41. “Oila ustuni” mavzusida kichik matn tuzing.
Har bir oilaning otasi yoki bobosi u oilaning ustuni bo'ladi. Ularga qo'pol munosabatda bo'ldingizmi, oilangiz parchalanib ketish arafasida bo'ladi. Agarda siz ularga yaxshi munosabatda bo'lsangiz. Oilangizning ahilligi ham joyida bo'ladi va ham sizga hammaning havasi keladi. Shu ayol erini, qaynotasini hurmatini joyiga qo'yarkan, aytganlarini qilarkan deydi va men ham endi shu ayolga o'xshashni hoxlayman deb u ham yaxshi yo'lga kiradi.
42. Mutaxassis nutqining ilmiyligi, to‘g‘riligi, aniqligi, mantiqiyligi, sofligi. Insoniy madaniyatning asosiy tarkibiy qismlaridan biri nutqni tinglovchiga qulay tarzda yetkazish uchun so`zlarni tanlash madaniy nutq talabi yoki madaniy nutq fazilati hisoblanadi. Ma`lumki, nutq so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan shakllantirilgan matnning tashqi ko`rinishi. Aytilmoqchi bo`lgan maqsadning tinglovchi yoki kitobxonga to`liq yetib borishi, ma`lum bir ta`sir ko`rsatishiga yaxshi nutq deb aytishimiz mumkin. Nutq har tomonlama mukammal, to`liq bo`lishi uchun uning oldiga ma`lum talablar qo`yiladi va bu talablar nutqning asosiy xususiyatlari kommunikativ sifatlari yoki madaniy nutq mezonlari deb ataladi. Nutqning asosiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: nutqning to`g’riligi, aniqligi, mantiqiyligi, o`rinliligi, boyligi, sofligi va ta`sirchanligi.
• O`qituvchi nutqiy madaniyatining muhim belgilaridan biri o`z fikrini to`g’ri, mazmunli bayon qila olishidir. Adabiy tilning fonetik, orfoepik, leksiksemantik va grammatik me`yorlari talablariga to`la mos keladigan nutq to`g’ri nutqdir. Nutqning to`g’riligini belgilovchi omillar quyidagilardan iborat:
• 1. Nutqda adabiy til me`yorlariga to`la rioya qilish.
• 2. So`z va iboralarni to`g’ri talaffuz qilish.
• 3. So`z urg’usi va mantiqiy urg’uga e`tibor berish.
• 4. Intonatsiya (ohang) va pauza (to`xtam)ga diqqat qilish.
• 5. So`zlarning aytilishidagi tafovutlar (samimiy, kinoyali, norozi, o`ksinish, masxaralash, quvonch) anglay olish.
• 6. Sinonim va terminlarni to`g’ri qo`llay olish.
• 7. Sintaktik me`yor-gapni mantiqiy bog’lash va ega, kesim mosligiga e`tibor qaratish.
• 8. Frazeologizm (ibora) lardan oqilona foydalanish.
• 9. Grammatik me`yor gap tuzish qoidalariga rioya qilish, o`zak va qo`shimchalarni qo`shishda xatoga yo`l qo`ymaslik, kelishik qo`shimchalarini o`z o`rnida qo`llash.
Aniq nutq ham so`zlovchini maqsadga erishtiruvchi muhim vosita sanaladi. Aniq nutq tuza olish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
• 1. So`z ma`nosiga e`tibor berish.
• 2. Omonim, ko`p ma`noli so`zlarni qo’llay bilish.
• 3. Mantiqiy jihatdan voqelikka zid tushadigan so`zlarni aytmaslik.
• 4. So`zlar tartibiga rioya qilish (so`zlarni o`z o`rnida qo`llash)
• 5. So`zni to`g’ri tanlash.
• 6. Ixcham aniq, lo`nda jumlalar tuzish (sarlavha, rejalar).
Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:
Fikriy noaniqliklar quyidagi hollarda uchraydi:
• So`z ma`nosiga yetarli e`tibor bermaslik natijasida.
• Paronimlar ma`nosini bilmaslik natijasida.
• Mantiqiy jihatdan voqelikka zid bo`lgan tushuncha ifodalovchi so`zlarni yonma-yon ishlatish natijasida.
Sharq olimlari ham aniqlikni nutqning muhim fazilatlaridan biri deb ta`kidlaganlar. Aristotel “Agar nutq noaniq bo`lsa, u maqsadga yetishmaydi” deb aytgan . O`qituvchi nutqining aniqligi muhim fazilat sanaladi. Aniqlik ikki xil bo`ladi. Narsaning aniqligi mohir notiq o`zi fikr yuritmoqchi bo`lgan nutq predmetini yaxshi bilsa, unga mos so`zlar tanlansa tanlangan so`zlarni ma`nosiga mos vazifalar yuklasa ham nutq aniq tuzilgan hisoblanadi.
Nutqning mantiqiyligi to`g’rilik va aniqlik bilan chambarchas bog’liq. Nutqning mantiqiyligini quyidagi qoidalar ta`minlab beradi.
1. Eng avvalo so`zlar ma`nosini chuqur bilish.
2. So`z tartibiga rioya qilish.
3. Bir-biriga mos keladigan so`zlarni biriktirish.
4. Matndagi fikrlarning bir-biriga qarama-qarshi bo`lmasligi.
5. Bir xil ma`no ifodalalovchi so`zlarni pleonazmlarni (turli, ko`pincha) nutqqa ortiqcha kiritmaslik.
Mantiqiy nutq tafakkur bilan bog’liq. Shuning uchun ham mantiqiy nutqda eng avvalo so`z mazmuniga katta e`tibor beriladi.
Adabiy nutqning sofligiga putur yetkazuvchi unsurlarning asosiysi sifatida quyidagilarni alohida ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq:
• 1) shevaga xos so'z, ibora, grammatik shakllar, urg'u va talaffuz;
• 2) o'rinsiz qo'llangan chet so'z va so'z birikmalari (varvarizmlar);
• 3) jargon va argolar;
• 4) dag'al, haqorat so'z va iboralar (vulgarizmlar);
• 5) «ishlamaydigan» yoki parazit so'zlar;
• 6) idoraviy so'z va iboralar (kanselyarizmlar) va sh .k.