Turistlar oqimini o‘rganish anketasi namunasi
Shaharning nomi__________________________________________
Sana ____________________________________________________
Hafta kuni ______________________________________________
Savol
|
Javob
|
|
Shifr
|
1
|
2
|
|
3
|
Siz ishga yoki o‘qishga borishda
|
Dehqon bozori orqali
|
7s
|
|
transportga qaysi bekatdan qaysi
|
20 min.
|
|
|
vaqtda chiqasiz?
|
|
|
|
Transportning turi va marshrut
|
Avtobus № 35,46,53
|
|
|
raqami
|
|
|
|
Uydan avtobus bekatigacha etib
|
0 s.07 min.
|
|
|
kelishga sarflangan vaqtingiz
|
|
|
|
Yuqoridagi savolning o‘zi, agar
|
-
|
|
-
|
2-marta boshqa transportga
|
|
|
|
o‘tsangiz
|
|
|
|
Agar umumfoydalanish
|
Tagini chizing: Piyoda
|
|
|
transportidan foydalanmasangiz,
|
borish, velosiped, yengil
|
|
ishga borish usulingiz va uning
|
avtomobil , xizmat
|
|
|
vaqtini ko‘rsating
|
avtobusi
|
|
|
Hafta ichida transportda ish
|
qatnovlar soni-4 Transport
|
|
bilan bog‘liq bo‘lmagan
|
turi Avtobus
|
|
|
qatnovlaringiz soni.
|
|
|
|
Transportning turi
|
|
|
|
Turist transporti ishini
|
35,46 va 53 avtobuslar
|
|
|
takomillashtirishga qaratilgan
|
qatnovi muntazamligini
|
|
Sizning taklifingiz
|
oshirish
|
|
|
Turistlar oqimini hisob-natura (jadval) usuli bilan tekshirishda marshrut bo‘laklari ichidagi barcha qatnovlar soni jadval shaklida yozib boriladi. Bunday usul bilan tekshiruvni yalpisiga, tanlab yoki bir marotaba o‘tkazish mumkin.
Ko‘z bilan qarab sanash orqali tekshiruv o‘tkazishda ma’lum salohiyatli nazoratchi (hisobchi)lar belgilangan harakat marshrutining turistlar ko‘p almashinadigan va to‘xtash joylarida oldindan ishlab chiqilgan haritalarni to‘ldiriladilar.
Shahar mikrotumanlari yoki yirik transport uzellaridagi katta turistlar oqimi turist yo‘llari yoki marshrutlarini tashkil etish asosi bo‘lib, ular birgalikda shahar transport tarmog‘ini tashkil etadi.
Mavjud yirik shaharlarda turistlarga xizmat qiluvchi shahar transporti turlari (metro, tramvay, troleybus va avtobus) ichida eng ko‘p tarqalgani avtobus transportidir.
Turistlar tashuvchi transportlarning u yoki bu turini qo‘llash, eng avvalo, uning tashish xususiyati, boshlang‘ich kapital harajatlar miqdori va tashish tannarxiga bog‘liqdir. Yirik shaharlarda turistlar tashish transportining barcha turlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda ular ishini muvofiqlashtirish va tashish ishlarini ularning texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ko‘ra taqsimlash lozim bo‘ladi.
Texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlariga ko‘ra turistlar transporti har qaysi turining eng oqilona ishlatilish joylari bor.
Juda katta quvvatli turistlar oqimi mavjud bo‘lganida, ayniqsa, markaziy joylarda yer usti transporti ishini yengillashtirishda metroning xizmati beqiyosdir; metroning bir yo‘nalishi soatiga 50-60 ming kishilik turistlar oqimiga xizmat qila oladi.
Tramvay muhim ahamiyatli, katta quvvatli turistlar oqimiga xizmat qiladi; metro yo‘nalishining davomi sifatida shahar tumanlarini shahar atrofi bilan bog‘lashda ko‘pincha tramvaydan foydalaniladi; bir tramvay yo‘li, undagi vagonlar soniga ko‘ra, soatiga 15-18 ming turistlarga xizmat qila oladi. Sutkasiga kamida 5
minglik turistlar oqimi bo‘lgandagina tramvay yo‘llarini ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Trolleybus turistlar oqimi kam bo‘lmagan hollarda tramvayni shaharning asosiy yo‘nalishlarida almashtirishda hamda shaharni uning atrofi bilan birlashtirishda qo‘llaniladi; bir trolleybus yo‘li soatiga 5-9 minglik turistlar oqimiga xizmat etishi mumkin. Turli xildagi shahar turist transportining asosiy texnik-ekspluatatsion ko‘rsatkichlari tahlili 6.3-jadvalda keltirilgan.
6.3-jadval
Dostları ilə paylaş: |