1. Tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi. Tijorat banklarining kredit siyosati va uning mezonlari


Kreditlarni tasniflanishi va ular bo‘yicha zahira tashkil qilish. Umidsiz



Yüklə 144,48 Kb.
səhifə15/15
tarix16.12.2023
ölçüsü144,48 Kb.
#181123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Reja tijorat banklari kredit siyosati va uning zarurligi-fayllar.doc

Kreditlarni tasniflanishi va ular bo‘yicha zahira tashkil qilish. Umidsiz 
kreditlarni balansdan tashqariga chiqarish tartibi. Kreditlarni hisobdan 
chiqarish amaliyoti. 

Tijorat banklari har oyda bir marotaba kreditlarga doir yuzaga kelishi mumkin


bo‘lgan barcha yirik zararlar to‘g‘risidagi ma’lumotni Markaziy Bankka taqdim
etishi zarur. Banklarining kredit qo‘yilmalarini tasniflash va ular bo‘yicha kredit
riskining amalga oshishidan yuzaga keladigan zararlarni qoplash bo‘yicha maxsus
zahiralarni shakllantirish talablarini belgilab beradi. O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh
qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko‘rsatkichlariga
erishishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida» 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-
sonli Qaroriga asosan, kreditlar bo‘yicha muammoli qarzlarning hosil bo‘lishiga
yo‘l qo‘ymaslik borasida oldini olish choralarini ko‘rish yo‘li bilan tijorat
banklarining kredit portfeli muttasil o‘sishi, hamda sifati yaxshilanishini ta’minlash
respublikaning moliya-bank tizimini isloh qilish va barqarorligini oshirishning
asosiy yo‘nalishlaridan hisoblanadi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-1438-sonli Qarorining 1-ilovasi 32-
bandida, bank tavakkalchiliklarini boshqarishda chuqur omilli tahlilni amalga
oshirishning aniq mexanizmini joriy qilish, zaxiralarni shakllantirish, kredit
portfelini diversifikatsiyalashni ko‘zda tutgan holda banklar aktivlari sifati
monitoringini takomillashtirish, shuningdek muammoli qarzdorlik paydo bo‘lishiga
yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi choralar qabul qilish belgilangan.
Mazkur vazifa ijrosini ta’minlash maqsadida 2011 yil 10 sentyabrda Markaziy bank
Boshqaruvining «Aktivlar sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular
bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan
foydalanish Tartibiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 26/1-
sonli qarori qabul qilindi mazkur nizomda Markaziy bankning “Aktivlar sifatini
tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash
uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi”ga quyidagi
o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritildi:
– Markaziy bankda tijorat banki aktivlari bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni
qoplash uchun zaxiralanadigan majburiy zaxira depoziti tashkil qilindi hamda ushbu
majburiy zaxira depozitiga tijorat banklari o‘z aktivlari bo‘yicha ehtimoliy
yo‘qotishlarga qarshi shakllantirilgan maxsus zaxiralar summasiga teng miqdordagi
mablag‘larni vakillik hisobvaraqlaridan o‘tkazib borish talabi qo‘yildi;
– majburiy zahira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘lar miqdori har
oyning 10, 20-sanalari va oy yakuni bo‘yicha shakllantirilgan aktivlar bo‘yicha


ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxira summasidan kelib chiqib qayta hisob-kitob


qilinadi;
– hisob-kitob natijalariga ko‘ra, uch ish kuni mobaynida tijorat banklari
maxsus zaxiralar summasiga etmayotgan miqdordagi mablag‘larni majburiy zaxira
depozitiga o‘tkazishi yoki tijorat banklarining asoslantirilgan murojaatiga ko‘ra
Markaziy bank tomonidan ortiqcha mablag‘lar banklarga qaytariladi;
– shartnoma muddatida to‘lanmagan va grafik bo‘yicha asosiy qarz va foizlar
bo‘yicha oraliq to‘lovlar 180 kundan kechiktirilgan barcha kreditlar
“umidsiz”sifatida tasniflanadi. Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar,
qarzdorning moliyaviy holati yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov
muddati uzaytirilgan aktivlar hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan,
muammoli kreditlarni qoplash uchun olingan mulklar, ular bank balansiga olingan
kundan boshlab uch oy muddatda sotilmagan aktivlar ham “umidsiz” sifatida
tasniflanadi;
– agar tijorat banklari belgilangan talablarga amal qilmagan taqdirda,
Markaziy bank majburiy zaxira depozitiga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mablag‘larni
bankning Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘idan undirib oladi va bankka
nisbatan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Markaziy
banki to‘g‘risida”gi qonunining 53-moddasiga muvofiq tegishli chora va
sanksiyalarni qo‘llaydi.
Bundan tashqari, yangi kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarga ko‘ra,
bank tomonidan ajratilayotgan barcha kreditlar bo‘yicha to‘lovlar kredit
shartnomasining butun amal qilish muddatiga taqsimlangan holda bo‘lib-bo‘lib
to‘lanishi belgilab qo‘yildi. Ushbu qoida banklarda muammoli kreditlarning paydo
bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantiruvchi belgi sifatida xizmat qiladi.
Bundan tashqari, sud jarayonidagi aktivlar, qarzdorning moliyaviy holati
yomonligi va to‘lovga qobiliyatsizligi sababli to‘lov muddati uzaytirilgan aktivlar
hamda bank faoliyatida foydalanilmaydigan, muammoli kreditlarni qoplash uchun
olingan mulklar, ular bank balansiga olingan kundan boshlab uch oy muddatda
sotilmagan aktivlar ham «umidsiz» sifatida tasniflanadi. Mazkur qoidalarning joriy
qilinishi tijorat banklari aktivlar sifatining yanada oshishiga, muammoli kreditlarni
paydo bo‘lishini dastlabki vaqtlarda aniqlashtirishga imkoniyatlarni yaratadi,
pirovardida tijorat banklarining omonatchilari va kreditorlarining manfaatlarini
yanada himoya qilinishini ta’minlaydi.
Umuman olganda, Markaziy bankning tijorat banklarida risklarni tartibga
solish va boshqarishga nisbatan talablari va me’yorlarini quyidagi jadval orqali
ifodalash mumkin.
Tijorat banklari tomonidan muammoli kreditlar bilan ishlashda balans
hisobotini har bir tuzish sanasiga (har oyda) bank tomonidan kreditlarning
qadrsizlanishiga doir biron-bir ob’ektiv dalillar mavjudligi «Aktivlar sifatini
tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplash
uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish tartibi»ga Nizomga va
“Foizlarni o‘stirmaslik to‘g‘risida”gi Nizomga (ro‘yxat raqami 1304, 24 yanvar



2004 yil) hamda Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlariga muvofiq


baholanadi.
Kredit qadrsizlanishini tasdiqlovchi ob’ektiv dalillar va sharoitlaraniqlangan
taqdirda, zarar summasi quyidagi ikki miqdordan eng yuqorisi bo‘yicha baholanadi:
1) “Tijorat banklari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha
ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi zaxiralar tashkil qilish va ularni ishlatish tartibi
to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq aniqlangan summa bo‘yicha; yoki
2) Kreditning balans qiymati va kreditning boshlang‘ich foiz stavkasi
bo‘yicha diskontlangan kutilayotgan bo‘lajak pul oqimlarining joriy qiymati
o‘rtasidagi farq bo‘yicha;
Bank ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholashni quyidagicha aks
ettiradi:
Dt 56802- “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”
Kt – Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi –
Kreditning mos kategoriyasi (kontr – aktiv)
Agar kredit portfelining keyingi tahlili natijasida uning zaxiralari yuqorida
ko‘rsatilgan Nizomlarning talablardan oshsa, bank zaxira summasini oxirgi sana
holati bo‘yicha aniqlangan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar summasiga
muvofiqlashtirishi lozim. Bunda quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi amalga
oshiriladi:
Dt – Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi – Kreditning mos
kategoriyasi (kontr – aktiv)
Kt 56802- “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni
baholash”
Kreditlarni qaytarilishi qarz oluvchining asosiy, shuningdek ikkilamchi talab
qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi
orqaliamalga oshiriladi:
Dt- Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Agar kredit kafolat beruvchi (kafil) tomonidan qaytarilsa, quyidagi
buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt – Kafolat beruvchi (kafil) talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘i, yoki
Dt- 10301 – Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro (agar
oluvchiga boshqa tijorat banki xizmat ko‘rsatsa)
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Kreditlar qarz oluvchi tomonidan naqd pulda qaytarilganda quyidagi
buxgalteriya o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 10100 – “Kassadagi naqd pul va boshqa to‘lov hujjatlari”
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Bank kreditidan foydalangan vaqt uchun to‘lanadigan foiz kredit narxi
hisoblanadi. Kredit narxi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi me’yori bilan



