1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə64/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163
VARIANT 2023

Adabiyot (bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari.

Tayanch so`zlar: adabiyotning bola hayotidagi o’rni. Bolalar kitobxonligi haqida. - 20 ball
Fanning asosiy maqsadi - bo‘lajak bog'cha tarbiyachilariga ona tilining fonetik xususiyatlari, talaffuz me'yorlari, lug‘at (leksik) boyligi, imlo qoidalari va grammatik qurilishi yuzasidan nazariy bilim berish, bolalar adabiyoti va bolalar folklori, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti haqaida ma'lumot berish, talabalarning og‘zaki va yozma nutqini o‘stirish va savodxonligini oshirish, takomillashtirish yuzasidan amaliy malaka hosil qilishdir.
Fanning vazifasi - ona tilining barcha bo‘limlari yuzsasidan talabalarga nazariy bilimlar berish va amaliyotda qo‘llashga o‘rgatish, ona tilining davlat tili maqomini olishi hamda “Ta'lim to‘g‘risida”gi qonun materiallariga tayanish bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zgartishlarni yetkazish, o‘zbek va jahon bolalar adabiyotining rivojlanish davrlarini tahlil qilish, jahon va o‘zbek bolalar adabiyoti namoyandalarining ijodini o‘rganish, o‘zbek va jahon bolalar folklori namunalarini o‘rganish, maktabgacha, maktab va kata maktab yoshidagi bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish.
Fan bo‘yicha talabalarning bilimi, ko‘nikma va malakalariga qoSiladigan
talablar
Ona tili va bolalar adabiyoti fanini o ‘ zlashtirish jarayonida Bakalavr:

  • ona tili va uning jamiyatda tutgan o‘rni;

  • ona tilining o‘rganilish darajasi;

  • tilshunoslik fanining boshqa fanlar tizimidagi o‘mi;

  • tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi;

  • dunyo tillari tasnifi va unda ona tilining o‘rni;

  • ona tilining tovush tizimi, lug‘at boyligi va grammatikasi;

  • ona tili funksional uslublari;

  • ona tili ishorat va imlo qoidalari;

  • jahon bolalar adabiyotida o‘zbek bolalar adabiyotining o‘mi;

  • o‘zbek folklorining o‘ziga xos xususiyatlari; o‘zbek va jahon bolalar

yozuvchilari ijodi;
bolalar adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlari haqida tasavvurga ega bo 4is
hi;

  • ona tilining strukturasi va sistcmasi;

  • ona tili fonetik tizimi va grafikasi;

  • ona tili lug‘at tarkibi;

  • ona tili frazeologiyasi va leksikografiyasi;

  • ona tili morfemik tizimi;

  • ona tili so‘z yasalish tizimi;

  • ona tili so‘z turkumlari tizimi;

  • ona tili sintaktik qurilishi;

  • ona tili talaffuz, imlo va ishorat qoidalari;

  • bolalar adabiyoti fanining maqsad va vazifalari;

  • maktabgacha, maktab, o‘rta va katta yoshdagi bolalar kitobxonligining o‘ziga xos xususiyatlari;

  • bolalar folklori;

  • o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti durdonalarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • ona tilining jamiyatdagi rolini tushuntira bilish;

  • ona tilining o‘rganilish darajasini bayon qila olish;

  • tilning ijtimoiy mohiyatini tushuntira bilish;

  • tilning paydo boMishi haqidagi nazariyalarni bayon qila bilish;

  • ona tilining tovush tizimini tahlil qila olish;

  • ona tili imlo va ishorat qoidalarini bayon qila bilish;

  • ona tili lug‘at boyligining o‘ziga xos tomonlarini bayon qila olish;

  • ona tili frazeologiyasi va leksikografiyasi haqida ma'lumot bera olish;

  • ona tili morfcm va so‘z yasalish tizimi haqida ma'lumot bera olish;

  • ona tili grammatik qurilishini tahlil qila bilish;

  • bolalar adabiyoti fanining maqsad hamda vazifalarini bayon qila olish;

  • turli yoshdagi bolalar kitobxonligi haqida ma'lumot bera olish;

  • bolalar folklori namunalari haqida ma'lumot bera olish;

  • jahon va o‘zbek bolalar adabiyoti namunalarining o‘ziga xos tomonlarini tushuntira bilish

Fanining o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bo g‘liqligi, uslubiy jihatdan uzviyligi va ketma-ketligi
“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanini chuqur o‘rganish uchun falsafa, tarix, ctnografiya, adabiyotshunoslik fanlaridan xabardor bo‘lish talab etiladi. Tilning rivojlanish tarixi millat tarixi bilan chambarchas bo g‘liqdir. Jamiyat, xalq tarixida yuz bcrgan o‘zgari shlar tilning lug‘at boyligida aks etadi, badiiy adabiyotda o‘z ifodasini topadi.
Badiiy adabiyot adabiy tilni yangiliklar bilan boyitish uchun juda katta ahamiyatga cgadir, shuning uchun talabalami til muammolarini hal qilishda badiiy adabiyotga tayanishga o4rgatish lozim.
Fanining ta'limdagi o'rni
“Ona tili va bolalar adabiyoti” fanining amaliy ahamiyati quyidagilar bilan xaraktcrlanadi:

  • har bir inson, ayniqsa, ziyoli inson okz ona tilisining imkoniyatlaridan mumkin qadar unumli foydalana bilishi kerak;

  • ona tili har bir millatni millat sifatida farqlantiradigan, shakllantiradigan buyuk ne'mat ekanligini tushunishimiz kerak;

  • ona tili fani milliy til va uning tarkibiga kiruvchi adabiy tilning an'anaviy vazifalaridan tashqari, komputer lingvistikasining keng imkoniyatlarini hayotga tatbiq etishda katta rol o‘ynaydi;

  • bolalar adabiyoti ming yillar davomida dunyo xalqlari tomonidan yaratilagan so‘z san'ati durdonalari bilan o‘quvchilarni tanishtiradi;

  • o‘zbek milliy bolalar yozuvchilarining ijod namunalaridan bahramand qilish uchun xizmat qiladi.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin