kredit berish bir marta ssuda berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday ssudaning
har biri bo‘yicha bank alohida qaror qabul qiladi.
Korxona va tashkilotlarga yoki alohida olingan jismoniy shaxslarga ssuda hisob
varag‘i ochilgandan so‘ng ular bo‘yicha ssudaning berilishi va qaytarilishi bo‘yicha
operatsiyalarni amalga oshirish mumkin. Har bir ssudaning berilishi kredit kommisiyasi
farmoyishi asosida amalga oshiriladi, ya’ni kredit bo‘limi bo‘limiga mijozga ssuda
berish to‘g‘risidagi farmoyishini hisob operatsion bo‘limi mas’ul ijrochilariga beradilar.
Mas’ul ijrochilar farmoyishda ko‘rsatilgan rekvizitlar asosida ssuda berish bo‘yicha
buxgalteriya provodkalarini bajaradilar. Ssuda hisobvaraqlarining o‘zi muddatli, muddati
o‘tgan, qayta ko‘rilayotgan kabi ssudalar bo‘yicha alohida yuritiladi.
O‘uyida biz xususiy korxonalarga va nodavlat korxonalarga ssuda berish
provodkalari bilan tanishib chiqamiz.
Xususiy korxonalarga va nodavlat korporatsiyalariga berilgan „qisqa muddatli
ssudalar” nomli balans hisob raqami ochiladi. Bu hisobraqam bir qator subhisob
raqamlarni o‘z ichiga oladi.
13101-“Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa
muddatli ssudalar.”
13105- “Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan muddati
o‘tgan ssudalar.”
13109- “Xususiy korxonalar va nodavlat korporatsiyalariga berilgan qisqa
muddatli, shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan ssudalar.”
Ssuda berilayotganda korxonaning hisob-kitob hujjati to‘lanayotgan bo‘lsa, pul
o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatgan korxona hisob varag‘iga
ssuda summasi o‘tkaziladi. Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi
xizmat ko‘rsatsa ssuda summasi ssuda berayotgan bankning vakillik hisob varag‘i
orqali tegishli bankga o‘tkaziladi.
Ssuda berayotganda quyidagi buxgalteriya provodkasi amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: