markali elektrotexnik po’lat markali plastinkalardan yig’ilgan berk magnit o’tkazgichida yig’iladi.
TDF-1001 ta’minlash man’basini texnik tavsifi
ko’rsatkichlar
|
qiymatlari
|
Nominal payvandlash toki,A
|
1000
|
Payvandlash tokini rostlash chegaralari,A
|
300...1200
|
Salt yurish kuchlanishi, V
|
68...71
|
Nominal ishchi kuchlanish, V
|
220;380
|
UDE, %
|
100
|
Talab qiladigan quvvati, kV.A
|
82
|
Massasi, kg
|
720
|
TDF-1001 transformatori 1 va 2 chulg’amlar, metall o’zak, chulg’amlar xarakatlanishi uchunt vint va tok qiymatini o’zgartirish dastasidan tashkil topadi.
Bundan tashqari qattiqlik qovurg’alari (diafragmalar) payvandlanadi. Bu detallarni payvandlash uchun ximoya gaz muxitida amalga oshiriladi. Karbonat angidrid gazi muxitida payvandlash jixozi sifatida VDU – 504 ta’minlash manbai va PDG – 508 turidagi payvandlash yarim avtomati tanlanadi.
PDG – 508 payvandlash yarim avtomati texnik tavsifi
|
ko’rsatkichlar
|
Qiymatlar
|
1
|
Uch fazali o’zgaruvchan tok nominal kuchlanishi, V
|
380
|
2
|
Tarmoq chastotasi, Gs
|
50
|
3
|
Nominal payvandlash toki, A
|
500
|
4
|
Tok turi
|
doimiy
|
5
|
Payvandlash tokini rostlash chegarasi, A
|
160-500
|
6
|
Elektrod simini diametri, mm
|
1,2-2,0
|
7
|
Elektrod simini uzatish tezligi, m/soat
|
108-232
|
8
|
Kassetadagi elektrod simi massasi, kg
|
12
|
9
|
Gaz sarfi, l/daq
|
8-20
|
10
|
Yarim avtomat tashqi o’lchamlari, mm
Uzunligi-Eni-balandligi
|
445x316x370
|
11
|
Boshqaruv shkafi tashqi o’lchamlari, mm
Uzunligi-Eni-balandligi
|
450x304x330
|
12
|
Boshqaruv shkafi og’irligi, kg
|
30
|
14
|
Yarim avtomat og’irligi, kg
|
26
|
VDU-504 to’g’rilagich bir postli mexanizasiyalashgan karbonat angidrid gazi muxitida payvandlash uchun mo’ljallangan.
Payvandlash to’g’rilagichi – bu o’zgaruvchan tokni uch fazali tarmog’i energiyasini yoy bilan payvandlashda foydalanish uchun to’g’rilangan tok energiyasiga aylantiruvchi statik o’zgartirgichdir
VDU – 504 to’g’rilagichini texnik tavsifi
|
Ko’rsatkichlar
|
Qiymatlar
|
1
|
Uch fazali o’zgaruvchan tok nominal kuchlanishi, V
|
220 yoki 380
|
2
|
Nominal payvanlash toki, A
|
500
|
3
|
Salt ishlash kuchlanishi, V
|
70-20
|
4
|
Nominal ishchi kuchlanish, V
|
50
|
VDU – 504 to’g’rilagichi asosiy elementlari – uch fazali payvandlash transformatori T1 va tiristorlar bloki V1-Vc. Payvandlash transformatorlarining magnit o’tkazgichida birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar bir-biridan bir qancha masofada joylashgan bo’ladi. Bu esa payvandlash VATni xosil qilish uchun zarur bo’lgan sochilma oqim paydo bo’lishini ta’minlaydi.
Dostları ilə paylaş: |