Yuz ichida qo‘shish va ayirish amallari. Yuz ichida qo‘shish va
ayirish. Yuz ichida y
ig‘indini va ayirmani topishga doir matnli masalalar.
Geometrik shakllar va o’lchashlarga doir masalalar. I bo‘lim. YUZ ICHIDA SONLARNI QO‘SHISH (20 soat) Sonlar nuri tushunchasi. Sonlar nuri modelini tuzish. Sonlar nurida
sonlarning joylashuvi.
Ikki xonali sonlar . Ikki xonali sonning birliklari va o‘nliklari. Ikki xonali
sonni xona qo’shiluvchilari yig’indisi shaklida tasvirlash.
Yuz ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish usullari. Yuz ichida
xonadan o‘tib qo‘shish usullari. Sonni yig‘indiga qo‘shish va yig’indiga sonni
qo’shish.
Yuz ichida ikki xonali sonlarni ustun shaklida qo‘shish.Sonlarni
ustun shaklida xonadan o‘tib qo‘shish (64+26, 29+37 kabi misollar).
Qo’shishga doir tarkibli masalalar. Qo’shish amalining tarkibiy
qismlari: 1-
qo’shiluvchi, 2-qo’shiluvchi va yig’indi. Noma’lum yig’indini
topishga doir (tarkibli) masalalar.
II bo‘lim. YUZ ICHIDA SONLARNI AYIRISH (20 soat) Yuz ichida sonlarni xonadan o‘tib ayirish usullari. Yuz ichida
xonadan
o‘tib ayirish usullari. Sondan yig‘indini ayirish va yig’indidan sonni
ayirish.
Sonlarni ayirishning ustun shakli. Yuz ichida sonlarni xonadan o‘tib
ayirishning ustun shakli, Hol bilan tugaydigan (yaxlit) sondan ikki xonali
sonni ayirish.
Ayirishga doir tarkibli masalalar. Ayirish amalining tarkibiy qismlari: kamayuvchi, ayriluvchi va ayirma. Noma’lum kamayuvchi, ayriluvchi yoki
ayirmani topishga doir (tarkibli) masalalar. Noma’lum qo’shiluvchini topish.
Ayirish va qo‘shishga doir tarkibli masalalarni yechish.
Qo‘shish va ayirish amali natijalarini tekshirish. Qo‘shish natijasi -
yig’indini ayirish bilan, ayirish natijasi - ayirmani qo‘shish bilan tekshirish.