to‘g‘ri keladi. Ballik baho qo‘yishda bank yumshoq baho siyosatidan foydalanmasa,
o‘zi juda mushkul ahvolda qolishi mumkin.
Kredit berish (olish) «O‘zbekiston Respublikasi banklarida kredit hujjatlarini
yuritish tartibidagi nizom»ga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu nizom banklar
tomonidan
beriladigan barcha kreditlarga, shuningdek, unga ochilayotgan
kredit
liniyalariga nisbatan qo‘llaniladi. Bank kreditlarni o‘zining ichki kredit siyosatiga
va kredit operatsiyalarini yuritishning umumiy shartlariga muvofiq ravishda beradi
Kreditga doir yig‘majildda kreditni berish uchun talab qilinadigan umumiy
hujjatlar quyidagilarga muvofiq kelishi lozim.
•
qarzdor tomonidan imzolangan va kredit
berilishidan oldingi sana
qo‘yilgan, kreditdan foydalanish maqsadlari bayon etilgan va kredit ta’minlangan
holda garov mavzui ko‘rsatilgan ariza;
•
qarz oluvchining ta’sis hujjatlari; bunda hujjatning nusxalari mas’ul
kredit xodimi tomonidan qarz oluvchining yuridik ishidan olingan bo‘lishi shart;
•
biznes-reja (iste’mol krediti va biznes-rejani taqdim etish shart
bo‘lmagan kreditning boshqa turlari bundan mustasno);
•
agar shaxs qarzdorning vakili bo‘lsa, qarzdor nomidan kredit
shartnomasini imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat, imzolar nusxasi;
•
tuzilgan kredit shartnomasining asl nusxasi;
•
qabul qilingan buxgalterlik andozalariga muvofiq tayyorlangan, oxirgi
hisobot sanasida qarzdor tomonidan imzolangan
moliyaviy hisobotlar, jumladan,
balans hisoboti hamda daromadlar va pul oqimiga doir hisobotlar; zarurat
tug‘ilganda qarz oluvchining hisobotlari bank
va bankning konsultatsion
bo‘limining mas’ul kredit xodimi hamkorligida talab qilinayotgan formatga muvofiq
keltirilishi shart;
•
mas’ul bank xodimi tomonidan tayyorlangan, kreditni to‘lash uchun
qarzdorning naqd pul massasi oqimining etarliligini tasdiqlovchi pul oqimi
to‘g‘risidagi hisobot tahlili;
•
bank kredit qo‘mitasining kredit tasdiqlangan muddat va shartlarini o‘z
ichiga oluvchi kredit shartnomasini tasdiqlashga doir qarori.
Agar kredit ko‘chmas mulk garovi bilan ta’minlangan bo‘lsa, kredit
yig‘majildiga quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi:
•
ipoteka to‘g‘risida tuzilgan shartnomaning asl nusxasi;
•
hisobot bahosiga muvofiq garov mavzui bozor qiymatini taqqoslash va
uni saqlab turish uchun etarli bo‘lgan axborot va tahlilni o‘z ichiga oluvchi baholash
to‘g‘risidagi hisobot;
•
agar kredit garovni sotib olishni moliyalash maqsadida berilgan bo‘lsa,
uni sotish narxini tasdiqlovchi hujjatlar.
Agar kredit boshqa shaxs tomonidan kafolatlansa, kredit yig‘majildiga
quyidagi qo‘shimcha hujjatlar kiritiladi:
•
kafillik to‘g‘risidagi shartnoma yoki yozma kafolat;
•
auditorlik tashkiloti yoki auditorning kafolatchining (kafil) qoniqarli
moliyaviy ahvolini tasdiqlovchi xulosasi.
SHaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat to‘g‘risidagi shartnomani
(majburiyatni) imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Agar kredit ko‘chmas mulkni qurish, ta’mirlash
va tiklashni moliyalash
maqsadida berilgan bo‘lsa, bank kredit yig‘majildiga smeta hujjatlarini, shuningdek,
bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to‘g‘risidagi hisobotni yoki kredit berilgan
ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani
kiritish lozim.
Dostları ilə paylaş: