GOST 2246-70 bo’yicha Sv-08G2S payvandlash simi kimyoviy tarkibi, %
S
Si
Mn
Cr
Ni
Mo
Ti
S
P
Boshqa elementlar
gacha
0,5-0,11
0,70-0,95
1,80-2,10
<0,20
<0,2
-
-
0,025
0.030
-
Payvandlash flyusi.Ma’lumki, flyuslar payvandlash yoyining barqaror yonishi, chok metalli tarkibini, strukturasini ta’minlash bilan puxta, ajralmaydigan payvand birikmalar olishda muhim rol o’ynaydi. Flyus xili payvandlanuvchi metall xiliga, chokdan kutilgan puxtalikka va payvandlash usuliga ko’ra tanlanadi.
Metall buyumlarni flyus qatlami ostida elektr yoy yordamida metall elektrodlar bilan avtomatik payvandlash usuli dastaki payvandlashga qaraganda jarayonning mexanizasiyalashtirilganligi, ish unumining yuqoriligi, qoplamasiz metall elektrod simlardan foydalanilishi, yoy va suyuq metall vannaning tashqi muhitdan himoya etilishi, metall vannaning deyarli sekin sovushi hamda gaz va nometall qo’shimchalardan tozalanishi, ish sharoitining yaxshiligi kabi afzalliklarga ega. Lekin qiyin choklarni hosil qilish, ayniqsa, montaj ishlarida ma’lum noqulayliklarning tug’ilishi kabi kamchiliklarga ega.
Payvandlash flyuslari – nometall elementlardan tayyorlangan bo’lib, uning donachalarni 0,25 dan 4 mm gacha bo’ladi. Payvandlashning mexanizasiyalashtirilgan usuli bilan ishlashda flyuslardan foydalaniladi. Flyuslar yoy ta’siri ostida eriydi, gazli va shlakli ximoyalovchi fazalarni xosil qiladi, payvandlash vannasini ifloslantiruvchi ko’shimchalardan tozalaydi xamda oltingugurt va fosforni biriktirib olgan xolda chok yuzida shlak ko’rinishda qotadi.