1. Tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi. Tijorat banklarining kredit siyosati va uning mezonlari


Kreditlash bosqichlari haqida umumiy tushuncha



Yüklə 144,48 Kb.
səhifə9/15
tarix16.12.2023
ölçüsü144,48 Kb.
#181123
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi-fayllar.doc

Kreditlash bosqichlari haqida umumiy tushuncha.
Kredit hujjatlari yig‘majildini tashkil qilish. 

Kreditlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:


1.
Mijoz kredit olish uchun bankka ariza beradi.
2.
Bankning kredit bo‘limi mutaxassisi mijoz bilan suhbat o‘tkazib,
kreditni olishdan maqsad va muddatini aniqlaydi.
3.
Mijozning moliyaviy ahvoli tahlil qilinadi.
4.
Kredit mutaxassisi o‘z xulosasi va tavsiyasini bankning kredit
qo‘mitasiga taqdim qiladi.
5.
Kredit qo‘mitasi kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida xulosa
chiqaradi.
6.
Mijozning garov sifatida taklif qilayotgan mulki har tomonlama
o‘rganilib, tahlil qilinadi.
7.
Kredit shartnomasi tuziladi va kredit beriladi.
8.
Keditning qaytarilishi muntazam ravishda tekshirilib turiladi.
9.
Kredit to‘liq qaytarilgandan so‘ng, mazkur «Kredit ishi»
yopiladi.
Kredit olish uchun bankka ariza bergan mijozning moliyaviy ahvolini tahlil
qilish, xulosa chiqarish va kredit berish bilan shug‘ullanuvchi bo‘lib kredit
boshqarmasi yoki bo‘limi deyiladi. Bu boshqarma mijoz arizasini baholashda uchta
eng muhim savolga javob olishi lozim:



1.
Mijoz kredit olish qobiliyatiga egami (layoqatlimi)? Nima uchun


siz shunday xulosaga keldingiz?
2.
Bank va omonatchilar xuquqini himoya qiluvchi va qarz
oluvchiga yuqori sifatli kredit xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi kredit
shartnomasi to‘g‘ri tuzilgan va kerakli hujjatlar bilan tasdiqlanganmi?
3.
Kreditni to‘liq qaytara olmaslik ehtimoli paydo bo‘lganda, bank
mijozning garov mulkini tez, xarajatsiz va xatarsiz sota oladimi?
Kredit mutaxassisi kredit talabnomasini baholashda quyidagilarga e’tibor
berishi lozim:
1. Mijoz xususiyati va kredit olishdan maqsadi. Bunda mijoz
kreditni vaqtida va to‘liq hajmda qaytarib berish uchun majburiyat va
mas’uliyatni to‘la his qilayotganiga ishonch hosil qilishi lozim. Mijozning
kredit olishdan maqsadi aniq bo‘lishi va dalillar asosida isbotlab berilishi
hamda kredit mutaxassisi bu isbotlarning haqqoniyligi, bankning kredit
siyosatiga mos kelishi va mijozning kreditni qaytarib berish niyati qat’iy
ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu maqsadda tajribali kredit
mutaxassislari talabnomani o‘zlari to‘ldirishga harakat qiladilar va bu
orqali mijoz og‘zaki muloqotda bo‘lib, savollar orqali uning xususiyati
haqiqiy niyati va samimiyligini aniqlab oladilar. Agar mijoz avval iste’mol
kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi bir shaxs kafil sifatida jalb
qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning qaytarilishi kafolatlanadi.
CHunki mijoz avval iste’mol kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi
bir shaxs kafil sifatida jalb qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning
qaytarilishi kafolatlandi. CHunki mijoz o‘zi uchun kafillik bergan shaxsni
noqulay ahvolga qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan hamma
imkoniyatlardan foydalanib kreditni to‘liq va o‘z vaqtida qaytarishga
harakat qiladi.

Yüklə 144,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin