34. O ‘quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta’minotini . O'quv-tarbiya jarayonining axborot-metodik ta'minotini
O‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish malakalarini shakllantirish
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri, bu ta’lim jarayonlariga zamonaviy axborot va kommu - nikatsiya texnologiyalarini joriy etish bo‘lib, respublikamiz Prezidenti
I. A. Karimov bu masalada “...bugun hayotimizga chuqur kirib bora- yotgan internet tizimini keng joriy etish, yoshlarimizni O‘zbekistonning qadimiy va boy tarixi, ezgu qadriyatlarimiz, yuksak axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladigan milliy axborot resurslarini shakllantirish va rivojlantirish, bu borada o‘zbek tilining imkoniyatlaridan samarali foydalanish masalasi doimo e’tiborimiz markazida turishi lo- zim”ligini ta’kidlaydi.
Bunday vazifalarni bajarish «Kadrlar tayyorlash milliy modeli»ni amalga oshirishning bosqichlarida belgilab berilgan, uning kelajakdagi istiq boli Prezidentimiz tomonidan ilmiy asoslab berildi. Modelni ama- liyotga tatbiq etish o‘quv jarayonini texnologiyalashtirish bilan uzviy bog‘liqdir. Ilmiy texnikaviy taraqqiyot ishlab chiqarishning ko‘p sonli tarmoqlari bilan bir qatorda ta’lim sohasiga ham zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishni taqozo etmoqda. Shu bois, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da “o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari bilan ta’minlash“ zaruriyati e’tirof etildi, uning ikkinchi va uchinchi bosqichlarida bajariladigan jiddiy vazifalardan biri sifatida belgilandi.
Dostları ilə paylaş: |