Torondoshlar-Otquloqdoshlar oilasi-Polygonaceae. Bu oila vakillari o‘t, ba’zan chala buta va yirik butalardir. Torongullilar tarkibiga bitta oila kirib, u oilada 3 avlod, 800 ga yaqin tur bor. Bu oila vakillari asosan shimoliy mintaqalarda o‘sadi. Ularning poyasi bo‘g‘imli, barglari oddiy, barg bandi poyani qamrab olib, yonbarglari qo‘shilib o‘sib naychaga aylangan bo‘ladi. Gullari to‘g‘ri, ikki jinsli yoki ayrim jinsli oddiy yoki qo‘sh gulqo‘rg‘onlidir. Gulqo‘rg‘oni bargchalari 3-6 ta. Onaligi 2-3 mevabargli, 2-3 naychali, tugunchasi ustki, bir urug‘kurtakli. Urug‘kurtagi to‘g‘ri va ikki o‘ramli. Xashoratlar va shamol vositasi bilan changlanadi. Mevasi uch qirrali don meva yoki yong‘oqchadir. Bu oila 40 avlod va 800 turdan tashkil topgan. Ular asosan yer sharining o‘rta iqlimi poyaslarida tarqalgan. Arktikada ham uning vakillari uchraydi. O‘zbekistonda esa 7 avlodi, 150 turi uchraydi. Otquloq, ravoch, juzg‘un, grechixa va shu kabilar mashhur avlodlardir. Grechixa avlodi(Fagapyrum). Bu avlodning vakillari bir yillik, ko‘p yillik o‘simlikladir. Ularning otaligi 8 ta, onaligi 3 meva bargli va 3 tumshuqli, mevasi 3 qirrali yong‘oqcha bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni 3 a’zoli ikki doiradan, androtseyi ham uch a’zoli ikki doiradan joy olgan, genitseyi uch a’zoli senokarp genitsey holida bo‘lgan trimer gulni asosiy gul tipi deb hisoblansa bo‘ladi. Tashqi doiradagi otaliklar ajraladigan bu oilaning ba’zi vakillarida otaliklarning soni 9 tacha bo‘ladi va bundan ham oshadi. Rovoch (Rheeum). Grechixalarda faqat ikki otalik ajraladi, shunda guldagi otaliklar atigi 8 ta bo‘lib qoladi, shu bilan birga, ichki gulqo‘rg‘on doirasining bir bargi yo‘qolib, gulqo‘rg‘on doirasining bir bargi yo‘qolib, gulqo‘rg‘on besh a’zoli bo‘lib qoladi. Ekiladigan grechixa (F.Sagitatum). Bu poyasi qizil rangli shoxlangan bir yillik o‘t o‘simlikdir. Uning to‘pgullari barg qo‘ltig‘idan chiqqan. Gulllari ikki jinslidir. 3 ta uzun va 2 ta qisqa naychadidir, otaligi 8 ta bo‘ladi. Mevasi 3 qirrali, silliq yong‘oqchadir. Urug‘i kraxmalli,doni uchun ekiladi va yaxshi asal beruvchi o‘simliklardan hisoblanadi. Tatar grechixasi - (F.tataricum) - begona o‘t sifatida uchraydi. Otquloqdoshlarning xo‘jalikdagi ahamiyati. Bu oilaning vakillari yer sharining hamma qismida tarqalgan. Barglarida va yosh poyalarida oksalat kislota kalsiyli tuzining yer osti qismida esa dubil moddalarning bo‘lishi bu oila vakillaring xarakterli xususiyatlaridan biridir. Glikozidlardan rutin va boshqalar bor. Masalan: ovqatga ishlatiladigan, don beradigan o‘simlik sifatida grechixa, sabzavot o‘simligi sifatida tovul (Rumex acetosa), rovoch (Rheum) va boshqalar. Dubil modda beruvchi o‘simlik sifatida taran ekilmoqda. Ko‘chma qumlarni mustaxkamlash maqsadida juzg‘un ekiladi. Suv qalampiri meditsinada ishlatiladi. Sho‘radoshlar oilasi-Chenopodiaceae. Bu oilaga 100 dan ortiq avlod va 1500 tur kirib,shundan O‘zbekistonda 43 avlod va 180 turi o‘sadi. Bu oila vakillari qiyofasi xar xil bir yillik, ikki yillik va ko‘p yillik o‘tlar, chala butalar, ba’zan, buta va kichik-kichik daraxtlar kiradi. Ko‘pincha sersuv, tuksiz yoki har xil tukli bo‘ladi. Barglari yon bargsiz, plastinkasi va bandi yaxshi taraqqiy etgan yoki reduksiyalangandir: ba’zan butunlay bo‘lmaydi. Plastinkasi yirik, yassi shakllaridan tortib, ipiksimon, bigizsimon va silindirsimonlari ham bo‘ladi. Gullari mayda, ko‘rimsiz, ikki jinsli yoki bir jinsli bo‘lib,to‘pgulga yig‘ilgan. Gulqo‘rg‘oni 1-5 ta yashilroq yoki oqish pardasimon barglardan tuzilgan.Gullarda 1-5 ta changli bo‘lib, ular gulqo‘rg‘on barglari ro‘parasiga joylashadi.Urug‘chisi 2-5 mevabargchadan tuzilgan.Tugunchasi ustki, bir uyali va bir urug‘kurtak. Shamol yoki xashoratlar yordamida changlanadi. Mevalari yong‘oqcha yoki rezavor, ba’zan to‘pmeva bo‘ladi. Lavlagi avlodi (Beta). Bu avlod vakillari bir yillik va ko‘p yillik o‘t o‘simliklardir. Ularning 10 turi ma’lum bo‘lib, Kavkazda, Eronda, O‘rta Dengiz bo‘ylarida yovvoyi xolda o‘sadi. Oddiy lavlagi-(B.rsulgaris). Bu ikki yilik o‘simlik bo‘lib, birinchi yili urug‘dan uzun bandli, yirik qizilroq rangli to‘pbarglar va oziq moddalarga boy yo‘g‘onlashgan"ildimeva" xosil qiladi. Ikkinchi yili sershox, bir oz uzun,uchlari to‘pgullar bilan tugovchi poya vujudga keladi. Sharsimon to‘pgulda, ikki jinsli 5 ta gulqo‘rg‘on bargli 1-8 ta gullari bo‘ladi. Changisi 5 ta bo‘lib, gulqo‘rg‘on barglarning qarshisida joylashgan, urug‘chisi 3 meva bargli, tugunchasi chala ostki bo‘lib uyali. Mevasi gulqo‘rg‘on barglari bilan qo‘shilib o‘sgan yong‘oqchadir. Lavlagining mevasi botanika nuqtai nazaridan qaraganda noto‘g‘ri bo‘lsa ham aholi o‘rtasida urug‘ deb yuritiladi. Ekiladigan lavlagi navlari ko‘p bo‘lib ular 4 xilga bo‘linadi.