1. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori va avtomobil


Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozorida faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitlari va raqobat muhitining nazariy asoslari



Yüklə 302 Kb.
səhifə3/10
tarix19.06.2023
ölçüsü302 Kb.
#132802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TUROPEREYTING FANIDAN KURS ISHI YUSUPOV OTABEK

2 Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozorida faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitlari va raqobat muhitining nazariy asoslari

Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozorida faoliyat ko‘rsatish shart-sharoitlari va raqobat muxiti quyidagi masalalarini o‘z ichiga qamrab oladi.


Yuk ko‘taruvchanligi yuqori bo‘lgan avtomobillarning va ko‘p o‘rinli avtobuslarning kundan-kunga ko‘payib borishi takomillashtirilgan qoplamali magistral yo‘llarni yanada keng sur’atlar bilan taraqqiy ettirishni taqozo etadi. Mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish rejalarida qattiq qoplamali va takomillashtirilgan yo‘l tarmoqlarini kengaytirishga katta ahamiyat berilmoqda.


Avtomobil transportida xizmat ko‘rsatish uchun yaxshi yo‘llar bo‘lishi lozim. Yo‘llar avtomobillarning uzluksiz, xavf-xatarsiz va maksimal harakat tezligi bilan va tejamli ishlashini ta’minlashi zarur.


Takomillashtirilgan yo‘llar qurish bilan birga mahalliy ahamiyatdagi yo‘l tarmoqlarini ham kengaytirish lozim. Bunday yo‘l shahobchalari tovar almashuvini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini va aholining madaniy hayot darajasini o‘stirishda katta ahamiyatga ega.



9


Avtomobillar va yo‘llarning tez yeyilishining oldini olish maqsadida yo‘l sharoitlarini hisobga oluvchi avtomobillar ishlab chiqarilishi lozim, magistral yo‘llarni qurishda esa hozirgi zamon tezyurar avtomobillarini nazarda tutish lozim, chunki bunday yo‘llar eng kam summar yo‘l Qarshiligini ta’minlash bilan birga harakat xavfsizligini ham ta’minlaydi.

Avtomobil transporti bilan turistlar tashishni tashkil etishda avtomobil yo‘llari va shahar aloqa yo‘llarining ahamiyati katta. Harakat xavfsizligi, turistlar qatnovi qulayligi, binobarin haydovchi va boshqa xodimlarning ish unumi bunday yo‘llarning takomillashganlik va jihozlanish darajasiga chambarchas bog‘liqdir. Avtotransport korxonalaridagi mehnat unumdorligi ko‘p jihatdan yo‘l sharoiti va uning holatiga bog‘liqdir.


Avtomobil yo‘llari va shahar aloqa yo‘llari murakkab muhandislik inshootlari kompleksi bo‘lib, ular transport vositalarining tez harakatlanishini va harakat xavfsizligini ta’minlashi lozim. Yo‘llar konstruktsiyasi va injenerlik inshootlari tarkibi ular uchun belgilangan harakat tezligi va jadalligi hamda mahaliy tabiat iqlim sharoitlari bilan uzluksiz bog‘liqdir. Yo‘l belgilari, signallar va harakatni tartibga soluvchi boshqa jihozlar yo‘llarning ajralmas qismi hisoblanadi.


Umum foydalaniladigan avtomobil yo‘llari mamlakatimizdagi viloyatlar, shahar, tuman markazlari, temir yo‘l bekatlari, aeroportlar, Amadaryo suv pristanlari va boshqa joylarni o‘zaro birlashtiradi.


O‘zbekiston Respublikasida bunday yo‘llar «O‘zavtoyo‘l» davlat kontserni tasarrufidadir. Umum foydalanish avtomobil yo‘llaridan tashqari har xil boshqarmalarga tegishli yo‘llar ham mavjud bo‘lib, ular sanoat korxonalari, qurilish, qishloq (suv) xo‘jaligi va boshqa korxonalar ichidagi ob’ektlarni birlashtirish uchun xizmat qiladi. Yo‘llarni tavsiflash uchun davlat va texnika tasniflari mavjuddir. Avtomobil yo‘llari davlat tasnifiga ko‘ra quyidagilarga bo‘linadi:





  1. umumdavlat ahamiyatidagi yo‘llar. Ular qo‘shni davlatlar markazlari, respublikamizdagi viloyatlar markazlari, yirik sanoat va madaniyat markazlarini

10


o‘zaro birlashtiradi. Bunday yo‘llar qatoriga yirik kurortlarga yeltuvchi yo‘llar ham kiradi;



  1. viloyat ahamiyatidagi yo‘llar. Bunday yo‘llar tuman markazlarini o‘zaro va ularni viloyat markazlari yoki umumdavlat ahamiyatdagi magistrallar, yirik temir yo‘l bekatlari, aeroportlar, suv pristanlari bilan o‘zaro birlashtirish uchun xizmat qiladi;




  1. mahalliy ahamiyatdagi yo‘llar. Bunday yo‘llar tarkibiga tuman ahamiyatidagi va xo‘jaliklar ichidagi barcha yo‘llar kiradi.

Turistlar tashuvchi transport vositalari harakati quyidagi sharoitlarda butunlay to‘xtatilishi yoki qisman chegaralanishi mumkin:


- harakatga xavf tug‘diruvchi hollarda yoki yo‘l-iqlim sharoiti keskin o‘zgarganida (vaqtincha);


- agar marshrutdagi yo‘l sharoitlari keskin yomonlashsa va harakat xavfsizligiga qaratilgan choralar ko‘rish imkoni bo‘lmasa hamda yo‘l sharoitlarini tekshiruv dalolatnomasida ko‘rsatilgan harakatga xavf tug‘diruvchi holatlar belgilangan muddatda bajarilmasa, butunlay to‘xtatiladi.


Yuk tashishni tashkil etish deyilganda yuklarni belgilangan joyga o‘z vaqtida va urintirmagan holda minimal pul va moddiy harajat bilan yetkazib berish bilan bog‘liq transport operatsiyalari tizimi tushiniladi.


Avtomobil transportida yuk tashish va uni rejalashtirish asoslari quyidagilardan iborat:

- xalq xo‘jaligi rejasi asosida joriy (yil, chorak, oy) va operativ (kun, smena) yuk tashish rejalari tuzish;


- mijozlar (yuk egalari) va avtomobil transporti korxonasi o‘rtasida shartnomalar tuzish;


-transport vositasining joylardagi ishini tashkil etish va uni boshqarish;


- bajariladigan ishlarni nazorat qilish, hisoblab borish va tahlil etish. Transport va ortish-tushirish vositalari yuklar xususiyatlariga va o‘z


navbatida yuklar ma’lum transport va ortish-tushirish vositalari talabalariga mos bo‘lishi talab etiladi.



11


  1. Transport bozori raqobat muhitida turistlarga samarali xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil transport vositalarini tanlash

Transport bozori raqobat muhitida turistlarga xizmat ko‘rsatuvchi avtomobil transport vositalarini tanlash deyilganda, avtomobil transporti saroyiga yuk va turistlar tashish harakteriga ko‘proq moslangan avtomobil (avtobus), yarim tirkamalar olish tushuniladi. Transport vositalarini tanlashda ularning yuqori samara bilan ishlashi uchun zarur texnik-ekspluatatsion va iqtisodiy jihatlarga e’tiborni qaratish lozim. Ayniqsa, yuklarni tashishda ular miqdori va sifatini kamaytirmasdan, tashish tannarxining iloji boricha arzon bo‘lishiga yerishish lozim.


Yuk avtomobilini tanlashda undan eng samarali foydalanishni nazarda tutish hamda qo‘yidagilarni hisobga olish lozim:



  • tanlanayotgan yuk avtomobilining tashiluvchi yuk turi va uning upakovkasiga mosligi;




  • yuk oqimi yoki yuk partiyasi miqdori (hajmi) harakteri, tarkibi va tashish masofasi;




  • har xil, ayniqsa alohida sharoitni talab etuvchi yuklarni tashishda avtomobillarni ishlatish yo‘l va iqlim sharoitlari;




  • ortish-tushirish operatsiyalarini bajarish usullari. Mexanizatsiyalashtirilgan usullarni qo‘llashda avtomobil yuk

ko‘taruvchanligining orti-tushirish vositalari turi va quvvatiga mosligi;





rivojlanishi;





  • yuklarni tashib berish muddati;




  • transport vositasining aniq sharoitlardagi ish unumi;




  • har xil turdagi transport vositalarini qo‘llashdagi tashish tannarxi. Avtomobillarni tanlashda ularning konstruktsiyasiga e’tibor berish muhim.

Bunda, bir tomondan, avtomobilning tortish-dinamik va iqtisodiy xususiyatlarini, ikkinchi tomondan, ayni kuzov turining tashiladigan yuk turi (upakovkasi),



12

solishtirma og‘irligi va gabaritlarini hisobga olgan holda tashish xususityalari inobatga olinishi lozim.

Samosval avtomobilini ishlatishda yukni tushirish jarayoni mexanizatsiyalashadi, o‘zi ortg‘ich avtomobillar (samapogruzchiklar) qo‘llanilishida esa yuklarni ortish va tushirish ishlarini mexanizatsiyalash hisobiga, bunday operatsiyada ishlovchilar mehnati yengillashtiriladi.


Samosval va o‘zi ortuvchi avtomobillardan foydalanishda uning ortish va tushirish operatsiyalarida turish vaktlarni keskin qisqarishi va tashish jarayonining o‘zida esa ko‘proq bo‘lishi hisobiga ular unumdorliklari anchaga oshadi.


Samosval yoki o‘zi ortg‘ich avtomobillarini qo‘llanilishi o‘rnatilgan ortg‘ich yoki samasval mexanizmlarining ayni bazadagi avtomobilga nisbatan yuk ko‘tarish qobiliyatini kamayishi hisobiga ular unumdorligini kamaytiradi. Demak, avtomobilning ortish va tushirish operatsiyasida turish vaqtini kamayishi hisobiga uning unumdorligi oshsa, yuk ko‘tarish qobiliyatini bir muncha kamayishi esa ularning unumdorligini kamaytiradi. Shuning uchun ham samosval yoki o‘zi ortuvchi avtomobillarni qayerda ishlatish maqsadga muvofiqligini aniq bilish lozim.


Tashish masofasi oshib borgan sari samosval va o‘zi ortuvchi avtomobillarni qo‘llash afzalligi kamayib boradi, chunki ularning yuk ko‘tarish qobiliyati, qo‘shimcha mexanizmlar o‘rnatilish hisobiga universal bortli avtomobildan bir muncha kam (masalan, samosval Kraz-256B yuk ko‘tarish qobiliyati 11t, bazali bortli Kraz-2257 avtomobilida esa 12t), o‘z navbatida umum tashish uchun sarflanuvchi vaqtdagi ortish va tushirish operatsiyasiga sarflanuvchi vaqt ulushi ham kamayadi. Yuqorida aytilganlarga ko‘ra, universal bortli avtomobil va samasval avtomobillarini ishlatishning shunday tashish masofasi borki, unda ular unumdorliklari o‘zaro teng bo‘ladi. Bunday masofani teng baholi masofa deb ataladi. Demak, universal bortli avtomobil va samasval yoki o‘zi ortuvchi avtomobillarni o‘rtasidagi tanlovni yuqorida keltirilgan teng baholi masofani aniqlashga qaratiladi.

13


  1. Transport vositalari unumdorligiga ta’sir etuvchi asosiy ekspluatatsion ko‘rsatkichlar

Har qanday uskuna yoki jihozning ish unumi deyilganda uning vaqt birligida ishlab chiqargan mahsuloti tushuniladi. Avtomobillar yuk va turistlarni ma’lum masofaga tashib berishini hisobga olinsa. Ularning ish unumi vaqt birligida tashilgan yuk va turistlar miqdoridan, ya’ni tonna (turist)-kilometrlarda o‘lchanuvchi transport ishidan iboratdir. Masalan, avtomobilning yuk bilan bir qatnovidagi yuk miqdorida o‘lchanuvchi ish unumi:






  1. Yüklə 302 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin