2.2. Korpusi xalqali choklarini payvandlash uchun flyus yostiqchasi
Xalqa choklarni flyus ostida avtomatik payvandlash da uni tashqi tarafdan xavodan ximoya qilish, shuningdek chokni tashqi tomondan yaxshi shakllanishini ta’minlash maqsadida maxsus flyus yostiqchasi qo’llaniladi. Bu flyus yostiqchasi universal payvandlash qurilmasi bilan birga ishlaydi va rolikli tayanchlar ramasiga o’rnatilgan relsda xarakatlanadigan aravachada o’rnatilgan. Bu flyus yostiqchasi xarakatlanuvchi aravacha 11, pnevmatik silindr 10, rama 9, uch baraban 2,5,7, rolik, taranglash qurilmasi 6, rezina matoli lenta 3, bunker 8 va yashik 1 dan iborat.
Aravacha diametri 800-4000 mm bo’lgan buyum tagiga kiritilishi mumkin. Aravacha g’ildiraklaridan biri qo’l tormozi yordamida kerakli joyda to’xtatib qo’yish mumkin. Aravacha ramasida maxkam xolda teleskopik silindr o’rnatilgan. Pnevmatik silindr teleskopik bo’lganligi sababli shtoklarni xarakatlanish uzunligi yetarli darajada ta’minlanadi. Barabanlarda tortilgan lenta payvandlanayotgan buyum aylanishi davomida flyusni uzatish va payvand chok pastki tomonidan bir tekis kelishini ta’minlaydi. Lentani kerakli darajada tarangligini taranglash qurilmasi amalga oshiradi. Rolik esa payvand yoyi yonayotgan joyda flyusni qo’shimcha ravishda qisish va zichlashtirishga yordam beradi, bu esa o’z navbatida metall butun qalinligi bo’yicha suyuqlangan xolda xam suyuq metall va shlakni oqib tushishini bartaraf etadi. Payvandlashni boshlashdan avval bunkerga flyus solinadi. Payvandlanayotgan silindrik buyum o’z o’qi atrofida aylanishi natijasida unga flyus orqali zich yopishgan lenta xam xarakatlanadi, bunker esa xarakatlanayotgan lentaga flyusni bir tekis uzluksiz xolda uzatilishini ta’minlaydi.
3. SIFAT NAZORATI
3.1. Konstruksiya payvand birikmalarda uchraydigan nuqsonlar
Payvand choklarida uchraydigan nuqsonlar (g’ovaklik, chala hosil qilingan chok, darz, g’udda va boshqalar) xilma-xildir. Ular odatda tashqi va ichki nuqsonlarga ajratiladi:
1. Tashqi nuksonlar. Bularga chok eni va balandligining chizma talabiga javob bermasligi, chalaligi, g’uddalar, toshmalar, darzlar, deformasiyalanishi oqibatida geometrik shaklning o’zgarishi va boshqalar kiradi.
2. Ichki puqsonlar. Bularga ko’zga ko’rinmaydigan gaz va shlak g’ovaklari, darzlar, chala payvandlangan kemtik joylar va hokazolar kiradi.Ayrim nuqsonlarning hosil bo’lishi sabablari bilan tanishibchiqamiz:
a) chok eni va balandligining chizma talabiga mos kelmasligi. Odatda zagotovkalarning payvandlash yuzalari qoniqarli darajada moslanmosligi, payvandlashda zlektrod yoki gorelka va chokbob simning bir tekis yurgizilmasligi, payvandlash rejimiga rioya qilmaslik nati-jasida hosil bo’ladi:
b) chok yonida kemtik joylar bo’lishi ko’pincha payvanllash toki oshirib yuborilganda hosil bo’lali;
v) chala payvandlangan joylar bo’lishi texnologiyaga rioya etmaslik hollarida uchraydi:
g) g’uddalar, odatla, elektrod yoki payvanllash metallar yuzasi hali yetarli darajada qizimasdan, suyuklanib oqishi yoki payvandlash metallarining ortiqcha bo’lishi natijasida uchraydi:
d) g’ovaklarning chok vannasida hosil bo’lishiga odatda metallar kristallanayotgan pallada unda ernyottan gazlarning (O2, N2.) to’la ajralib chiqishga ulgurmasligi, elektrod koplamalarining namligi, gaz alangasining noto’gri rostlanganligi, payvandlash yuzalarida zang va boshqalar bo’lishi sabab bo’ladi;
ye) tob tashlash va bo’lishi. Odatda zagotovkalarni payvandlashda, tez qizib sovushida hosil buladi. Bu kuchlanishlar katta bulishi,payvandlangan metallarning tobtashlashi va bazan chokka yaqin joyning toblanishi darz ketishigaolib keladi.
Payvandlashda hosil bo’luvchi nuqsonlar, ichki zuriqish qiuchlanishlari qiymati zagotovkalarning materialiga, shakliga va o’liamnariga, payvandlash usullariga chokni hosil qilish texnosogiyasiga va boshqalarga bog’liq bo’lali.
Ma’lumki, payvand birikmalarning sifati qator ko’rsatkichlarga, jumladan, metallarni metall elektrollar bilan elektr yoy yordamida dastaki payvandlashda payvandlanuvchi metallar xiliga, kimyoviy tarkibiga, qalinligiga, elektrod markasiga, tipiga, qoplama xiliga,payvandlash usuliga, rejimiga va ishchi malakasiga bog’liq. Metallarni boshqa payvandlash usullarida payvandlash ham bevosita yuqoridagi ko’rsatkichlarga bog’liqdir. Shu boisdan ayni ko’rsatkichlarning chok sifatiga ta’sirini o’rganish muhimdir. Masalan, po’latlarni payvandlashda ularning tarkibidagi payvandlanuvchanligiga salbiy ta’sir etuvchi elementlar (C, S, R) ning miqdoriga va ularning joylashish xarakteriga qaramoq lozim, chunki ular S>0.25dan, S>0.04% dan ortib, tekis tok taqsimlanmasa, payvandlashda chok darz ketishi mumkin. Shuningdek, aniqlanganki, marten pechida olingan po’lat bessemer konveyeridan olingan po’latdan, qaynamaydigan po’lat qaynovchi po’latdan yaxshi payvandlanadi. Yuqorida qayd etilgan ko’rsatkichlar yana payvandlash jyuylarini payvandlashga tayerlashga va belgilangan texnologiyaning bajarilishiga bog’liq. Ma’lumki, korxonalarda payvandlangan birikmalarning sifatini nazoratchilar tomonidan maxsus xonada chokdan va birikmadan kutilgan texnik talablarga ko’ra tegishli asboblar va priborlar yordamida amalta oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |