Analitik hisob - pul va zarur bolgan hollarda natura shaklida detallashgan ko'rsatkichlarni beruvchi hisob. Ko'rsatkichlarni detailashtirish reja bajarilishi, xo‘jalik mulki butligini nazorat qilish, boshqaruv qarorlarini qabul qilish bo'yicha axborotlar olish uchun aniq sharoitlarga qarab belgilanadi. Korxonaning moliyaviy va boshqamv faoliyatlarini tahlil qilish uchun obyektiv analitik ma’lumotlar kerak.
Sintetik hisob - pul o’lchovida umumiy ko‘rsatkichlami bem- vchi hisob. Bunday ko‘rsatkichlar sintetik schyotlarda bo‘lib, ular mavjud mablag‘lar hamda ularning manbalari va harakati (asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, yoqilg‘i, ishlab chiqarish xarajatlari, g‘aznadagi va hisob-kitob schyotidagi pul mablagiari, ustav kapitali va hokazo) to‘g‘risida umumiy tasawurga ega boiish uchun zarur. Sintetik hisob maiumotlari analitik hisoblarda detal- lashtiriladi. Sintetik hisob registrlari boiib bosh daftar, jurnal- orderlar hisoblanadi.
14. Schyotlarni turkumlarga ajratish. Schyotlarning turkumlanishi Buxgalteriya hisobi schyotlari haqida yaxshi tushunchaga ega bolish uchun ulaming xususiyatlarini o‘rganish zarur. Buxgalteriya hisobi schyotlari o‘zining vazifasi, mazmuni, joylashgan joyiga qarab bir necha guruhlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobi schyotlari quyidagi xususiyatiga ko‘ra turkumlanadi.
- schyotlaming tuzilishiga ko‘ra;
- ko‘rsatkichlaming aks ettirilishiga ko‘ra;
- balansda aks ettirilishiga ko‘ra;
- mo‘ljaliga, tayinlanishiga ko‘ra.
- Schyot tuzilishiga ko‘ra ikki turga boiinadi:
- aktiv schyot; - passiv schyot.
Aktiv schyotlar xo‘jalik mablagiarini aks ettirishga, passiv schyotlar esa ular manbalarini aks ettirishga moljallangandir.
Ko‘rsatkichlar aks ettirilishiga ko‘ra, schyotlar ikki xil bo ladi:
- sintetik schyotlar;
- analitik schyotlar.
Sintetik schyotlar xo‘jalik mablaglari va ular manbalari haqida umumiy hamda qiymat ko‘rinishida ma’lumotlami olish maqsa- dida hisob yuritishga moljallangan.
Analitik schyotlar maiumotlari xo‘jalik mablagiari va ulaming manbalarini nafaqat qiymat, balki natura hamda mehnat oichov birliklarida ham hisob yuritishga moljallangandir.
Analitik schyotlar bo‘yicha buxgalteriya provodkalari amalga oshirilmaydi.
Balansda qatnashishiga ko’ra schyotlar ikki xil boladi:
- balansdagi schyotlar;
- balansdan tashqari schyotlar.
Balansdagi schyotlar deb, balansda qatnashadigan schyotlarga aytilib, ular boyicha ikki yoqlama yozuv amalga oshiriladi.
Balansdan tashqari schyotlar esa 10 ta bolib, ularda hisob yo- zuvlari faqat bir yoqlama olib boriladi. Tayinlanishi - moljaliga kola schyotlar 5 xil boladi:
Asosiy schyotlar;
Tartibga soluvchi schyotlar;
Taqsimlovchi schyotlar;
Kalkulatsiya schyotlari;
Taqqoslovchi schyotlar.