3.Ushbu vaziyatda Donyor nima qilishi kerak?Umuman qanday bitimlar og’zaki shaklda tuzilishi mumkin Ushbu kazusga yechim berishda quyidagi qonunlardan foydalanamiz:
O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 1-qism(39;106;107;108-moddalari)
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to’risidagi qonun(1;10-moddalar)
Ushbu kazusga javob yozishdan oldin bitim va oldi sotti shartnomasi va yuridik shaxs haqida qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Bitimlar deganda jismoniy va yuridik shaxslarning ular tomonidan fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini o’rnatish,o’zgartirish va bekor qilishga maqsadida amalga oshiriladigan harakat tushuniladi.Bitimlar bir taraflama va ikki taraflama bo’lishi mumkin.
Oldi-sotti shartnomasi bu haq baravariga tuziladigan shartnoma hisoblanadi.Bunda har doim sotuvchi topshiradigan mol-mulk evaziga sotib oluvchi muayyan miqdorda pul bilan belgilangan haq to’laydi.Oldi-sotti shartnomasi konsessual shartnomalar guruhiga kiradi.SHuni ham ta’kidlab o’tishim lozimki,har qanday bitim shartnoma bo’lishi mumkin,lekin har qanday shartnoma bitim bo’la olmaydi.
Birinchidan,Korzinka MCHJ yuridik shaxs hisoblanadimi? Ha, Korzinka MCHJ ham yuridik shaxs hisoblanadi.CHunki Fuqarolik kodeksining 39-moddasida o’z mulkida ,xo’jalik yuritishda yoki operativ boshqaruvda alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan ,o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan ,majburiyatlarni bajara oladigan ,sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Yuridik shaxslar mustaqil balans yoki smetaga ega bo’lishlari kerak deyilgan.Korzinka MCHJ ham yuqorida sanab o’tilgan belgilarga ega bo’lganligi sababli yuridik shaxs hisoblanadi.