1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Tovush o‘zgarishlari turida kombinator o‘zgarish turi mavjud. Shu hakidagi tushunchangizni bayon eting



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə10/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163
VARIANT 2023

Tovush o‘zgarishlari turida kombinator o‘zgarish turi mavjud. Shu hakidagi tushunchangizni bayon eting.

Tayanch so`zlar: assimiliyatsiya, dissimiliyatsiya. - 20 ball
Nutq jarayonida tovushlar turli o’zgarishlarga uchraydi (ketdi-ketti, nonvoy-novvoy). Bunga fonemalarning turli ottenkalarda (variantlarda) namoyon bo’lishi sabab bo’ladi. ular dastlab ikkiga bo’linadi:
1. Kombinator o’zgarishlar – nutq jarayonida tovushlarning bir-biriga ta’siri natijasida ro’y beradigan o’zgarishlardir. Bunga assimiliyasiya, dissimilyasiya, akkomodatsiya, gaplologiya, sinerezis, eliziya kabi hodisalar kiradi.
2. Pozitsion o’zgarishlar – tovushlarning talaffuziga ularning so’zda tutgan o’rni, o’rg’uning ta’siri kabilarning sabab bo’lishi hodisasidir. Bunga reduksiya, proteza, epenteza, epiteza, prokopa, sinkopa, apokopa, metateza kabi hodisalar kiradi. Bu hodisalar fonetik jarayonda yakka va aralash holda ishtirok etishi mumkin.
Turkiy tillarning barchasi, jumladan, o’zbek tili uchun ham singarmonizm hodisasi xarakterli sanaladi. Ayniqsa, o’zbek tilining tarixiy bosqichlarida singarmonizm keng tarqalgan edi. Hozirgi o’zbek adabiy tili va unga asos bo’lgan shevalarda singarmonizm zaiflashib bormoqda, lekin qipchoq va o’g’o’z lahjalariga oid shevalarda bu hodisa hali ham mustahkam o’rin egallaydi. Singarmonizm – sin – o’xshash, xarmoni ohang (lotincha) so’zlaridan olingan bo’lib, tovushlar ohangdoshligi degan ma’noni ifodalaydi. Singarmonizm deyilganda tovushlarning bir-birniga uyg’unlashuvi tushuniladi. Tovushlarning uyg’unlashuvi unli va undosh tovushlarda kuzatiladi. (unli tovushlar un) So’z o’zagidagi unli tovushlar qo’shimchalardagi unli tovushlarni o’ziga moslashtirsa unlilar uyg’unligi deyiladi. Bular 2 xil bo’ladi: 1) tanglay singarmonizm; 2) lab singarmonizmi.
a) tanglay uyg’unligida unlilar qattiq va yumshoqlik, til oldi va til orqalik jihatidan moslashadi. Masalan: ketamiz, temirchilik; umrum, uyqum. Boshidagi ikki so’zda til oldi, keyingi so’zlarda esa til orqa unlilarining moslashuvi bor.
b) lab uyg’unligida so’zning birinchi bo’g’inida u va o’ lablangan unlilari kelsa, keyingi bo’g’inlarda ham lablangan unlilar keladi: ko’rib - ko’rub.
Undoshlar uyg’unligida o’zakning oxiridagi undosh tovushga, qo’shimchaning boshidagi undosh tovush moslashadi: boshta(da), o’tka(ga).
Assimilyasiya – ikki xil noo’xshash tovushlarning bir-biriga ta’siri tufayli o’xshash tovushlarga aylanish hodisasidir. Uning quyidagi turlari bor:

  1. Progressiv assimilyasiya – bunda oldin kelgan tovush ta’sir etib, keyingi tovushni o’ziga o’xshatadi: ketdi – ketti, aytdi – aytti.


  2. Regrissiv assimilyasiya – bunda keyingi tovush oldingi tovushga ta’sir etadi va o’ziga moslashtiradi: karnay – kannay, tuzsin – tussin.


  3. To’liq assimilyasiya – bunda tovushlar bir-biriga aynan moslashadi: nonvoy – novvoy.


  4. To’liqsiz assimilyasiya – bunda tovushlar o’zaro qisman moslashadi: tanbur – tambur, yuzta – yusta. Bunda «b» lab-lab undoshi «n» til undoshini lab-lab undosh «m»ga aylantirish bilan o’ziga moslashtirgan.


  5. Kontakt assimilyasiya – moslashayotgan tovushlarning ketma-ket joylashuvidir, yuqoridagi misollar.


  6. Distant assimilyasiya – bir-biridan o’zoqda joylashgan tovushlarning moslashuvi: sichqon – chichqon, soch-choch.


Dissimilyasiya – so’z tarkibidagi bir xil yoki o’xshash tovushlardan birining noo’xshash tovushga aylanib qolishi hodisasi: birorta – bironta (ror - ron), qisqa-kista (ss - st). Bu hodisa assimilyasiyaning aksi hisoblanadi. uning assimilyasiya kabi bir necha ko’rinishlari mavjud:




  1. Progressiv dissimilyasiya – bunda keyingi tovush o’zgaradi: zarur-zaril, nonni-nondi.


  2. Regrissiv dissimilyasiya – bunda oldingi tovush o’zgaradi: maqtanmoq – maxtanmoq.


  3. To’liq dissimilyasiya – bunda ikkita bir xil tovushdan biri noo’xshash tovushga aylanadi: kissa-kista, nonni-nondi.


  4. To’liqsiz dissimilyasiya. Bunda qisman o’xshash tovushlarning artikulyasion xususiyatlaridan ayrimlarigina o’zgaradi. Masalan, uchta-ushta, maqtov-maxtov. Bu misollardagi (cht>sht, qt>xt) «ch» va «t»; «q» va «t» undoshlarining barchasi portlovchidir, ammo «t» ning ta’sirida «ch» sirg’aluvchi «sh» ga, «q» esa sirg’aluvchi «x» ga aylangan.


  5. Kontakt dissimilyasiya – bunda yonma-yon to’rgan tovushlardan biri o’zgaradi: maqsad-maxsad, zarar.


  6. Distant dissimilyasiya. Bunda dissimilyasiyaga uchrayotgan tovushlar bir-biridan uzoqroqda joylashgan bo’ladi: birorta-bironta.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin