Kalkulatsiya - xarajatlami guruhlash va sotib olingan moddiy qiymatliklami, tayyorlangan mahsulot va bajarilgan ishlar tannarxini aniqlash usuli. Kalkulatsiya tannarxi bo‘yicha reja bajarilishi, uning pasavishi va haqiqiy xarajatlaming rejadagidan farqlan- ishining aniqlash imkoniyatini beradi. Tuzulgan vaqti va tayinlanishiga qarab kalkulatsiya rejali, normativ va hisobot kalkulatsiyasiga bo’linadi.
20.Ta'minot jarayoni hisobi. Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyati uchun zarur bo‘lgan mablag‘lar bilan ta’minlanadi. Masalan, asosiy vositalar, xomashyo, material, nomoddiy aktivlar, pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojlar shu jarayonda ta’minlanadi. Buxgalteriya hisobida ta’minot jarayoni quyiagi schyotlarda aks ettiriladi.
1. Assosiy vostilar schyotida; 01 00 schyotlar.
2. Materillar schyotida; materiallar schyotida 10 00
3.O’rnatiladigan asbob uskunalar 07 00 schyotlar
4.Hisobdor shaxslar bilan hisob kitoblar schyotlar.
21.Ishlab chiqarish jarayoni hisobi. Ishlab chiqarish jarayonim buxgalteriya hisobida aks ettirish, birinchidan, unga qilingan xarajatlar - sarflangan mablaglar, ishchi kuchi va ikkinchidan, ishlab chiqarilgan mahsulotlar - tayyor buyumlarda qayd etiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari pul shaklida hisobga olinadi. Bu ishlab chiqarish xarajatlarini yagona o`lchov birligida ifodalash, tayyor mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi haqida yig‘ma ko‘rsatkichni olish uchun zarur. Pul shakli bilan birgalikda, moddiy xarajat sarflari buxgalteriya hisobida tegishli tartibda natura va mehnat o`lchovlarda ham ko‘rsatiladi. Bu o‘lchovlar pulda baholash uchun asos hisoblanib, ulardan xarajatlar hajmini boshqarish uchun foydalaniladi. Buxgalteriya hisobi mehnat vositalari va ishchi kuchi sarfini aks ettira turib, ishlab chiqarish jarayonining boshqa tomonini anglatadigan ishlab chiqarish iste’molini ham o‘z ichiga oladi.
Ko‘pgina korxonalarda ishlab chiqarish vositalari birdaniga tayyor mahsulotga aylanmaydi. Chunki, ularga melinatning ta’siri yangitdan yaratilgan mehnat mahsuli sifatida, ma’lum vaqtni tal- ab qiladi. Shu vaqtning o‘tishi davomida ular tugallanmagan ishlab chiqarish shaklida bo‘lib turadi.
Ishlab chiqarish jarayoni quyidagi schyotlarda aks etiriladi;
20 10 – asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar;
21 00 – o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar;
23 00 – Yordamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar;
25 00 – Umum ishlab chiarish harajatlarini hisobga oluvchi schyotlar;
26 00 – Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlarni hisobga oluvchi schyotlar.
22. Sotish (realizatsiya ) jarayoni hisobi. Sotish jarayonida quyidagilar sotilib pul ko‘rinishini oladi: mahsulotlar (sanoat korxonalarida); tovarlar (savdo korxonalarida); ishlar (qurilish tashkilotlarida); xizmatlar (maishiy xizmat ko'rsatish muassasalarida); asosiy vositalar; qimmatbaho qog‘ozlar; nomoddiy aktivlar; turli boshqa aktivlar. Sotish jarayoni ho’jalik jarayoni bo’lib bunda maxsulotlar sotiladi Pul ko’rinishida horxonaga kirim qilinadi. Sotish natijasi aniqlanadi natija esa foyda yoki zarar bo’lishi mimkin.
Sotish jarayoni quyidagi schyotlarda aks etiriladi;
Tayyor mahsulotlarni sotish 90 10 schyotida
Olinadigan hisob varoqlar 40 00 schyotida
Davr harajatlari 94 00 schyotida
Foyda va zararlar 97 00 shcyotida
23. Buxgalteriya hisobida hujjatlashtirish. Buxgalteriya hisobi usullaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etish- da, shuningdek, hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir.
Buxgalteriya hisobida sodir bo‘layotgan jarayonlar o‘sha vaqtning o‘zidayoq maxsus hujjatlarda rasmiylashtiriladi. Bu hujjatlar buxgalteriya hisobi hujjatlari deb ataladi. Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri unda barcha xo‘jalik operatsi- yalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo‘jalik jarayonlaring to‘la tavsifini olish uchun zarur.
O’zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi to’grisidagi qonunga asosan;
“Hujjatlar bilan rasmiylashtirilmagan har qanday xo’jalik operatsiyasi buxgalteriya hisobida yuritilishi noqonuniydir” Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Shu sababli buxgalteriya hisobida hujjatsiz malumotlar axborot sifatida tan olinmaydi. Buxgalteriya hisobi hujjatlari bo‘lib o‘tgan voqea-hodisalar to‘g‘risidagi yozma guvohdir, ya’ni hujjatlar o‘tgan davr to‘g‘risida ma’lumot beradi.
Hujjatlar vazifasiga ko'ra 5 turga ajratiladi:
Farmoyish beruvchi hujjatlar.
Tasdiqlovchi hujjatlar
Farmoyish-tasdiqlovchi hujjatlar.
Buxgalteriya hisobotiga ilova hujjatlari.
Axborot hujjatlari.
Dastlabki hujjatlar huquqiy kuchga ega bo’lishi uchun quyidagi majburiy rekvizitlarga ega boiishi zarur:
hujjat (shakl) nomi, shakl kodi;
tuzilgan muddati;
xo‘jalik jarayoning mazmuni;
xo‘jalik jarayoni summasi (so‘zda va sonda);
xo‘jalik jarayoni uchun mas’ul shaxslar nomi;
hujjatlaming to‘g‘ri rasmivlashtirilishiga javobgar shaxs nomi va imzosi.
Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar majburiy tekshiruvdan o‘tishi kerak. Hujjatni tekshirishda quyidagilami e’tiborga olish kerak bo‘ladi.
Shakl nuqtayi nazaridan (hujjat to‘g‘ri toMdirilganligi, hamma rekvizitlar mavjudligi, to‘liqligi).
Mazmun nuqtayi nazaridan (hujjatlashtirilayotgan jarayon qonuniyligi, iqtisodiy mazmunga ega ekanligi, alohida ko‘rsatkichlar mantiqiy bog‘liqligi, arifmetik xatolar yo‘qligi).
Qayta ishlangan hujjatlarga albatta tegishli belgi qo‘yilishi lozim.
24. Inventarizatsiya va uni o’tkazish tartibi. Korxonada mavjud bo‘lgan mulklar saqlanishini ta’minlash, ular nazoratini yaxshilash maqsadida yuritilayotgan hisob ma’lumotlarining nechoglik haqiqiyligi, to‘g‘riligini tekshirish maqsadida inventarizatsiya o‘tkaziladi. Korxonadagi mulklar de- ganda, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, ishlab chiqarish zahiralari, tayyor mahsulot, tovar, pul mablaglari va boshqa moliyaviy aktivlar tushuniladi. Korxonaning moliyaviy majburiyatlari ham inventarizatsiya qilinib, bunday majburiyatlarga kreditorlik qar- zlari, bank kreditlari, olingan qarzlar kiradi.
Korxonalarda yillik hisobot tuzilib, bundagi ma’lumotlar albatta, haqiqiy ma’lumotlar asosida aks ettirilgan bolm ogl lozim. Bu shart bajarilishi uchun ham korxona inventarizatsiyasi o‘tkazilmog‘i shartdir.
Inventarizatsiya korxona mablag‘ini tekshirib, ro‘yxatga olish va olingan ma’lumotlami hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash demakdir. Yoki inventarizatsiya xo‘jalik mablaglari va ulaming tashkil topish manbalari, xo‘jalik jarayonlarini buxgalteriya hisobi hujjatlariga asosan qayta ro‘yxatdan olkazishdir.
Korxonalarda asosan 1-oktabrdan kevin inventarizatsiya o‘tkaziladi, bunga sabab yillik hisobot ma’lumotlari haqiqiyligini ta’minlashdir. Ammo quyidagi holatlarga ham e’tibomi qaratmoq zarur: kutubxona fondlari 5 yilda bir marta, yirik asosiy vositalarni 3 yilda bir marta, oziq-ovqat tovarlarini bir yilda 2 marta, kassadagi naqd pullar esa har oyda inventarizatsiya qilinadi
Inventarizatsiya o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standartining 19-sonli «Inventarlashni tashkil etish va o‘tkazish» nomli standartida ketirilgan. Moddiy boyliklar va hisoblangan moliyaviy majburiyatlaming haqiqiy holati haqidagi malumotlar inventarizatsiya vozuvi yoki inventarizatsiya dalolatnomalariga ikki nusxadan kam bo'lmagan miqdor- da rasmiylashtiriladi. Inventarizatsiya komissiya a’zolari inventarizatsiya obyektlarining oxirgi qoldiqlarini to'liq va aniq aks etti- rishlari, inventarizatsiya ma’lumotlarini o‘z vaqtida va to‘g‘ri ras- miylashtirishlari lozim.