1. Turistlarga transport xizmati ko‘rsatish bozori va avtomobil


Turistlar tashishni tashkil etishni takomillashtirish



Yüklə 302 Kb.
səhifə5/10
tarix19.06.2023
ölçüsü302 Kb.
#132802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
TUROPEREYTING FANIDAN KURS ISHI YUSUPOV OTABEK

Turistlar tashishni tashkil etishni takomillashtirish Avtomobillarda turistlar tashish mamlakat umumtransport tizimining

ajralmas bir qismi bo‘lib, turist transportining boshqa turlari bilan bir qatorda turist tashish ishlari bilan shug‘ullanadi.


Transport turlaridan qat’i nazar turistlar tashishni tashkil etishda ularga umumiy talablar qo‘yilgan bo‘lib, unda turistlarni qisqa vaqt ichida manzillariga yetkazib qo‘yish, transport vositalarining butun marshrut davomida aniq harakati, transport vositalaridan yaxshi foydalanish, tashishni to‘la xavfsizlikbilan tashkil



25


etish, turistlarga yuqori madaniyat bilan xizmat etish, iloji boricha harajatlarni kamaytirish talablari qo‘yiladi.

Turistlarni ko‘plab tashuvchi transportning boshqa turlariga nisbatan turistlar tashuvchi avtomobil transportining bir qancha afzalliklari bor. Bunday afzalliklarga, eng avvalo, turistlar tashuvchi avtomobil transportining yuqori darajali manyovrchanligi, ya’ni turistlarni ish va yashash joylariga yaqinlashtirib yetkazib borish xususiyati, takomillashtirilgan va qattiq qoplamali yo‘llarda yer usti turistlar tashuvchi boshqa transportlarga nisbatan yuqori harakat tezligi.


Turistlar oqimi siyrak bo‘lgan 200-300 km marshrutlarda avtobus transportida temir yo‘l turist transportiga nisbatan kam harajat qilinishi bilan birga, turistlarga qulayliklar yaratiladi.


Avtobus transportining kamchiligi ish unumining shahar atrofidagi temir yo‘l turist transporti, tramvay va troleybuslarga nisbatan kichikligi hamda ishlatuvchi yoqilg‘ining qimmatligi bilan bog‘liq ekspluatatsion harajatlarning kattaligi va atrof-muhitni zaharli moddalar bilan nisbatan yuqori darajad ifloslantirishi va boshqalardan iborat.


Marshrut (yo‘nalish)lar tizimi deyilganda shahar, tuman yoki viloyat hududidagi turistlarni ko‘plab tashuvchi barcha turdagi marshrutlar yig‘indisi tushuniladi


Aholisi 250 mingdan ortiq bo‘lgan shaharlardagi turli turist transportlarini eng oqilona yondoshtirish maqsadida shahar turist transportining uzoq davrli (perspektiv, ya’ni 10-15 va undan ortiq yilda mo‘ljallangan) rejalari ishlab chiqilishi zarur. Bunday rejalar marshrutlar tizimini kompleks rivojlantirish masalalarini qamrab oladi.


Kompleks marshrut tizimi deyilganda barcha turdagi turist transporti ish marshrutlari va yengil taksi avtomobillarining to‘xtash bekatlari yig‘indisi tushuniladi.


Shahar, tuman yoki viloyat ichi turistlar tashish marshrutlari konfiguratsiyasi (joylashuvi) marshrutlar tarmog‘i deyiladi. Faqat avtobuslar qatnaydigan



26


marshrutlar konfiguratsiyasi avtobus marshrutlari tarmog‘i deyiladi. Boshqa tur turistlar transportining ham tegishlicha marshrut tarmoqlari bo‘ladi.

Shahar marshrutlari tizimiga qo‘yiladigan asosiy talablar: turistlar shahar chegarasi ichida bir qatnovda yoki bir transport vositasidan ikkinchisiga o‘tishi minimal miqdorda bo‘lishi; shahardagi barcha yo‘nalishlarida bir qatnovga minimal vaqt sarflash; transport vositalaridan samarali foydalanish, ya’ni butun marshrutlar tarmog‘i bo‘yicha transport vositalarining tekis to‘lib ishlashi va boshqalar.


Shahar turist transporti marshrutlari transport turlari (avtobus, tramvay, trolleybus, metro va h.k.), marshrutlar tarmog‘idagi harakat yo‘nalishlari, harakat tezligi va ish rejimlariga binoan tasniflanadi.


Avtobus marshruti deyilganda avtobus va marshrutli taksilarning boshlang‘ich va so‘nggi bekatlar oralig‘ida belgilangan harakat yo‘llari tushuniladi. Shahar avtobus marshrutlari shahar hududidagi harakat yo‘llariga binoan ajratiladi.


