Boshlang’ich sinfda matematika o`qitishning darsdan tashqari shakllari.
Tayanch so’z va iboralar: mustaqil ishlari, matematik sayohatlar, o’quvchilarning alohida va guruhli ishlari. - 20 ball Boshlang’ich sinfda matematika o`qitishning darsdan tashqari shakllari Matematika boshlang`ich ta`lim metodikasining predmeti quyidagilardan iborat:
1.Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan maqsadni aniqlab asoslash (nima uchun matematika o`qitiladi, o`rgatiladi)
2. Matematika o`qitish mazmunini ilmiy ishlab chiqish (nimani o`rgatish) bir tizimga keltirilgan bilimlar darajasini o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladigan qilib qanday taqsimlansa, fan asoslarini o`rganishda izchillik ta`minlanadi, o`quv ishlariga o`quv mashg`ulotlari beradigan yuklama bartaraf qilinadi, ta`lim mazmuni o`quvchilarning aniq bilim olish imkoniyatlariga mos keladi.
3.O`qitish metodlarini ilmiy ishlab chiqish (qanday o`qitish kerak) ya`ni, o`quvchilar hozirgi kunda zarur bo`lgan iqtisodiy bilimlarni, malaka, ko`nikmalarni va aqliy faoliyat qobiliyatlarini egallab olishlari uchun o`quv ishlari metodikasi qanday bo`lishi kerak?
4.O`qitish vositalari-darsliklar, didaktik materiallar, ko`rgazmali qo`llanmalar va o`quv- texnika vositalaridan foydalanish (nima yordamida o`qitish)
5.Ta`limni tashkil qilishni ilmiy ishlab chiqish (darsni va ta`limning darsdan tashqari shakllarini qanday tashkil etish). [1]
Boshlang`ich sinf o`qituvchisi matematika fanidan tuzilgan dasturga binoan o`quvchilarga quyidagi bilimlarni berishni nazarda tutadi: · Butun nomanfiy sonlarni raqamlash;
· Asosiy miqdorlar va ularning o`lchov birliklari;
· Arifmetik amallar;
· Matnli masalalar;
· Algebraik material(tenglik, tengsizlik va b.q.)
· Geometrik material;
Maktabda matematikani o`qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko`p yillik tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan shakli darsdir. Matematikaning eng qadimgi davrlaridan hozirgi kungacha bo`lgan ko`p asrlik rivojlanish tarixida uning to`rt rivojlanish davri qayd etiladi:
1.Dastlabki omillarning jamlanishi bilan bog`liq matematikaning paydo bo`lish davri.Bu davrda matematika hali alohida fan tariqasida o`zining predmeti va metodiga ega bo`lmay, balki matematikadan faqat ayrim faktlar to`planadi. Bunga misol qilib qadimgi Misr, Bobil, Xitoy va Hind matematikasini ko`rsatish mumkin.
2.Elementar matematika davri. Bu davrga qadimgi Yunon matematiklari asos soldilar va uni O`rta Osiyodagi O`rta Sharq olimlari jumladan Al-Farg`oniy, Abu Ali Ibn Sino, Umar Xayyom, Ulug`beklar davom ettirdilar.
3.O`zgaruvchan miqdorlar matematikasi davri.
4.Klassik oliy matematika davri. [2]
O`quvchilaning matematik bilimlarni o`zlashtrishi faqat o`quv ishida to`g`ri metod tanlashga bog`liq bo`lmasdan, balki o`quv jarayonini tashkil qilish formasiga ham bog`liqdir. Dars deb dastur bo`yicha belgilangan, aniq jadval asosida , aniq vaqt mobaynida o`qituvchi rahbarligida o`quvchilarning o`zgarmas soni bilan tashkil etilgan o`quv ishiga aytiladi.
Dars vaqtida o`quvchilar matematikadan nazariy malumotga, hisoblash malakasiga, masala yechish, har xil o`lchashlarni bajarishga o`rganadilar, ya`ni darsda hamma o`quv ishlari bajariladi.
Matematika darsining o`ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o`quv predmetining xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda arifmetik material bilan bir vaqtda algebra geometriya elementlari ham o`rganiladi.Matematika boshlang`ich kursining boshqa o`ziga xos tomoni nazariy amaliy masalalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun xar bir darsda yangi bilimlar berilishi bilan unga doir amaliy o`quv malakalar sngdiriladi. Taniqli olim J.Ikromov o`zining “Язык обучения математики” kitobida "Maktab o`quvchilarining matematik madaniyati shakllanishi bir necha davrga bo`linadi",-deb ta`kidlaydi. Birinchi navbatda ular ob`yektiv tushunchalarning birgalikda tashkil etadigan mazmuni —matematik reallikni aniqlab oladilar. Bunda ob`yektlarning aniqlik xususiyatlari bilan tarixiy jihatlar o`rtasidagi bog`liqlik alohida ahamiyat kasb etadi.
Bu yerda matematik reallik jumlasiga e`tibor qaratadigan bo`lsak ushbu reallikni o`quvchilar matematik hisob kitoblarning turmush jarayonidagi ahamiyatini bevosita bilganlarida ya`ni kundalik turmush bilan bog`liq misol va masalalarni bevosita bajarganlaridagina his qiladilar. Demak kundalik turmush bilan bog`liq holda matematika o`qitishni tashkil etish o`quvchi faoliyatida muhim ahamiyatga egadir. Kundalik turmush bilan bog`liq misollar yechish asosida o`quvchi matematik bilimlar shunchaki o`zlashtiriladigan bilimlar emas balki hayotiy zaruriyat sifatida o`zlashtirilishi lozimligi to`g`risida xulosa qiladilar.