37. Nutq uslublari turlari. Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi. O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi- So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha – ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir.
2. Ilmiy uslub-Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir - suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm bo’ladi.Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar, shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub-Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi.
4. Ommabop (publitsistik) uslub-Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan, maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan, takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub-Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini yoymoqda. Badiiy uslubda qahramonlar nutqida oddiy nutq so’zlari, shеva, vulgarizmlardan ham foydalaniladi.