52. Mustaqillik davrida rasmiy-idoraviy uslubning rivojlanishi. Rasmiy uslub quyidagi turlarga bolinadi: Sof qonunchilik uslubi (qonun, farmon, fuqarolik va jinoiy aktlar, nizomlar uslubi).
Idoraviy –devonxona uslubi (buyruq, ariza, talabnoma, bildirgi, tavsifnoma, tarjimayi hol, ishonchnoma, dalolatnoma); diрlomatik uslub (nota, bayonotnoma, bitim, konvensiya va boshqalar).
Rasmiy uslub deyarli yozma shaklda royobga chiqadi. U har qanday tasviriy vositalardan, obrazlilikdan xoli boladi. Bunday uslubda tilning ikki vazifasi –axborot uzatish va da’vat etish, buyurish vazifasi amalga oshadi. Masalan, ma’lumotnomada axborot berilsa, buyruqda da’vat etish, axborot oz aksini topgan boladi.
Rasmiy uslubga mansub har qaysi turning oziga xos leksik, grammatik xususiyatlari mavjud. Masalan, qaror, farmonlarning oziga xos tomoni shundaki, bunday matnlardagi gaplarning kesimi III shaxs majhul nisbatidagi fe’llar orqali ifodalanadi (ogohlantirilsin, topshirilsin kabi). Ma’lumotnomada esa birinchi gapning kesimi gap boshida keladi.
Rasmiy ish qogozlarining sintaktik tuzilishi qat’iy qoliрlarga boysunadi. Masalan, «Ushbu ma’lumotnomani korsatuvchi G. Mominov haqiqatan ham Ozbekiston Milliy universitetining matematika fakultetida dekan orinbosari lavozimida ishlaydi...».
53. Nutqimizda uchraydigan uslubiy betaraf so‘zlarga misollar yozing. Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik fani doirasida qo‘llaniladi.
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’, bola, xat.