76. Til funksiyalari. Funksiya (lot. functio — bajarish, amalga oshirish) (tilshunoslikda) — muayyan til, til birligi, lisoniy shaklning u yoki bu vazifani bajarish qobiliyati; tilning kishilik jamiyatidagi roli, vazifasi; til tizimining barcha sathlarida uning birliklari oʻrtasidagi bogʻliqlik yoki munosabatlar. Tilning asosiy F.lari: kommunikativ (muomala, aloqa qilish F.si), bilish, aks ettirish, shakllantirish, aloqa oʻrnatish, nominativ (borlikdagi narsa va hodisalarni nomlash, atash), ekspressiv (ifoda, bayon F.si), apellyativ (murojaat, undash, daʼvat F.si) va boshqa Til F.lari qatorida uning sathiy F.lari — fonologik, morfologik va boshqa F.lari ham koʻrsatiladi. Funksional nuqtai nazardan til tizimi koʻp oʻlchovli tuzilma boʻlib, uning namoyon boʻlish shakllari (ogʻzaki va yozma til), ijtimoiy maqsadvazifasi (adabiy til, ijtimoiy guruxlar tillari, argo va boshqalar), estetik yunalganligi (poetik til) va boshqa jihatlari farklanadi. Til quyidagi funksiyalarni bajaradi
KOMMUNIKATIV funksiya;aloqa ,muomala qilish uchun xizmat qilish tilning eng muhim funksiyasidir. Kishilar til orqali bir –birlarini tushunadilar.bu tilning kommunikativ yani ijtimoiy funksiyasidir.
EKSPRESSIV YANI EMOTSIONAL FUNKSIYA;kishilar bir birlariga til yordamida ta’sir qiladi.His –hayajon ,istak, ruhiy kechinmalarni isxor etish vositasi. modal so’z,ritorik so’roq gap kabi vositala ekspressivlikni kuchaytiradi.
-AKKUMULATIV funksiya tilda to’plangan tajriba va bilimlarini kelajak avlodga yetkazish funksiya.
77. Rasmiy-idoraviy uslub hujjatlari. Adabiy tilning yozma rasmiy shakliga xos bo‘lib, muayyan nutqiy qolip, qat’iy odat tusiga kirib qolgan shakllarga ega bo‘lgan nutq uslubi rasmiy uslub sanaladi. Barcha qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qog‘ozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliblar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shunga ko‘ra; ma’lum qilamizki;...ni e’tiborga olib;...ga ko‘ra;...biz, quyida imzo chekuvchilar,...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) qoliplashgan so‘zlar va so‘z birikmalari keng qo‘llaniladi.
Bu uslub, shuningdek, davlat arboblari o‘rtasidagi diplomatik munosabatlarda, idora,korxona, muassasalarning rasmiy ish yuritish jarayonlarida, shaxslarning ariza, tilxat, ishonch qog‘ozi singari ish yuritish qog‘ozlarida qo‘llaniladí.