Diametrial marshrutlar shaharning bir chetini ikkinchi cheti bilan shahar markaziy hududlarini kesib o‘tib, shahar markazini chetlari bilan hamda shahar chetki hududlarini o‘zaro bog‘laydi.


Radial marshrutlar shahar chetidagi so‘nggi nuqtadan markaz tomon yo’nalgan bo‘ladi; bunday marshrutlar shahar chetlarini markaz bilan, chekka joylarni tuman markazlari yoki metro marshrutlari bilan bog‘laydi.


Yarim diametral marshrutlar shahardagi ikki tuman markazlarini o‘zaro bog‘laydi.


Halqasimon marshrutlar aylana yoki berk siniq chiziqdan iborat bo‘lib, shaharning o‘zaro aloqaga muhtoj tarqoq nuqtalarini birlashtiruvchi marshrutdir.


Tangentsial marshrutlar shaharning ayrim tumanlarini markazga kirmay o‘zaro bog‘laydi.


Aralash marshrutlar yuqorida keltirilgan marshrutlarning bir necha yelementlarini o‘z ichiga oladi.



27


Ishlash vaqtlariga ko‘ra marshrutlar doimiy va vaqtinchalik bo‘lishi mumkin. Doimiy marshrutlarda yil davomida va haftaning barcha kunlarida transport vositalari bir xil miqdorda qatnaydi. Vaqtinchalik marshrutlar esa muayyan mavsumda yoki zaruratga ko‘ra (masalan shanba va yakshanba kunlari dam olish uchun) tashkil qilinishi mumkin.

Odatda, har bir avtobus marshrutiga tartib raqami beriladi. Shahar marshrutlariga 1 dan 99 (yirik shaharlarda 199) gacha, shahar atrofi marshrutlariga 101 dan 199 gacha (201 dan 299 gacha) va shaharlararo marshrutlarga keyingi sonlar tartib raqamlari beriladi. Agar ekspress va tezlashtirilgan marshrutlar bo‘lsa, avtobuslar tartib raqamlariga «E» va «T», qisqatirilgan marshrutlarga esa «Q» harflari qo‘shiladi.


Avtobus marshrutlari harakati tashkil etishdagi turistlarga xizmat ko‘rsatish darajasi va transport vositalaridan foydalanish samaradorligini belgilovchi asosiy sifat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiradi: harakat tezrigi, harakat intervali, salon sig‘imining to‘lganlik koyeffitsiyenti, turistlar almashish koyeffitsiyenti va ularning o‘rtacha qatnov masofasi.


Harakat intervali deyilganda, marshrutdagi bekatlardan avtobuslarning ketma-ket o‘tish oraliq vaqti tushuniladi.


Harakat intervallariga ko‘ra avtobus marshrutlari serqatnov va siyrak qatnovli xillarga bo‘linadi. Harakat intervali 10-15 minutdan oshmaydigan marshrutlar serqatnov marshrutlarga kiradi.


Shahar va shahar atrofi marshrutlardagi turistlar oqimining alohida xususiyati shundan iboratki, bunday marshrutlarda yertalabki va kechki «tashish cho‘qqisi» soatlarida (1,5-2,0 soat mobaynida) harakatning serqatnovligi yanada oshirilishi, qolgan vaqlarda esa, kamaytirib, kechki «tashish cho‘qqisi» dan so‘ng esa marshrutlardagi avtobuslarni asta-sekin o‘z saroylariga qaytarish talab etiladi.


Avtobusning marshrutdagi boshlang‘ich punktdan to so‘ngi to‘xtov puktigacha bosib o‘tganyo‘li reys deb ataladi. Avtobausning marshrut bo‘yicha ikkala yo‘nalishdagi qatnovi, ya’ni uning boshlang‘ich punktdan so‘nggi punktgacha borib, yana boshlang‘ich punktga qaytishi aylanma reys deb ataladi.



28


Odatda, avtobuslar yo‘nalish davomida o‘z nominal sig‘imlariga nisbatan 1,3-1,6 marta ko‘proq turist tashiydi.

Avtobusda ishlovchi brigadalar mehnatini tashkil etishning bir qancha shakillari bor. Mehnatni tashkil etishning uchlangan shakli, ya’ni har bir avtobusga uch haydovchi biriktirilanda har kuni avtobusda ikki haydovchi ishlaydi. Har ikki kun ishlaganlaridan so‘ng, ular bir kun dam oladilar.Haydovchilar ishi bunday shaklda tashkil etilganda, bir oy 20 kun ishlab, 10 kun dam olinadi.


Mehnatni tashkil etishning bir yarimlik shaklida ikki haydovchi uchun ikki avtobus doimiy ishlash uchun biriktirilgan bo‘lib, uchinchi haydovchi ularning ikkalasini galma-gal almashtirib, ikkala avtobusda ham ishlaydi. Mehnatni bunday shaklda tashkil etishda ham har bir haydovchi ikki ish kunidan so‘ng bir kun dam oladi.


Mehnatni tashkil etishning ikki yarimlik shaklida har ikki avtobusda besh haydovri ishlaydi. Bunda ikki haydovchi faqat birinchi avtobusda, yana ikki haydovchi esa faqat ikkinchi avtobusga ishlaydi. Beshinchi haylovchi galma-gal har ikkala avtobusda ishlaydi. Har to‘rt ish kunidan so‘ng har bir haydovchi dam oladi.


Turistlar oboroti deyilganda turistlar tashish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘gan yoki bajarilgan transport ishi hajmi tushuniladi. Turistlar oboroti ko‘rsatkichi bajarilgan turist-kilometrlarda o‘lchanadi. Bajarilgan turistlar oboroti miqdori aholini serqatnovligi (yil davomida bir yashovchiga to‘g‘ri keluvchi transportdagi qatnovlar soni) va turistlar qatnovining o‘rtacha masofasi miqdoriga bog‘liqdir.


Turistlar oqimi deyilganda bir yo‘nalish bo‘yicha qatnayogan turistlar miqdori tushuniladi. Turistlar oqimi tushunchasi ham yuk oqimi tushunchasiga ham ohangdir. Turistlar oqimi ham yuk oqimi kabi yepyura va sxema shakllarida berilib, ma’lum marshrut bo‘lagi, marshrut va yo‘nalish, tumandagi turistlar tashish keskinligini bildiradi.



29


Passajrlar oqimini o‘rganishda barcha qatnovlar ikki guruhga bo‘linadi: ishlab chiqarish bilan bog‘liq va ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan turistlar oqimi.

Birinchi guruh qatnoviga ishga borib-qaytish, kun davomida ish bilan bog‘liq qatnovlar, o‘quvchi va talabalarning o‘quv yurtlarga qatnashi kiradi. Ikkinchi guruhga tomoshagohlar (teatr, kontsert, kino)ga, madaniy va ilmiy tashkilotlar (muzey, ko‘rgazmalar, kutubxonalar, stadionlar, dam olish bog‘lari)ga, do‘konlarga. Va maishiy xizmat tashkilotlari (shahar atrofida dam olish, kasalxona yoki poliklinika, bolalar bog‘chasi)ga borish bilan bog‘liq qatnovlar kiradi.


Shahardagi turistlar oboroti yil mavsumi, xafta kunlari, sutka soatlari va yo‘nalishlar bo‘yicha o‘zgaruvchanligi bilan harakterlidir. Mavsumiy o‘zgaruvchanlik ayniqsa kurort shaharlar va yirik madaniy markazlar uchun harakterli va ularda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bunda turistlarning eng ko‘p miqdori yoz oylariga to‘g‘ri keladi.


Xafta kunlaridagi eng ko‘p turistlar miqdori dam olish, bayram va bayram oldi kunlari bilan bog‘liq bo‘ladi.


Turistlar oborotining o‘zgaruvchanligi o‘zgaruvchanlik koyeffitsiyenti bilan aniqlanadi va u turistlar oborotining maksimal miqdorini uning o‘rtacha miqdoriga bo‘lish orqali topiladi: Rmax Ro‘rt.


Yirik shaharlarda turistlar oborotining notekisligi avtobus transportida taxminan: yil davomida oylar bo‘yicha 1,15-1,20; sutka soatlari bo‘yicha 1,5-2,0 va yo‘nalishlar bo‘yicha 1,2-1,5 ga tengdir.


Sanoati rivojlangan shaharlarda turistlar transporti uchun yirik sanoat korxonalari bor joylar atrofida aholi mavzelari borligining ahamiyati katta. Bunday mavzelarning borligi ishlab chiqarish bilan bog‘liq turistlar qatnovini kamaytirsa. Madaniy-maishiy va uy-ro‘zg‘or bilan bog‘liq qatnovlar ko‘paytiradi. Binobarin, turistlar oqimi konfiguratsiya sutka soatlarida keskin o‘zgarib turadi. Ayniqsa, bu narsa sport musobaqalari va xalq sayli kunlari sezilarli darajada bo‘ladi.


Anketa to‘ldirish orqali tekshirish o‘tkazish uncha murakkab bo‘lmasa-da, to‘ldirilgan anketalarni ishlab chiqish va zarur ko‘rsatkichlarni olish ancha



30


murakkab va mashaqqatlidir, chunki anketalarni turli belgilarga qarab guruhlash va ularni bosqichma-bosqich ishlab chiqish zarur bo‘ladi. Talon usulida tadqiqot o‘tkazishda transport vositasiga o‘tiruvchi barcha turistlarga maxsus talon beriladi va turist mazkur talonni transport vositasidan tushishda hisob o‘tkazuvchiga berib ketadi. Turistlar oqimini o‘rganish anketasi namunasi 6.2-jadvalda keltirilgan.

6.2-jadval





Yüklə 302 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin