1. Yopiq urug‘lilar tasnifi



Yüklə 291,98 Kb.
səhifə7/7
tarix17.11.2022
ölçüsü291,98 Kb.
#69545
1   2   3   4   5   6   7
7- 1021 eldor

Bardidoshlar oilasi - Cypereceae.
Bu oilaga 120 avlod, 5600 tur o‘simlik kirib, ulardan O‘zbekiston florasida 16 avlod, 90 tur uchraydi. Ular ko‘p yillik , ildizpoyali poyasining uzunligi 4 m gacha yetishi masalan, ularning poyalari uch qirrali, silindrsimon, barg ensiz - barg qini poyaning uch tomonga o‘rnashgan. Barg qini barg plastinkasiga aylangan joyida poyani o‘rab turadigan tilcha bo‘ladi. Gullari juda mayda, ikki jinsli yoki bir jinsli boshoq, ro‘vak, soyabon, boshcha yoki shingilga to‘plangan.
Gullari gulqo‘g‘onsiz. Ba’zan tukcha va qiltiqlari bo‘ladi. Changchisi 3 ta, ayrim hollarda 1 dan 6 tagacha bo‘lish mumkin. Urug‘chisi bitta. Ba’zan avlodlarda tugunchasi tangacha barglar bilan o‘ralib, xaltachalarga aylanadi. Mevasi uch qirrali yoki dumaloq yong‘oqcha.
Boshoqdoshlar oilasi - Poaceae.
Bu oilaga 900 avlod, 11000 tur vakil bo‘lib, undan 91 avlod va 270 turi O‘zbekistonda tarqalgan.
Mazkur oilaga kiradigan o‘simliklarning ildizipopukildiz, poyasi shoxlanmagan, bo‘g‘imli, ichi bo‘limi silindrsimon. Poyasi uchi va bo‘g‘imidan o‘sadi, uni «nixol poya» deb ham yuritiladi.
Barglari parallel tomirlangan barg qini bilan poyada ketma-ket o‘rnashgan. Gullari murakkab boshoq, ro‘vak, so‘ta va oddiy boshoqchalardan tuzilgan. Ikki jinsli ba’zan bir jinsli vakillari ham uchraydi. Mayda gullari ikkita gul qobig‘iga, ya’ni ostki va ustki gul qobiqlariga ega. Gulning changchisi 3, ba’zan 1-2 va 6 ta bo‘ladi. Chang iplari tebranish xususiyatiga ega. Urug‘chisi bitta, ikkita meva bargchani birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki.
Mevasi doncha, urug‘i edndospermli.
Sho‘radoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oila vakillarining xususiyatlaridan biri ularning tarkibida natriy xlorid,kaliy karbonat, kaliy sulfat va natriy sulfat tuzlari ko‘p bo‘lishidir. Yana bu o‘simliklarda saponinlar, ozgina efir moyi, anabazin va salsalin alkaloidlari, urug‘larida moylar, yer ustki qismida organik kislotalar va fermentlar bo‘ladi. Bularning iqtisodiy jihatdan eng ahamiyatli bo‘lganlaridan biri lavlagidir. Lavlagi sabzavot o‘simligi sifatida eramizdan 4000 yil burun ekila boshlagani ma’lum. Xozirgi kunda lavlagi qand sanoatining asosiy xom ashyosidir, shuningdek ovqatga ishlatiladi,mollarga yediriladi. Saksavullardan yoqilg‘i, yosh shoxlardan yem-xashak sifatida foydalaniladi. Sassiq sho‘ra tarkibida bo‘yoq moddalari bor.
A D A B I YO T L A R
1. L.I.Kursanov.,N.A.Komarnitskiy, Meyyer K.M. va boshqalar. Botanika II tom.T."O‘rta va Oliy maktab" 1963 y.
2. V.A.Burыgin.F.X.Jongurazov Saidov J.K.va boshqalar.Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi.T,»O‘qituvchi» 1972 yil.
3. V.G.Xrjanovskiy.Kurs obshey botaniki.Chast II.M. Iz-vo "Vыsshaya shkola ", 1982 god.
4. I.Xamdamov.,I.Shukrullayev.,YE.Tarasova. va boshqalar. Botanika asoslari.T., «Mehnat», 1990 yil.
5. G.P.Yakovlev.,V.A.Chelombыtko. Botanika. M.Iz-vo" Vыsshaya shkola", 1990 god.
6. Xolida Mirfayoz qizi Maxkamova. Botanika.T. «O‘qituvchi», 1995 yil.
Yüklə 291,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin