1. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori va avtomobil


Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish ko‘rsatish bozori va avtomobil transportining asosiy texnik-iqtsodiy ko‘rsatkichlari



Yüklə 302 Kb.
səhifə2/10
tarix19.06.2023
ölçüsü302 Kb.
#132802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TUROPEREYTING FANIDAN KURS ISHI YUSUPOV OTABEK

Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish ko‘rsatish bozori va avtomobil transportining asosiy texnik-iqtsodiy ko‘rsatkichlari

Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish ko‘rsatish bozori va avtomobil transportining asosiy texnik-iqsodiy ko‘rsatkichlarini nazariy jihatini yoritish uchun quyidagilarga e’tibor berilishi lozim.


Avtomobil transportida turistlarga xizmat ko‘rsatish va tashishni tashkil etish murakkab jarayon bo‘lib, u yuk yoki turistlarni bir yerdan ikkinchi joyga ko‘chirishda umum tashish texnologiyasi bilan bog‘liq izchil jarayon va operatsiyalar majmuidan iboratdir.


Avtomobillarda turistlar tashish qanday hududda bajarilishi, vazifasi va tashkil etish shakliga ko‘ra tasniflanadi.


Qanday hududda bajarilishiga ko‘ra: shaharlarda, shahar atrofida, qishloq hududlari ichida, shahar va viloyatlararo va xalqaro tashishlarga ajratiladi.


Vazifasiga ko‘ra: doimiy marshrutlarda, ekskursion, turistik, xizmat yuzasidan turistlar tashishlarga bo‘linadi.


Tashkil etish shakliga ko‘ra: marshrutlardagi, buyurtmali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va aralash tashishlarga bo‘linadi.



6


Tashish hajmiga ko‘ra yuk tashishni tashkil etishning quyidagi tamoyillari bo‘lishi mumkin: bir turli juda ko‘p hajmdagi yuklarni tashish; bir turdagi yuklarni nisbiy ko‘p miqdorda tashish; kam miqdorli yoki yuklarni yig‘ib tashish.

Avtotransport saroyi va mijozlarning o‘zaro munosabatlari belgilangan topshiriqni bajarishda o‘zaro manfaatdorlik asosida bo‘lishini ta’minlash, uni amalga oshirishda esa tashish rejasiga shartnomalar va ayrim kelishuvlarga tayangan holda bo‘lishi kerak. O‘z vaqtida tashishni bajarishlikka mijozlar va avtotransport saroylari barobar javobgardirlar.


Avtotransport korxonasi va mijozlarning o‘zaro munosabatlarini shartnoma orqali tartibga soliniladi. Shartnoma orqali ular aloqalari, tashish qatnashchilari, moliyaviy tartibni mustahkamlash kabilar belgilanadi. Tashishga belgilangan shartnoma ish hujjatlarining asosi bo‘lib, u joriy (yillik), kvartal va ildam (smena-sutkali) rejalar tuzish asosi hamdir.


Avtotransport saroyi bilan shartnoma tuzuvchi mijoz odatda yuk jo‘natuvchi, ba’zi hollarda esa yuk qabul etuvchi bo‘ladi. Yuk jo‘natuvchi bu tashkilot (korxona) yoki uning nomidan yuk jo‘natuvchi shaxs bo‘lishi mumkin.


Shartnoma yozma shaklda yoki bir marotabali talabnoma (zayavka) shaklida bo‘lishi mumkin. Keyingisi rejada belgilanmagan mijozga xizmat qilishda ishlatiladi va uning kuchi shartnomaga tenglashtiriladi.


Shartnomada quyidagilar ko‘rsatiladi:





  1. shartnoma tuzishda vakolatli tashkilot va uning javobgar shaxsi;




  1. tashish miqdori va yuk turlariga ko‘ra tashish harakteri ko‘rsatilgan shartnoma predmeti;




  1. tashishni bajarish sharti. Bunda tashish vaqti belgilangan reja, yukni berish tartibi, tashish masofasi, ortish-tushirish operatsiyalari bajaruvchi vositalar va ular ishlash tartibi, ekspeditsiya ishlari, talabnoma (zayavka) berish vaqti va uni rasmiylashtirish tartibi va h.k. bo‘ladi;




  1. kelishilayotgan tomonlar javobgarligi;

7

  1. bajarilgan ishga hisob-kitob vaqti va uni bajarish tartibi, shartnomaga ko‘ra da’voni ko‘rib chiqish tartibi; tomonlar adresi bankdagi hisob-kitob raqami, jarimalar va shunga o‘xshashlar.

Shartnomada belgilangan shartlar buzilib bajarishda tomonlar jarima va neustoyka to‘lash tartibi kabilar ko‘rsatiladi.

Tashish va yuklarni o‘z vaqtida yetkazib berish mijozlarni yuklarni jo‘natishga va qabul etishga bo‘lgan talablarni o‘z vaqtida, bajarilishi bilan chambarchas bog‘liq. Masalan, sabzavot mahsulotlarini qishloq xo‘jaligida ular saqlash joylariga va boshqa joylarga tashish yil faslining aniq vaqtida bajariladi. Bunday shartni bajarmaslik ularni buzilishiga olib kelib, tashishni maqsadsizlikga olib keladi. Tashishni o‘z vaqtida bajarish shartnomada yoki rejada belgilanadi.


Tashishni o‘z vaqtida bajarish yuklar harakteri bilan bog‘liq bo‘lib, u amalda yukni jo‘natish joyidan yetkazib berish joyiga sarflangan amaldagi vaqti bilan aniqlanadi. Bu vaqtda jo‘natish joyidagi ortishni kutish, ya’ni yuk qabul etilgandan jo‘natishgacha bo‘lgan vaqt va tushiriluvchi joydagi yuk egasiga topshirishga bo‘lgan kutish vaqtlari ham qo‘shiladi.


Yuklarni o‘z vaqtida tashish va ularni o‘z manziliga yetkazib berish transport ishi tashkilotchisi va mijozlar ish rejimlari to‘la muvofiqlashtirish asosida bajariladi.


Yuklarni manzillariga o‘z vaqtida yetkazib berish avtotransportni Ekspluatatsiya qilish nixoyatda zarur omili hisoblaniladi. Ayni vaqtni kamaytirish yuk egalar va boshqa mijozni uni qabul qilib olish operatsiyalari hamda ortish-tushirish ishlarini ratsional tashkil etish va TV harakat tezliklari bilan to‘la bog‘liqdir. Yuklarni manzillariga o‘z vaqtida yetkazib berishga transport tashkilotlari bilan birga mijozlar bir xilda aloqadordirlar. yetkazib berish vaqtlarini tejash uchun moddiy rag‘batlantirish lozim.

Yuk ular egalariga buziltirilmasdan, zaxmat yetkazmay va miqdoran kamaytirilmasdan yetkazilishi lozim. Avtotransport korxonalari tashish jarayonida yuklarni to‘la-to‘kis va sifatini pasaytirmay tashib berishga to‘la javob beradilar.



8


Mabodo yuklar qisman yoki to‘la miqdorda yo’qotilsa hamda ularning sifati buzilsa, yukni egasiga topshirishda akt (dalolatnoma) tuziladi.

Avtotransport saroyi mijozga amaldagi kamomadga yoki sifati buzilganligiga jarima to‘lashlari lozim. Bunday jarima miqdori tovar baxosini kamayishi yoki kamomadi miqdorida, ammo tovarning ko‘rsatilgan narxidan baland bo‘lmasligi kerak.


Tabiiy ofatlar yoki tashilayotgan yuk xususiyati bilan bog‘liq yoki ularni ortish-tushirish shartlari mijozlar tomonidan rioya qilinmaslik natijalaridagi kamomad, sifati pasayishiga transport tashkiloti javobgar emas.


Yuklarni tashishda qisman buzilishidan saqlash, ba’zida esa to‘la buzilishidan saqlash ularni transport vositasi kuzoviga to‘g‘ri joylashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi.



Yüklə 302 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin