Birinchi muammoga to’xtaladigan bo’lsak, yuqoridagi vaziyatda fuqaro Qodirov va “Magistral” MCHJ o’rtasidagi oldi-sotdi shartnomasi tuzilishida bitimning oddiy yozma shakliga murojaat qilinshi kerak. Bu haqda amaladagi qonunchilikka tayanib so’z yuritadigan bo’lak, O’zbekiston Respublikasi “Fuqarolik kodeksi” 108-moddasi 1-bandiga ko’ra jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasida tuziladigan bitimlar oddiy yozma shaklda yozilgan bo’lishi kerak. Demak, ushbu vaziyatda oldi-sotdi shartnomasini tuzuvchilardan bir taraf yuridik shaxs bo’lganligi bois ushbu bitim oddiy yozma shaklda yozilishi kerak.
Ikkinchi muammoga e’tibor beradigan bo’lsak, amaldagi O’zbekiston Respublikasi “Fuqaolik kodeksi” binonan bitimlar asosan ikki turga bo’linadi: og’zaki va oddiy yozma shakldagi. Ushbu qonunning 106-moddasiga binoan, qonunchilikda yoki taraflarning kelishuvida yozma shakl belgilab qo‘yilmagan, jumladan u tuzilayotgan vaqtning o‘zidayoq bajariladigan bitim og‘zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xatti-harakatidan uning bitim tuzishga bo‘lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim tuzilgan hisoblanadi.
Endi bitimning oddiy yozma shakliga to’xtaladigan bo’lsak, ushbu qonunning 108-moddasiga ko’ra, notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi:
1) yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan bitimlari;
2) fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qat’i nazar, boshqa bitimlar.
Demak, yuridik shaxslar o’zaro yoki bir yuridik shaxs jismoniy shaxs bilan bitim tuzmoqchi bo’lganida bitimning oddiy yozma shaklidan foydalaniladi shuningdek. fuqarolar o’rtasida BHMning o’n barobari miqdoridagi bitimlar tuzish uchun ham bitimning oddiy yozma shaklidan foydalaniladi. Masalan, BHMni 300ming so’m deb hisoblasak, jismoniy shaxslar, umuman fuqarolar 3 million so’m yoki undan ko’p miqdordagi bitimlar tuzish uchun bitimning oddiy yozma shaklidan foydalanadilar.
Yuqoridagi Navoiy shahar UYA-69 rahbarining gaplaridan xulosa qiladigan bo’lsak, “magistral” MJCH muassisi jazoni o’tayotgan fuqaro Qodirov bilan bitim imzolay olmasligini va Qodirov jazoni o’tab bo’lgandan keyin, yani ozodlika chiqqanidagini notarial idorga borib, bitimni rasmiylashtirishlarini, ishonchnoma berish uchun esa notarial idoraga murojaat qilishi kerakligini aytgan. Ammo amaldagi qonunchilikka murojaat qiladigan bo’lsak, tomonlar ushbu vaziyatda ishnchnoma orqali bitimni ramiylashtirishlari mumkin. Ishonchnoma uchun esa notarial idora shart emas. Bu haqida “Fuqaolik kodeksi” 136-moddasi 3-bandida shunday deyilgan:
“Ozodlikdan mahrum qilish joylarida bo‘lgan yoki qamoqda saqlanayotgan shaxslarning tegishli muassasalar boshliqlari tomonidan tasdiqlangan ishonchnomalari, avtomototransport vositalarini boshqarish va tasarruf etish haqidagi ishonchnomalar bundan mustasno”.
Umuman olganda qanday hollarda ishonchnomani notarial idoraga bormasdan ham tasdaqlasa bo’ladi? Bu holat amaldagi qonunchiligimizda alohida moddalar bilan belgilab o’tilgan. Ya’ni “Fuqarolik kodeksi” 136-moddasida keltirilishicha ushbu hollarda ishonchnomalar notarial tasdiqlangan ishonchnoma hisoblanadi:
Dostları ilə paylaş: |