1. Tilning jamiyatda tutgan orni


Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari



Yüklə 108,91 Kb.
səhifə23/47
tarix11.04.2023
ölçüsü108,91 Kb.
#96196
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47
ona tili (1)

51. Xalqaro loyiha, vebinar, forum kabilar uchun sohaviy nutq tuzish imkoniyatlari.
Malumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish
(-15%) organlari orqali qabul qiladi.
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2. Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4. Slayd hajmi va o‘lchamlarini tanlash;
5. Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan ozgarishlar kiritish;
6. Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdimotni tayyorlash jarayonida Microsoft Power Pointda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlar taqdim etilayotgan ishning mazmuni va mohiyatini, natijalari va xulosalarini, takliflarini aks ettirishi lozim. Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
a) slaydlar soni (7 – 10 ta);
b) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
d) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
e) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak.
Ommaviy axborot vositalari .Ommaviy axborot vositalari janrlariga gazeta, jurnal, radio, televideniye, Internet va boshqalar kiradi. Shunga muvofiq ravishda OAV tili bu - matbuot, radio, telekorsatuvga xos bolgan tildir.Bunday til uslubi rasmiy va dolzarb xabarlar, axborotlar, e’lonlar, reportaj, intervyu, bosh maqolalardan iborat boladi. Ularda fikr kichik hajmdagi ommabop jumlalar orqali ifodalanadi. Zarur orinda asoslar keltiriladi. Shuning uchun ham rasmiy xabarlarda «muxbirimizning xabar berishicha, elchixona xodimining soziga kora, muxbirimiz voqea roy bergan joydan xabar qiladi ...» va hokazo iboralar qollanadi.OAVda faoliyat yurituvchilar asosan jurnalistlar, muxbirlar, reportyorlar, diktorlar, sharhlovchi va blogerlardir.Jurnalist — asosiy faoliyati jurnalistika bilan shug‘ullanish bo‘lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar haqidagi axborotni yig‘ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni axborot bilan to‘ldiruvchi kishi.Jurnalistlar, asosan, publitsistik faoliyatga yo‘nalgan bo‘lib, ular o‘z oldiga ma’lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek, nashr, radio yoki telekanal ta’sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va davlat o‘rtasidagi vositachi bo‘lishni maqsad qiladi.
Muxbir - (arab. - xabar beruvchi, xabarchi) — 1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy- axborot vositalarida muntazam ijodiy hamkorlik qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy- axborot vositalarida chiqish uyushtiruvchi gazeta, jurnal, radio, televideniye tahririyati xodimi.

Yüklə 108,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin