Pedagogika fanining bosh maqsadi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini ilmiy metodik jihatdan qurollantirish
8. “Al-hosil, tarbiya bizlar uchun-yo hayot yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir”, ushbu fikr muallifi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A.Avloniy
9. Pedagogika fanining asosiy tushuncha (kategoriya)lari qaysilar?
Shaxs, bilim, ko’nikma, malaka, tarbiya, ta’lim, ma’lumot, rivojlanish
10. A.Avloniy “Turkiy Guliston yoxud axloq” asarida pedagogika faniga qanday ta’rif bergan?
“Pedagogiya – ya’ni bola tarbiyasining fani demakdir”
11. «Avesto» so’zining lug’aviy ma’nosi nima?
Qat’iy qonunlar
12. Ta’lim mazmuniga nimalar kiradi?
O’quv rejasi, dastur, darslik, qo’llanma
13. “Bilim takrorlash va qaytarish mevasidir”, ushbu fikr muallifi kim?
A.R.Beruniy
14. Pedagogika fanining bosh maqsadi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
Shaxsni har tomonlama rivojlantirishga yo’naltirilgan ta’lim-tarbiya tizimini ilmiy metodik jihatdan qurollantirish
15. Pedagogika tarixida birinchi ilmiy asar qachon va kim tomonidan yozilgan?
Yan Amos Komenskiy 1632 yil “Buyuk Didaktika
16. Bilimga ta’rif bering?
Odamlarning ijtimoiy tarixiy amaliyoti jarayonida to’plangan,
umumlashgan tajribasidir
17. Pedagogika faniga berilgan quyidagi ta’riflardan qaysi biri to’g’ri deb hisoblaysiz?
Pedagogika uzluksiz ta’lim – tarbiya tizimining nazariy asoslarini va prinsiplarini, ta’lim – tarbiya jarayonida inson shaxsini rivojlantirish, shakllantirishning mohiyati, qonuniyatlari haqidagi fan
18.Ta’lim tamoyillari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
. Ta’limda onglilik, faollik, mustaqillilik qoidasi, ta’limning ilmiy, izchil, muntazam bo’lish qoidasi, nazariya bilan amaliyotning birligi qoidasi
Dostları ilə paylaş: |