tartibga solinadi va mahsulot hamda xizmatlar tannarxi darajasini hisobga olib


belgilanadigan eng yuqori ko‘rsatkichdan oshib ketmasligi kerak.
Markaziy Bankning qayta moliyalash stavkasi 2011 yil iyulidan buyon yillik
12 foiz miqdoridadir.
Agar kreditga foiz o‘stirmaslik maqomi berilmagan bo‘lsa, unda kreditlar
bo‘yicha foizlar tushumi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali aks ettiriladi:
Dt- Qarz oluvchining talab qilib olunguncha depozit hisobvarag‘i
Kt 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 1998 yil 2 dekabrdagi “Tijorat
banklarining kreditlari bo‘yicha foizlarni o‘stirmaslik siyosati to‘g‘risida”gi
Nizomga ko‘ra, banklar quyidagi hollarda kreditlarga foiz hisoblashni to‘xtatadilar:
a) Bir yilgacha muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy
summasini va foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga kechiktirilgan holda,
yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan mustasno;
b) Bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlar uchun kreditning asosiy
summasini va unga hisoblangan foizlarni to‘lash 90 kun va undan ortiq muddatga
kechiktirilgan holda, yaxshi ta’minlangan va tiklash jarayonidagi kreditlar bundan
mustasno;
v) Berilgan kreditning asosiy summasi yoki unga hisoblangan fozlarni
qaytarilish muddati necha kunga kechiktirilganligidan qat’iy nazar banklarda shubxa
uyg‘otgan xolda.
Foiz hisoblash to‘xtatilgan kundan boshlab hisoblangan foizlar summasi
tegishli foizli daromadlar hisobraqamidan chegirib tashlanishi lozim. Bunda tegishli
foizli
daromadlar
hisobraqami
debetlanadi,
16309-“Hisoblangan,
lekin
undirilmagan foizlar” hisobraqami kreditlanadi.
3. Aktivlarga “o‘stirmaslik” maqomini bergan paytdan boshlab, banklar
quyidagilarni amalga oshirishlari lozim:
foizli daromadlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatiladi;
barcha
hisoblangan,
lekin
olinmagan
foizli
daromadlar
balans
hisobvaraqlaridan ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi lozim va



aktivga «o‘stirmaslik» maqomi berilgandan so‘ng keyingi foizlar hisoblanishi


ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiriladi;
ushbu aktivlar bo‘yicha barcha keyingi to‘lovlar birinchi navbatda,
hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa kreditning asosiy
summasini qoplashga yo‘naltiriladi.
4. Hisoblangan foizli daromadlarni ko‘zda tutilmagan holatlar
hisobvaraqlariga o‘tkazilishi quyidagi buxgalteriya o‘tkazmalari orqali amalga
oshiriladi:
Dt Tegishli foizli daromadlar hisobvaraqlari
Kt 16300 «Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar»
Dt 91500 «Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari»
Kt 96333 «(Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha) Olinishi lozim bo‘lgan hisoblangan
foizlar kontr-hisobvarag‘i» yoki
96335 «Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i»
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlanmagan kredit
qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil
qilingan zaxira hisobiga quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali hisobdan
chiqariladi:
Dt - Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar zaxirasi –
Kreditning mos kategoriyasi (kontr-aktiv)
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlangan kredit qaytarilmasa
yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda bank olingan kreditni garovga qo‘yilgan mol-mulk
orqali undirish huquqiga ega. Undirib olish bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk
kim oshdi savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi. Garovga
qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda:
Dt 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro –
Kt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i
Kreditlar bo‘yicha asosiy qarzni va mazkur kredit bo‘yicha hisoblangan, lekin
hali olinmagan foizlarni qaytarish quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi orqali amalga
oshiriladi:
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kt – Ssuda hisobvarag‘i.
b) Asosiy qarz to‘liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda:
Dt 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar”
Kt 41400-44600 - Kreditlar bo‘yicha foiz daromadlari
Olingan kredit garovga olingan mol-mulkni o‘z egaligiga olish yo‘li bilan
qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymatidan va garovga qo‘yilgan mol-
mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri eng kam bo‘lsa, o‘sha qiymat bo‘yicha,
uni sotish bo‘yicha qilingan xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi



dastlabki sotuv bahosidan 10% kam bo‘lmagan summada quyidagi buxgalteriya


o‘tkazmasi amalga oshiriladi:
Dt 16701 – “Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”
Kt – Ssuda hisobvarag‘i
Qarzdor etarli darajada pul mablag‘lariga ega bo‘lmagan taqdirda, bank kredit
bo‘yicha qarzni qarzdorning likvid mol-mulki hisobidan uning roziligi bilan, agar
qarzdor norozi bo‘lsa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sud qarori asosida
undiruvni qarzdorning likvid mol-mulkiga qaratish yo‘li bilan qaytarib oladi.




http://fayllar.org



Yüklə 144,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin