1-variant nutqiy xatolar va ularni bartaraf etish yo`llari


Husnixatga o‘rgatish tarixidan ma’lumot



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə66/163
tarix17.06.2023
ölçüsü0,49 Mb.
#131700
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163
VARIANT 2023

Husnixatga o‘rgatish tarixidan ma’lumot.

Tayanch so’z va iboralar: xattotlik san’ati, eski maktab, arab yozuvlari, “Savodi ta’lim”, kitob yozish jarayoni. - 20 ball
O'rta asrlarda har qanday asar qo'lda ko'chirilib kitob qilingan. Nafis kitob ko'chirish katta hunar va san'at hisoblangan. Bu hunar egalari tarixda xattot nomi bilan mashhur bo'lganlar. Xattotlaming ko'chirgan kitoblari kishilarni hayajonga solib ularni zavqlantirgan. Shuning uchun ham xattotlik bilan nom chiqargan shaxslar oddiy kishilar emas, balki o'sha davrning ilm- ma'rifat va yirik madaniyat arboblari hisoblangan. Qo'lda ko'chirilgan har bir asar san'at mo'jizasi kabi nodir asar hisoblangan. XIV- XVI asrlarda bir qancha iste'dodli- san'atkorlar- nafis kitoblarning ijodkorlari yetishib chiqdi. Muhammad bin Husayn At- Tibiy, Mir Ali Tabriziy, Xorazmiy, Sulton Ali Mashhadiy, Mir Ali Qilqalam, Munislar shular jumlasidandir. Bulardan tashqari o'rta asrlarda yashagan bir qancha olim va fozil kishilar yoshlikdan hattotlik san'atini egallab, keyinchalik kotiblikda ham nom chiqarganlar. Ular faqat o'z asarlarininggma emas, balki boshqa mualliflarning asarlarini ham ko'chirganlar. Masalan, Xofiz Sheroziy, Xisrav Dehlaviyning «Xamsa»sini ko'chirgan. Alisher Navoiyning moxir xattot ekanligi tarixiy manbalardan malum. Zaxiriddin Muxammad Bobur arab grafikasida turkiy xalqlarga moslab «Xatti Boburiy» deb atalgan alifbe yaratdi. Munis Xorazmiy xattotlik san'ati haqida «Savodi ta'lim» nomli risola yozdi va Alisher Navoiyning «Xamsa»sini nihoyatda nafis xat bilan ko'chirdi. Muqimiy ham juda mayda nastaliq va shikasta xati uslubida bayoz ko'chirgan. Bularning hammasi shuni ko'rsatadiki, O'rta osiyoda nafis kitob yaratish texnikasi ixtiro etilmagan bir davrda kotiblikka talab nixoyatda kuchli bo'lgan. Qo'l yozmalarni kitob xoliga keltirishda bir necha mutaxassislar ishtirok etganlar. Bu jarayonda qoqozrez (qog'oz quyuvchi), xattot (kalligraf), muzaxxib (oltin suvi bilan bezak beruvchi), lawoh (lavxa chizuvchi), musawir (rassom) va saxxof (muqovachi) ishtirok etadi. Shu yo'sinda tayyorlangan nafis kitoblar shoxlar, buyuk olimlar va shoirlar kutubxonalarida saqlanar edi. O'rta Osiyo ustalari, ayniqsa, Samarqand va Buxoro ustalari qog'oz ishlashda katta shuxrat qozongan edilar. Ularning qog'ozlari pishiq va silliq edi. Xattot uchun esa ana shunday sifatli qog'ozlar kerak bo'lar edi. Qog'ozlar kustar holda turli usullarda tayyorlangan. Xattotning asar ko'chirish qurollari: «sayyox», «qamish qalam», «mistar» (transpornat), qalamning uchini chiqarib turish uchun «kalamtarosh», qamish qalamning uchini kesish uchun yasalgan maxsus suyak plastinka «qalamqat»dan iborat bo'lgan. Qamish qalam xattotning asosiy yozuv quroli xisoblangan. Uni tayyorlash ham alohida san'at talab etgan. Qamish qalamdan qog'ozga siyox tommaslik uchun hamda qalamda doim yetarli darajada siyox bo'lishi uchun siyoxdon (dovot)ga to'lguncha ipak los solingan. Siyoxga bo'ktirilgan ipak loslar qalamning yetarli miqdorda siyox bilan ta'minlanishiga yordam bergan. Xattotlar texnik vazifalardan tashqari o'z yozuv uslublarini ham ishlab chiqarishga intilganlar. Masalan, XII asrdan boshlab xattotlar hayotida ko'fiy xati uslubi keng o'rin oldi. Bu uslub asosida arab yozuvining quyidagi olti xil asosiy uslublari maydonga keladi: 1. Suls xati - bu xatning to'rt baxrasi tekis ikki baxrasi yumaloq shaklda yozilgan. 2. Nasx xati - bu xatning ixtirochisi mashxur xattot Ibn Muqla' xisoblanadi. 3. Muzaxxak xati - bir bo'lak qismi tekis bo'lib, qolgan bo'laklari yumaloq shaklda yoziladi. Rayxoniy xati - muhaqqaqdan kelib chiqqan bo'lib uning ixtirochisi Ibn Bawobdir. 4. Tavqe xati - yarim tekis yarim yumaloq chiziqdan tashkil topgan. 5. Riqo xati - ko'pchilik harflar bir-biriga qurama qilib yoziladi. Yuqorida ko'rsatib o'tilgan xatlarning har biri o'z o'rnida qo'llanib kelingan. Muxakqaq - qasida va she'rlar yozishda, suls - ilmiy asarlar va xat yo'1- yo'riqlarida, rayxoniy va nasx - qissa va xabarlarda, tavqe-buyruq va farmonlarda, riqo- maktublarda ishlatilgan. Undan tashqari, bu olti asosiy usulning har biri ingichka va yo'g'on qalamlarda yozilishi natijasida yana o'n ikki xil xatni tashkil qilgan. Shuning uchun ham eski maktablarda yozuv malakasini xamma o'quvchilar ham to'liq egallay olmaganlar yozishga qiynalishning yana bir sababi ko'p. Xarflarning so'zda qo'llanish o'rniga qarab har xil shakl olishdir




  1. Yüklə 0,49 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   163




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin