2-topshiriq Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish, uning maqsadi va vazifalari Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ob’ektiv ravishda shartlanadi.
Ko‘plab iqtisodchilar iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solinishining
zarurligini faqat bozorning kamchiliklari, uning ko‘plab iqtisodiy muammolarni hal
eta olmaslik holati bilan izohlaydilar. Bu ma’lum ma’noda to‘g‘ri bo‘lsada, biroq,
iqtisodiyotga davlat ta’sirining ob’ektiv zarurligini eng avvalo ishlab chiqaruvchi
kuchlarning rivojlanishi bilan belgilanadi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga
solishning ob’ektiv asosi bo‘lib ham milliy iqtisodiyot darajasida, ham xalqaro
miqyosda ijtimoiy mehnat taqsimotining rivojlanishi negizida ishlab chiqarishning
umumlashuvi jarayoni xizmat qiladi .
Bu jarayon quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
chiqarishning ixtisoslashgan tarmoqlarining o‘zaro aloqasi va o‘zaro
bog‘liqligi yanada kuchayadi;
alohida xo‘jalik birliklarining mayda bo‘laklarga ajralib ketish holatlari
barham topadi;
ishlab chiqarishning yirik korxonalarda to‘planuvi jarayoni o‘sadi;
turli iqtisodiy mintaqalar o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar va faoliyat almashuvi
jadallashadi .
Ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasining oshishi bilan o‘zaro
muvofiqlashtirilgan holda xo‘jalik yuritish, takror ishlab chiqarish nisbatlarini ongli
ravishda tartibga solish, yirik ishlab chiqarish majmualari, yaxlit iqtisodiyotni
markazlashtirilgan holda boshqarishga ob’ektiv ehtiyoj paydo bo‘ladi. Shunga
ko‘ra, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish ishlab chiqarish
munosabatlarining har qanday tizimida ishlab chiqarish umumlashuvining ma’lum
darajasida ob’ektiv zaruriyatga aylanadi .
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish jamiyat a’zolarining ehtiyojlar
ini qondirish darajasinioshirishuchuncheklanganishlabchiqarishresurslaridanyanad
asamarali foydalanishni ta’minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga y
o’naltirilgan, ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo’yicha davla
atning faoliyati.
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning maqsadi iqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash, mavjud tuzumni mamlakat ichida va xalqaro maydonda
mustahkamlash hamda uni oz’garib turuvchi sharoitga moslashtirish hisoblanadi.
Davlatning iqtisodiy vazifalari bozor tizimining samarali amal qilishiga
imkon tug’diruvchi huquqiy asos va ijtimoiy muhitni ta;minlash;
Raqobatni himoya qilish; Daromad va boylikni qayta taqsimlash;
Resurslarni qayta taqsimlash;
Iqtisodiyotni barqarorlashtirishIqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning u sullari bevosita ta’sir qilish usullari; bilvosita ta’sir qilish usullari; tashqi iqtisodiy
usullar.
Bevosita usullar yaxlit takror ishlab chiqarish jarayoni yoki uning alohida
tomonlarini to’g’ridan to’g’ri,ma’muriy tartibga solish.
Masalan, iqtisodiyotning ayrim bo’g’inlari
transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish;narxlar va ish haqin i“muzlatib” qo’yish siyosati;
Ish bilan bandlik xizmati faoliyatini tashkil qilish;
iqtisodiysohanitartibgasolishniko’zda tutuvchiqonunlarniishlab chiqarish va qabul
qilish. Bilvosita usullar bunda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U
davlatning pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi.Pul kredit
siyosatining asosiy vositalari quyidagilardaniborat:hisob stavkasini tartibga solish;
moliya-kredit muassasalarining Markaziy bankdagi zahiralari minimal hajmini
o’rnatish va o’zgartirish;
davlat muassasalarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operasiyalari.