ilg‘or metodikalari, maktab, oila va madaniy muassalalarning o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatiga asoslangan holda tashkil etilishi lozim. O‘quvchilar bilan oilada, darsdan, sinfdan va maktabdan tashqari
ishlarni tashkil etish metodikasi;
oila, sinf va maktabdagi o‘quv faoliyati natijalarini integral diagnostika
qilish;
milliy pedagogik merosdan samarali foydalanish, innovatsion ta’lim
texnologiyalarni amalda qo‘llay bilish malakalariga ega bo‘lish;
mazkur fanlar darslarida hamkorlik pedagogikasi imkoniyatlaridan
foydalanish;
o‘quvchilar faoliyati natijalarini baholash, tahlil etish va prognozlash;
darslarda o‘quvchilarning individual xususiyatlari, yoshi, bilim darajasi,
dunyoqarashi, qiziqishlari, qobiliyatlari, motivatsiya va ruhiy holatlarini
hisobga olish;
kreativ, ilg‘or pedagogik texnologiyalari va o‘qitish metodlaridan
foydalanish orqali fanning maqsadiga va o‘qitishda natijaviyligiga erishish.
6.4. Musiqa madaniyati fani bo‘yicha o‘quv dasturlari malaka talablari va ilg‘or tajribalarni hisobga olgan holda ishlab chiqilishi lozim. 6.5. Musiqa madaniyati fani bo‘yicha darsliklarni ishlab chiqishga qo‘yiladigan talablar: barcha paragraflarda mavzuga mos matn, illyustratsiyalar, savollar,
topshiriqlar va mashqlar bo‘lishi. Ular turli tuzilish va murakkablik darajasiga
ega bo‘lishi;
savollar bilimlarni rivojlantirishi, yangi mavzuni o‘rganish uchun zarur
bo‘lgan mavjud faoliyat tajribasiga asoslanishi;
tinglash faoliyati uchun berilgan kuy
qo‘shiqlar o‘quvchilarning
psixofiziologik
xususiyatlariga va berilayotgan mavzuga mos bo‘lishi lozim.
Лойиҳа