Ruls(qonunlar):Fuqarolik kodeksi, Applicationb(asosiy qisim): Berilgan kazusdagi birinchi muammoli vaziyatga ,,Fuqarolik kodeksi”dan yechim beramiz, bu yerda bitmlarning 108-modda. Bitimning oddiy yozma shakli Notarial tasdiqlanishi talab etiladigan bitimlardan tashqari, quyidagi bitimlar oddiy yozma shaklda tuziladi:1) yuridik shaxslarning o‘zaro va fuqarolar bilan bitimlari;
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 16, 39-moddalari. Oldingi tahrirga qarang. 2) fuqarolar o‘rtasidagi belgilangan bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan ortiq summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa — bitim summasidan qat’i nazar, boshqa bitimlar. (108-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son)Ushbu Kodeksning 106-moddasiga muvofiq og‘zaki tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimlar uchun oddiy yozma shaklga rioya etish talab qilinmaydi. Shuningdek 109-modda. Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik oqibatlari Bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko‘rsatuvlari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi. Taraflar bitimning tuzilganligini, mazmuni yoki bajarilganligini yozma yoki boshqa dalillar bilan tasdiqlashga haqlidirlar. Qonunda yoki taraflarning kelishuvida to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatilgan hollarda bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning haqiqiy emasligiga olib keladi. LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 101, 105, 108, 114, 115-moddalari, 271-moddasining beshinchi qismi, 292-moddasi, 504-moddasining uchinchi, to‘rtinchi qismlari, 574-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 733-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, 745-moddasi, 761-moddasining uchinchi qismi, 774-moddasi, 854-moddasining birinchi, uchinchi qismlari, 927-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 24.09.1999-yildagi “Fuqarolik kodeksini tatbiq qilishda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar to‘g‘risida”gi 16-son qarorining 21-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining Plenumining 04.03.2002-yildagi “O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar Faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunini iqtisodiy sudlar amaliyotida qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 103-son qarorining 3-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining 28.11.2014-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan bitimlarni haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 269-son qarorining 10-bandi. Ushbu moddalardan kelib chiqib shartnoma haqiqiyligini bilib olishimiz mumkin da’vo muddatiga kelsak ,,Fuqarolik kodeksida” 150-modda. Umumiy da’vo muddatiUmumiy da’vo muddati — uch yil. Lekib bu kazusda sudya tomomidan kelib tushgan ariza qanoatlantirilayaptichinki 153-modda. Da’vo muddatini qo‘llash Buzilgan huquqni himoya qilish talabi da’vo muddatining o‘tganligidan qat’i nazar, sudda ko‘rib chiqish uchun qabul qilinadi.Da’vo muddati sud tomonidan faqat nizodagi tarafning sud qaror chiqargunicha bergan arizasiga muvofiq qo‘llanadi. Qo‘llanish to‘g‘risida nizodagi taraf bayon qilgan da’vo muddatining o‘tishi sudning da’voni rad etish haqida qaror chiqarishi uchun asos bo‘ladi.
LexUZ sharhi Qarang: mazkur Kodeksning 145 — 152, 154 — 163-moddalari. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Xo‘jalik sudi Plenumining 19.06.2015-yildagi “Iqtisodiy sudlar tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining da’vo muddatiga oid normalarini qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi 282-sonli qarorining 7 — 10-bandlari, Oliy Sud Plenumining 24.09.2004-yildagi “Yakka tartibda qurilgan uyga bo‘lgan mulk huquqi bilan bog‘liq nizolar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 14-son qarori 22-bandining ikkinchi xatboshisi. LexUZ sharhi