Xalqaro turizm iqtisodiy munosbatlarning shakllari.jahon infra tuzilmasining rivojlanishiReja. 1. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari. 2. Jahon infratuzilmasining rivojlanishi. 3. Jahon xo‘jaligi aloqalarini xalqaro tartibga solish
Jahon xo‘jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy aloqalari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo‘ladi. Shu asosda mamlakatlar o‘rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo‘jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) - bu jahonning turli mamlakatlari o‘rtasidagi xo‘jalik aloqalari majmuidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi:
- tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi;
- kapital va chet el investitsiyalarining harakati;
- ishchi kuchining tashqi migratsiyasi;
- ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi;
- fan va texnika sohasidagi ayirboshlash;
- valyuta-kredit munosabatlari.
Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo‘jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog‘liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o‘zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o‘tadiki, ulardan har biri milliy xo‘jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi.
Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakatga keltirilishi.U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi:
xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yo‘li bilan harakati ko`pincha mustaqil shakl sifatida ajratiladi;
pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nou-xau hamda tovar kreditlari shaklida bo‘lishi mumkin;
ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital quyilmalar bo‘yicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Tadbirkorlik kapitali to‘g‘ridan-to‘g‘ri va portfelli investitsiyalardan iborat bo‘ladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar shu kapital hisobiga qurilgan ob’ekt (korxona)lar ustidan nazorat qilish huquqini beradi, portfelli investitsiyalar esa bunday huquqni bermaydi. U odatda aksiya paketlari hamda obligatsiya va boshqa qimmatli qog‘ozlar shaklida beriladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi hisoblanib, u o‘z ifodasini ishchi kuchi resurslarining ancha qulay sharoitda ish bilan ta’minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko‘chib o‘tishida topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy, oilaviy va boshqa tavsifdagi omillar ham taqozo qiladi.
Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni o‘z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya – yashab turgan mamlakatlaridan doimiy yashash uchun boshqa mamlakatga chiqib ketishni, immigratsiya – shu mamlakatga doimiy yashash uchun boshqa mamlakatdan kirib kelishni bildiradi.Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya – ya’ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o‘z ichiga oladi.
Xalqaro migrantlar beshta asosiy toifaga ajratiladi:
immigrantlar va noimmigrantlar;