1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə12/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163
VARIANT 2023

Somon texnikasi yangi yo‘nalish bolganligi uchun asta-sekin yoshlar tomonidan o‘rganilmoqda. Ayniqsa bu sohani imkoniyati cheklangan bolalarga orgatish quvonarli hol. CHunki ular ish jarayonida ozlarining nogiron ekanliklarini unutib, yaratayotgan namunalaridan zavq olishadi va hunar egasi bolishadi.

  1. Avvalo xomashyo sifatida somon kerak boladi. Aynan bug‘doy yig‘ini boshlangan vaqtda somonning kerakli, ya'ni tepa va pastki bandlari alohida yumshoq hamda qattiqligiga qarab, qirqib olinadi. CHunki, tepa qismi quyosh nuriga yaqinligi uchun qizarib, to‘qroq, pastkisi esa salqinlikda ochroq rangda boladi. Ushbu qalamchalarni bunday ajratishning boisi, ular asar tayyorlash jarayonida o‘z o‘rniga moslab qollaniladi.

  2. Yig‘ib olingan qalamchalar 1 kun davomida suvga solib qo‘yiladi va ular ho‘! nam holicha olinib, qattiq bosib, birma-bir dazmol qilinadi. Ushbu sohani tanlagan hunarmand nafaqat o‘z ishini bilishi, balki tasviriy san'at yo‘nalishini ham puxta egallashi lozim. Asar uchun eskiz tayyorlashda bu juda asqotadi.

  3. Endigi navbat chizmaga. Qog‘ozga o‘ylangan kompozitsiya chizib olinadi va ushbu eskiz oddiy qog‘ozga ko‘chiriladi. Eskizning har bir qismi alohida- alohida qirqib olinadi.

  4. Dazmollangan somon qalamchalari kompozitsiyaning kerakli, ya'ni issiq, sovuq, soya, nur kabi joylariga moslab qog‘oz ustidan yelim yordamida yopishtirib chiqiladi.

  5. Yaratilgan asar janriga ko‘ra, unga ishlov beriladi. Masalan, bolakay obrazi bo‘lsa, uning yuziga ifoda berish maqsadida maxsus kuydirish uskunasidan foydalaniladi. Bu uskuna yordamida asar xuddi rassom chizgandek tasvirlanadi.

  1. Ona tili o‘qitish metodikasining tekshirish usullari.

Tayanch so’z va iboralar: nazariy, emperik, tajribagaasoslangan,ersperimental tekshirish, eksperiment. - 20 ball
Tekshirish metodlari 2 xil:
1. Nazariy tekshirish metodlari. U quyidagi hollarda tatbiq etiladi:
a) biror hodisaning metodik asosini, unga bog’liq boshqa fanlarni o’rganish, qo’yilgan gipotezani asoslash, izlanishning asosiy yo’nalishini belgilashda;
b) masala tarixi, chet el maktab tajribalari va mavzuga doir adabiyotlarni o’rganish, tajribani tahlil qilish, masalaning isbotlanmagan va hal qilinmagan o’rinlarini aniqlash, ilgarigi tajriba bilan hozirgi ahvolni taqqoslash, hozirgi kun talabi bilan baholashda;
2. Empirik metod (tajribaga asoslangan metod). Bu metod quyidagi maqsadlarda qo’llanadi:
a) bu metod o’qituvchilarning ish tajribasini o’rganish, yangiliklarini tanlash, umumlashtirish, baholash va ommalashtirish, o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining darajasini aniqlash;
b) o’quvchilarni o’qitish jarayonini maqsadga muvofiq kuzatish (dars, uning biror qismini, o’quvchilarning javobi, hikoyasini, yozma ishini tekshirish), o’qituvchi va o’quvchilarning faoliyatini so’rovnoma orqali tekshirish;
Eksperimental tekshirish o’z maqsadining kengligi bilan farqlanadi: ayrim metodik usullarni tekshirishda ommaviylik talab qilinmaydi, ammo yangi dastur, yangi darsliklarni tekshirishga butun tuman, viloyat jalb qilinadi.
Eksperiment natijasini chiqarishda belgilangan baho me’yoriga amal qilinadi. Bunday me’yor aniq, barcha holatlar uchun ham bir xil bo’lishi lozim. Ona tili metodikasida yozma ishlarda yo’l qo’yilgan xatolar soni va xarakteri, ma’lum bir vaqtda o’qilgan yoki yozilgan so’zlar soni, og’zaki hikoya va yozma inshoning hajmi va izchilligi me’yoridan foydalaniladi.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi o’z predmeti va vazifalariga mos ravishda quyidagi tekshirish metodlaridan ham foydalanadi:
1. Ilg’or o’qituvchilar ish tajribasini umumlashtirish.
2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi sohasidagi meros va yangiliklarni o’rganish.
3. Ta’lim berishning u yoki bu usullari va vositalarining foydali ekanini tekshirish.
4. Ona tilidan o’quvchilarning o’qishlari, yozuvi, mustaqil va ijodiy ishlari ustidan kuzatish olib borish.
5. O’quvchilar ijodiy faoliyatining natijalarini og’zaki qayta hikoyalash, yozma ish kabi usullar yordamida tahlil qilish.
Yuqoridagi tekshirish metodlari ushbu fanning davr talabidan kelib chiqib rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi.




  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin