1. Tilning jamiyatda tutgan orni



Yüklə 108,91 Kb.
səhifə26/47
tarix11.04.2023
ölçüsü108,91 Kb.
#96196
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47
ona tili (1)

56. Taqdimot etikasi.
Taqdimot nutqi ilmiy va ommabop uslublarga xos bo‘lib, adabiy so‘zlashuv nutqi hisoblanadi. Bunday nutq adabiy til me’yorlariga rioya qilgan holda amalga oshiriladi. Ma’lumki, ma’ruza yoki taqdimot nutqi adabiy tilning og‘zaki shakli ko‘rinishida ro‘yobga chiqadi. Taqdimot yoki ma’ruzada nutq egasining maqsadi – muayyan bir axborotni tinglovchiga tugal, tushunarli va ta’sirli tarzda yetkazishdir. Buning uchun so‘zlovchiga faqat til qonun-qoidalarini bilishning o‘zi kifoya emas, balki notiqning nutq texnikasi yaxshi rivojlangan bo‘lishi kerak.
Ovoz - nutq texnikasining eng muhim elementi. So‘zlovchining ovozida quyidagi xususiyatlar bo‘lishi lozim:
jarangdorlik (tovushning tozaligi va tembrning yorqinligi);
- keng diapazonlik (ovozning eng pastlikdan eng yuqorigacha bo‘lgan darajasi);
havodorlik (erkin so‘zlaganda yaxshi eshituvchanlik);
ixchamlik, harakatchanlik;
chidamlilik (uzoq ishlash qobiliyatiga ega bo‘lish);
moslashuvchanlik (dinamik, tembr, melodikaning eshitilish sharoitiga moslasha olishi);
qarshi shovqinlarga nisbatan barqarorlik (xalaqit beruvchi shovqinga qarshi tembr va teksturaning o‘zgarib turishi);
Taqdimot jarayonida ko`rgazmali vositalardan foydalanish.
Multimediali taqdimot - bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Taqdimotning ma’lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o`zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir.
Ma`lumki, inson ma’lumotning ko‘p qismini ko‘rish (-80%) va eshitish
(-15%) organlari orqali qabul qiladi.
1.Taqdimotni umumiy bezash usulini tanlash;
2. Slaydlarning mazmuniy o‘lchamlarini tanlash;
3.Yangi slaydni va uning tarkibiy qismlarini qo‘shish;
4. Slayd hajmi va o‘lchamlarini tanlash;
5. Slaydlarga bezashda zarur bo‘lgan o`zgarishlar kiritish;
6. Slaydlarni ko‘rsatishda tovushli animatsiya jihatlarini yaratish.
Taqdimot quyidagi tavsiflarga ega bo‘lishi kerak:
a) slaydlar soni (7 – 10 ta);
b) slaydlarning mazmuniy o‘lchamlari;
d) birinchi slayd ishning mavzusi, obyekti, bajaruvchi to‘g’risida to‘liq ma’lumot berishi zarur;
e) oxirgi slayd ma’lumotlar manbalari tavsifiga bag’ishlangan bo‘lishi kerak.




Yüklə 108,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   47




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin